Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 08.08.2026 19:00
      • Neftchi
      • 5:0
      • Qizilqum
      • 08.08.2026 19:30
      • Bunyodkor
      • 2:3
      • OKMK
      • 08.08.2026 20:00
      • Nasaf
      • 0:0
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar.

16-тур So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-тур Paxtakor 2-2 Buxoro
16-тур Surxon 0-1 Navbahor
16-тур Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-тур Xorazm 2-0 Mash’al
16-тур Neftchi 5-0 Qizilqum
16-тур Bunyodkor 2-3 OKMK
16-тур Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11880 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.08.2026

      07:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Ремо" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Флуминенсе".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      16:00 "Непобедимый".
      16:30 Чемпионат Бразилии. "Ремо" - "Атлетико Минейро".
      18:30 "Наши иностранцы".
      18:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Мирасол". Прямая трансляция.
      20:55 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Флуминенсе".
      22:55 Д/ф "Месси".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      02:00 "Бесконечная история". "1999 год".
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Коринтианс". Прямая трансляция.
      04:30 Д/ф "Марадона Кустурицы".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.08.2026

      05:40 Плавание на открытой воде. Чемпионат Европы во Франции. Смешанная эстафета.
      07:35 "Эволюция спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:30 Хай-дайвинг. Чемпионат Европы во Франции. Женщины.
      10:25 Хай-дайвинг. Чемпионат Европы во Франции. Мужчины.
      11:40 Стендовая стрельба. Профессиональная лига спортинга в Санкт-Петербурге.
      13:05 Маунтинбайк. Чемпионат Европы в Швейцарии. Мужчины. Кросс-кантри.
      15:00 "Команда мечты".
      15:30 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Женщины. Прямая трансляция.
      16:45 Д/ф "Шахматные партии Холодной войны", 3 с. "Спасский против Фишера".
      17:30 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Мужчины. Прямая трансляция.
      18:50 "География спорта". Боровск.
      19:15 Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Дуэты. Произвольная программа.
      20:55 "Эволюция спорта".
      21:25 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      22:55 Всероссийская спартакиада 2026. Бадминтон.
      02:10 "Команда мечты".
      02:40 Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Группы. Произвольная программа.
      04:15 Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Женщины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.08.2026

      08:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:55 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Дуэты. Прямая трансляция.
      12:30 "Чемпионы на все времена". Олег Молибога.
      13:00 "Вы это видели".
      14:05 Новости.
      14:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:05 LIVE Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Игора Драйв". SMP GT4. Гонка 2. Прямая трансляция.
      16:25 LIVE Футбол. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Москва) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Родина" (Москва). Прямая трансляция.
      21:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Спартак" (Москва) - "Краснодар". Прямая трансляция.
      00:05 После футбола с Георгием Черданцевым.
      01:50 Новости.
      01:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Всероссийская спартакиада 2026. Бадминтон.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.08.2026

      05:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      06:30 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      08:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      09:30 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      11:00 LIVE Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      15:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      16:30 Фехтование. Чемпионат мира в Гонконге. Команды. Обзор.
      17:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      18:45 LIVE Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9. Прямая трансляция.
      22:45 Велоспорт. "Велошоу".
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 11 в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vadim Abramov: «Terma jamoaga qaytishim borasidagi gap-so‘zlarni eshitish quloqqa yoqadi»

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sports.uz internet nashri jurnalisti Shuxratbek Jo‘rayev O‘zbekiston terma jamoasining Falastinga qarshi o‘yinidan so‘ng terma jamoaga qaytishi kutilayotgan "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan suhbatlashdi. Quyida mazkur intervyuni o‘qishingiz mumkin. 

Ma’lumki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichining ilk turini  kutilmaganda Falastinda mag‘lubiyat bilan boshlaganidan so‘ng darhol argentinalik Ektor Kuper keskin tanqid ostiga olindi. Natija uchun javobgar hisoblangan bosh murabbiyning ishi hech kimni qoniqtirmayotgani sababli Falastinga qarshi uchrashuvdan keyin muxlislar o‘rtasida Kuperning iste’fosi borasida so‘rovnomalar o‘tkazildi va unda ko‘pchilik ishqibozlar argentinalik mutaxassisning o‘rnida «Bunyodkor»ni boshqarayotgan Vadim Abramovni ko‘rishni xohlashayotganini bildirishgan.

- Vadim Karlenovich, tabiiyki terma jamoamizning mag‘lubiyati barchamiz uchun og‘riqli zarba bo‘ldi. Falastinga qarshi kechgan uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- O‘yin haqida nima ham deyishim mumkin? Falastinga qarshi bellashuvni butun O‘zbekiston kuzatdi. Albatta, mag‘lubiyat hammamiz uchun og‘riqli zarba bo‘ldi. Raqib bizdan ko‘ra yaxshiroq to‘p surgani uchun g‘alaba qozondi. Bunga yana nimani qo‘shimcha qilish mumkin?

- Afsuski, biz kamtarona Falastin terma jamoasiga yutqazib qo‘ydik. Bu muvaffaqiyatsizlik O‘zbekiston terma jamoasining maqomiga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi? Axir Falastin top-maqomdagi terma sanalmaydi…

- Shak-shubhasiz gapingiz juda o‘rinli. Falastindan olingan mag‘lubiyat terma jamoamizning obro‘yiga aks ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Qolaversa, O‘zbekiston FIFA reytingida Falastindan ancha yuqori o‘rinda turadi. Bundan tashqari, tarkibdagi futbolchilar hamda terma jamoada ishlayotgan murabbiylar malakasi va saviyasi borasida ham o‘rtada katta tafovut mavjud. Milliy terma jamoani millat «yuzi» sifatida bejiz tilga olmaydilar. Axir har qanday futbolchi vatan sha’nini xalqaro maydonlarda himoya qilishni orzu qiladi. Albatta, terma jamoa tarkibida legionerlar borligi va ularning ko‘pligi o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Masalan, janubiy koreyalik futbolchilar ingliz prem’er-ligasida to‘p surishyapti. Afsuski, legionerlarimiz orasida top-ligalarda o‘ynayotganlari uchramaydi. Darhaqiqat, Falastindan olingan mag‘lubiyat juda achinarli bo‘ldi. Bu haqda hali uzoq gapirishadi.  

- Ektor Kuperning taktikasi ko‘pchilikka yoqmayotgani sir emas. Nega deganda, bu murabbiy asosiy urg‘uni himoyaviy futbolga qaratadi. Nima deb o‘ylaysiz, u qo‘llayotgan taktika va o‘yin uslubi endi hech narsaga yaramasdan qoldimi?

- Meni kechirasiz, hamkasbimning ish uslubi va taktikalarini tahlil qilib bera olmayman. Har bir murabbiyning futbol borasida o‘z qarashlari bor. Shu bois hamkasbimning ish uslubini izohlash etikaga mutlaqo ziddir. Ektor Kuper ham xuddi men kabi murabbiydir. Uning futbolga oid o‘ziga yarasha qarashlari bor. Men ham o‘z uslubimga ko‘ra ish yuritaman. O‘yin uchun tanlangan taktikaga bosh murabbiy javob berishi kerak. Shunda hammasini tushunib olish mumkin bo‘ladi. Axir men termani boshqarayotgan hamkasbim uchun javob bera olmayman-ku. Shak-shubhasiz, bu juda noto‘g‘ri ish hisoblanadi.

- Falastindan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin Kuperni iste’foga chiqarib yuborish borasida ovoz berish boshlab yuborildi. Aksariyat ishqibozlar terma jamoani boshqarishga aynan siz munosib ekanligingizni aytishmoqda. Agar amalda ham shunday bo‘lib, sizga termada ishlash taklif qilinsa, bu taklifni qabul qilarmidingiz?

- Albatta, bunday gap-so‘zlarni eshitish quloqqa yoqadi. Ammo meni to‘g‘ri tushuning, ushbu savolingizni javobsiz qoldirishga majburman. Ishqibozlarning meni esga olishlari va unutib yuborishmaganidan xursandman.

- Umuman olganda, terma jamoa rulida sizni ko‘rishmoqchi ekanligi haqidagi gaplardan qanday holatga tushasiz?

- Hozir bunday gaplarni eshitish o‘zimga yoqishini aytdim. Odamlar mehnatingni ijobiy qadrlashar ekan, bundan albatta xursand bo‘lasan. Ammo bunday savollarga javob qaytarish biroz o‘ng‘aysizroq. Shuning uchun meni to‘g‘ri tushunasiz, deb o‘ylayman.  

  - JCH-2022 saralash bosqichi startidagi mag‘lubiyatdan keyin terma jamoa muxlislari ushbu ikki masala yuzasidan bahs-munozaralarga kirishgan: kimdir futbolchilarimizga vatanparvarlik ruhi yetishmaganligini aytayotgan bo‘lsa, boshqalari hammasi o‘yin uchun noto‘g‘ri taktika tanlanganini ta’kidlayapti. Mazkur masala borasida nima degan bo‘lardingiz?

- Har bir futbolchi va murabbiy terma jamoani xalqaro sahnada namoyon etar ekan, avvalo vatanparvarlik ruhi uni butunlay chulg‘ab oladi. Bunday paytda futbolchi O‘zbekiston uchun o‘zidagi borini berishga kirishadi. Qiziq holat, terma jamoa g‘alaba qozonar ekan, birovning xayoliga vatanparvarlik tushunchasi kelmaydi. Agar mag‘lubiyat qayd etilsa, ko‘pchilik shu haqda bong urishga tushadi. Bu esa masalaga baho berishning eng noto‘g‘ri yo‘lidir. Terma jamoamiz futbolchilari vatanparvarlik nima ekanligini juda teran his qilgan holda maydonga tushadilar va bunga aslo shubha qilmayman. Shunchaki, o‘yinda kim bunga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Baxtga qarshi saralashning ilk uchrashuvi uchun biznikilardan ko‘ra falastinliklar yaxshiroq hozirlik ko‘rgan ekanlar. Qolaversa, o‘sha Braziliya va Germaniya singari top-terma jamoalarda ham omadsizliklar yetarlicha kuzatilgan. Hech kim o‘shanda brazil yoki nemis futbolchilariga vatanparvarlik ruhi yetishmagani haqida og‘iz ochmagan. Shuningdek, Rossiyada ham og‘ir damlar bo‘lgan. Vatan uchun har qanday inson, jumladan, futbolchi o‘zini fido qilishni istaydi. Shunday ekan, bu mavzuga boshqa to‘xtalish kerak emas, nazarimda.

- Vadim Karlenovich, tasavvur qiling, siz terma jamoa bosh murabbiyisiz. Bunday omadsiz startdan keyin qanday reja tuzgan bo‘lardingiz?

- Juda murakkab savol bilan murojaat qildingiz (kuladi). Agar o‘rnimda boshqa murabbiy bo‘lganida bunday savolga qanday javob qaytarardi? O‘ylaymanki, o‘zini hurmat qiladigan har qanday mutaxassis omadsiz startdan so‘ng keyingi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz, degan javobni berishi tayin. Hozirgi vaziyat juda boshqacha. Saralash bosqichi startini mag‘lubiyat bilan boshlash hech kimning xayoliga kelmagandi. Endi futbolchilarning zimmasidagi mas’uliyat ikki hissa ortdi. Endi guruhdagi asosiy raqib sanaladigan Saudiya Arabistonini ikkala uchrashuvda yutish talab qilinadi. Lekin bu ishni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

- Ko‘pchilik Ektor Kuperning keksa mutaxassis sanab, uning ish uslublari endi hech narsaga yaramasligi haqida ham gapirilyapti. Sizningcha, yoshning ishga ta’siri bo‘ladimi? Qolaversa, o‘zingiz ham 60 yoshga qarab ketyapsiz…

- (Kuladi) Bilasizmi, yoshning bunga hech qanday ta’siri yo‘q. Yoshning o‘tib borishi faqat kundalik hayotingizga qandaydir ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, yuqori qavatga ko‘tarilayotgan paytingizda charchoqni his qila boshlaysiz. Aslida yosh o‘tib borishi bilan kishida tajriba juda ortadi va o‘zining cho‘qqisiga chiqadi. Shunday ekan, keksa mutaxassisning ish uslubi asqotmayapti, degan iddaolar mutlaqo asossiz. Albatta, futbol yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Shuning barobarida murabbiylar ham jarayonlarga ko‘nikmoqdalar. Murabbiy necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar har doim bilimini oshirish payida bo‘ladi. Baxtga qarshi hamma ham buni tushunavermas ekan.

- Futbolda shunday yozilmagan qoida bor: kuchli chempionat – bu kuchli terma jamoa degani. Demak, bizning birinchilik hali ham kuchsiz ekan-da?

- Bu ham bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan mulohazadir. Savolingizga javob qaytarish asnosida bir qancha kuchli chempionatlarni misol keltiraman. Angliya prem’er-ligasi eng kuchli birinchilik sifatida tilga olinadi. Angliya terma jamoasi esa anchadan beri katta g‘alabalarga erisha olmasdan kelyapti. Portugaliya birinchiligini top-ligalar qatoriga qo‘shishmaydi, shunday bo‘lsa ham Portugaliya terma jamoasi Yevropaning amaldagi chempioni bo‘lib turibdi. Yodingizda bo‘lsa, yaqin o‘tmishda Gresiya terma jamoasi ham qit’ada g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, o‘z vaqtida Chexoslovakiya (Chexiya) Yevropa chempionatida zafar quchgan. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, kuchli birinchilik har doim kuchli terma jamoa shakllanishi uchun poydevor vazifasini o‘tab beravermaydi.

- Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston terma jamoasi bunday bo‘sh o‘yini bilan jahon chempionati yo‘llanmalaridan biri uchun da’vogarlik qila olishi mumkinmi?

- Gap-so‘zsiz bunday o‘yin bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi. Ammo terma jamoamizda vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun barcha imkoniyatlar saqlanib turibdi. Axir oldinda uchrashuvlar ko‘p. O‘ylaymanki, to‘g‘ri xulosa chiqariladigan bo‘lsa, hammasi ijobiy tomonga o‘zgarib ketadi. Hozirdan tushkunlikka tushish yaramaydi. Axir umidni so‘ndirmaslik kerak.

Manba: sports.uz
Kiritildi: 11:18, 12.09.2019. O'qildi: 10267 marta. Fikrlar: 31 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Нефтчи Stipe Perisa 8
5 Пахтакор Chinedu Stefan 8
6 Насаф Bobur Abduxoliqov 7
7 Пахтакор Doston Hamdamov 7
8 Навбаҳор Husayn Norchayev 6
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 6
10 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик