Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keraksiz futbolchilarni nima qilasan, Zidan!

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir necha daqiqa oldin “Real” YECHL guruh bosqichi ikkinchi o‘yinida o‘z uyida “Bryugge”ni qabul qildi va durang o‘ynadi. Qizig‘i, “qirollik klubi” mag‘lubiyatdan qutulib qolishni uddaladi. Ha, jamoa yaqqol autsayder deya baholangan “Bryugge”ga sal qolsa yutqazardi.

XATOLARNING BOSHIDA — ZIDAN

Ayni damda “Real”ning asosiy muammolaridan biri — darvozabon. Keylor Navasning sotilishini talab qilib, Kurtuani asosiy darvozabonga aylantirgan Zidan bugun bu qarori xato bo‘lganini qisman tan oldi, chunki ikkinchi bo‘lim boshidayoq maydonga Kurtuaning o‘rniga Areola tushdi. “Real”da darvozabon deyarli almashmaydi agar jarohat olmasa. Kurtuada jarohat yo‘q edi, demakki, Zidan birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan gollarda Kurtuaning ham aybi borligini tan oldi. Agar almashtirmaganida, ehtimol, ikkinchi bo‘limda mehmonlar tomonidan uyushtirilgan xavfli vaziyatlardan biri golga aylanishi mumkin edi. Areola esa bu vaziyatni bartaraf eta oldi. Shu o‘rinda bir jihat, agar Kurtuaning ishonchsiz o‘yini davom etaversa, "Real" boshqa darvozabon xarid qilishiga to‘g‘ri keladi, chunki "qirollik klubi" bir yillik ijaradan so‘ngi Areolani sotib olish huquqiga ega emas, ya’ni "PSJ" Areolani qaytarib olishni istasa, "Real" hech narsa qila olmaydi. 

Zidan ishonch bildirayotgan yana bir futbolchi — Lukas Vaskes ham bugungi o‘yinda “Real”ning zarariga ishladi. Ochig‘i, shu futbolchini “Real” nega sotmaydi, Zidan nega maydonga tushiraveradi, hayronman. Birinchidan, yoshi o‘ttizga qarab ketyapti agar yosh desak. Ikkinchidan, hech bir alohida ajralib turadigan jihati ham yo‘q. Bugungi o‘yinda ham xato qilaverdi, qilaverdi, oqibatda xuddi Kurtua kabi Zidan ham uni almashtirishga majbur bo‘ldi.

Karim Benzema — o‘rtamiyona hujumchi. “Real”ga esa bugungidek vaziyatda o‘yinni qutqara oladigan hujumchi kerak. Oldingi turlardan birida YECHL doirasida “Volfsburg”ga qarshi o‘yin esingizdami? Birinchi o‘yinda “bo‘rilar” “Real”ni 2:0 hisobida taslim etishgandi. Javob o‘yinida esa Ronaldu uchta gol kiritib, “Real”ni keyingi bosqichga olib chiqqandi. Agar “qirollik klubi” pley-offda yana shunday vaziyatga tushib qolsa, jamoani qutqara oladigan futbolchi bormi? Yo‘q. Azar hali formada emas, Benzemada bunday xususiyat azaldan bo‘lmagan... Bu esa Zidan va Peres uchun jiddiy muammo, aslida.

“Bryugge”ga qarshi o‘yin ko‘rsatib berdiki, “Real”ning hozirgi darajasi jamoaning oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun yetarli emas. Bugun “Real” mag‘lubiyatga teng durangga imzo chekdi. To‘g‘ri, 2:0 ni 2:2 ga aylantirganini hisobga olsak, “qirollik klubi” uchun durang yaxshi natija, ammo umumiy vaziyatni inobatga olsak, bugungi durang “Real” uchun mag‘lubiyat bilan teng. Qolaversa, Madrid klubi birinchi o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan (0:3, “PSJ”).

Ayni damda shunisi aniqki, “Real” YECHL g‘olibligi uchun kurashda favorit emas. Zidan hamon barqaror asosiy tarkibni aniqlay olgani yo‘q, ehtimol, o‘zi uchun belgilab olgandir, ammo hali hech bir asosiy tarkib muhim o‘yinlarda o‘zini oqlagani yo‘q. La Ligada “Atletiko” bilan durang, YECHLda “PSJ”dan uchralgan mag‘lubiyat va hokazo.

Azarda ham muammolar yetarlicha ekanligi ko‘rinmoqda. Chindan ham belgiyalik futbolchida ortiqcha vazn bor, bu vazndan hali xalos bo‘la olgani yo‘q va eng yomoni shu vazn Azarga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymayapti. Azar “Real”da ham “Chelsi”dagidek raqiblarni birin-ketin aldashga intilmoqda, ammo Madridda bu ishni Londondagi kabi qoyillata olmayapti. Buning uchun o‘sha “Chelsi”da gullagan Azar kerak “Real”ga. “Real” azaldan biror-bir futbolchining o‘yini qovushib ketishini kutib o‘tiradigan jamoa bo‘lmagan, o‘yining o‘xshadimi, tamom, o‘ynab ketasan, o‘xshamadimi, aks holda ketishga majbursan. Azarning “Chelsi” safida ko‘rsatgan o‘yinlari orqali orttirgan obro‘si uning “Real”da hamon o‘ynayotganiga sabab bo‘lmoqda. Ammo agar o‘z ustida ko‘proq ishlab, avvalgi formasiga qaytmasa, “qirollik klubi” undan voz kechadi. Axir bu jamoa Azardan-da kuchliroq futbolchilardan voz kechib yuborgan vaqtida.

Bu mavsumdagi YECHL “Real” uchun haqiqiy mashaqqatga aylanadi. Zidan qishda biror-bir tajribali hujumchini olib kelmasa bo‘lmaydiganga o‘xshamoqda. Luka Yovich kabi ko‘p ham sinalmagan futbolchilar esa “Real”ga doim ham foyda keltiravermaydi. Aslida ham Zidanning xohishi bilan jamoaga olib kelingan futbolchilar, Zidan ishongan futbolchilar uning ishonchini oqlay bilishmayapti. Ko‘ramiz,ehtimol, vaziyat o‘zgarar.

“Real” endi qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonishga majbur. Aks holda guruh bosqichidan keyingi bosqichga o‘tishning o‘ziyoq chinakam mashaqqatga aylanishi mumkin.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:21, 02.10.2019. O'qildi: 19900 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик