Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Ekvador 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Iste’fo! Iste’fo! Iste’fo! Pioli “Milan” murabbiyi bo‘lishga arziydimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun “Milan”ga yangi murabbiy tayinlandi — Stefano Pioli. Nomdor emas. Shuning uchun muxlislar bundan norizo bo‘lishdi. Xo‘sh, aslida, Piolining karyerasi qanday? U bundan oldin nimanidir qoyillatganmi?

FUTBOLCHI SIFATIDA

Stefano Pioli faoliyatini “Parma”da boshlagan. Ikki mavsumdan keyin esa “Yuventus”ga o‘tgan. Turin klubi safida u Italiya chempionligi, UYEFA Chempionlar kubogi va Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan. Ammo klub safida maydonga juda kam tushgan.Keyin esa “Verona”, “Fiorentina” klublarida 6 yil o‘ynagan. Pioli faoliyatini yakunlash arafasida “Padov”, “Pistoyeze”, “Fyorensuola” hamda “Kolorno” jamoalarida o‘ynashga ham ulgurgan.

MURABBIY SIFATIDA

Piole professional murabbiy sifatida “Bolonya” yoshlar jamoasida ish boshlagan. U 2001 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Italiya chempionatida g‘olib bo‘lgan. Keyin esa “Kyevo” yoshlar jamoasi safida ishlagan. 2003 yilning iyunida esa B Seriyada “Salernitan” jamoasini boshqargan, uning o‘shandagi vazifasi klubni ikkinchi divizionda saqlab qolish edi. Keyingi yili esa Stefano “Modena” klubi murabbiyiga aylanadi. Birinchi mavsumda uning jamiasi B seriyada 8-o‘rinni egallaydi. Keyingi yili esa salbiy natijalar tufayli ishdan haydaladi. Ammo uning o‘rniga kelgan Maurisio Vishidi undan-da yomonroq natija qayd etadi. U ketma-ket 3 ta mag‘lubiyatdan keyin ishdan ketadi. Natijada Pioli yana “Modena” murabbiyligiga qaytadi va chempionatda 5-o‘rinni egallaydi. Jamoa A seriyaga chiqish uchun pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi, biroq yarim finalda “Mantova”ga yutqazadi.

2006 yilning 6 iyunida Piole A Seriyada “Parma” klubini qabul qilib oladi. 10 sentyabrda birinchi o‘yinini “Torino”ga qarshi o‘tkazadi (1:1). U klubda himoyaviy taktika — 4-2-3-1ni joriy qiladi, ammo bu samara bermaydi. 2007 yilning 12 fevralida “Roma”dan uchralgan 0:3 hisobildagi mag‘lubiyat Piolining “Parma”dan ketishiga sabab bo‘ladi. “Parma” Pioli bilan 23 ta o‘yinda 15 ochko to‘playdi. 2007/08 yillardagi mavsumda Pioli «Grosseto» klubini boshqaradi va 13 ochko to‘plab, klubni S Seriyaga tushib ketishdan saqlab qoladi. 2008 yilning iyunida Pioli 10-o‘rinda turgan “Pyachensa”ni qabul qilib oladi. Ammo mavsum yakunida bu jamoadan ham ketadi. 2009 yilning 11 iyunida Pioli “Sassuolo” murabbiyiga aylanadi va B Seriyada 4-o‘rinni egallaydi. A Seriyaga chiqish uchun pley-off o‘yinlarida esa “Torino”ga mag‘lub bo‘ladi.

2010 yilning 10 iyunida Pioli “Kyevo”ga keladi. 2011 yilning 26 mayida, jamoa A Seriyada o‘rnini saqlab qolganida Pioli klubni tark etadi. 2011 yilning 2 iyunida Pioli unga «Roma» va “Sampdoriya” qiziqqan paytda “Palermo”ni tanlaydi va 2 yillik bitim imzolaydi. Ammo 3 oydan so‘ng, Yevropa Ligasida “Tuna”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin iste’foga chiqariladi. “Palermo” prezidenti esa bu iste’foni “murabbiy futbolchilarning ishonchini yo‘qotdi”, deya izohlaydi.

2011 yilning 4 oktyabrida Piolining navbatdagi ish joyi “Bolonya” bo‘ladi. Shartnoma 2013 yilgacha imzolanadi. 2012 yilning 18 mayida Pioli shartnomani 2014 yil yozigacha uzaytiradi. Lekin 2014 yil 7 yanvarda qoniqarsiz natija (A Seriyada 18 turdan so‘ng 17-o‘rin)dan keyin bo‘shatiladi.

Pioli shu yilning 12 iyunida Rimning “Lasio”si bilan 2 yillik bitim tuzadi. 2016 yilning 3 aprelida esa iste’foga chiqadi.

2016 yilning 8 noyabrida Pioli “Inter” murabbiyi bo‘ladi. Shartnoma 2018 yil yozigacha tuziladi. Lekin 2017 yilda “Jenoa”ga uchralgan mag‘lubiyatdan ikki kun o‘tib Pioliga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

2017 yilning 6 iyunida Pioli “Fiorentina”ga keldi. 2019 yilning 9 aprelida esa “Frozione”dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) yana Stefanoning iste’fosiga sabab bo‘ldi.

2019 yilning 9 oktyabrida esa Pioli “Milan” bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.

MENIMCHA, TUSHUNDINGIZ

Menimcha, tushundingiz. Pioli “Men shunday natija ko‘rsatganman”, deya faxrlanadigan natijaga ega emas. Har holda, “Milan”dek klubning bosh murabbiyi bo‘lishga arziydigan ish qilmagan. Ehtimol, “Milan”da ishlari yurishib ketar, lekin hozirgi paytda tarkib tajribasizroq bo‘lgan bir paytda Pioli “Milan”ga kerak mutaxassis emas edi. Tag‘in bilmadim. Xulosa o‘zingizdan...

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:56, 09.10.2019. O'qildi: 4685 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Германия Kay Xavers 2
3 Германия Jamol Musiala 1
4 Германия Nataniel Braun 1
5 Германия Deniz Undav 1
6 Қатар Bualem Xuxiy 1
7 Мексика Xulian Kinyones 1
8 Мексика Santyago Ximenes 1
9 Германия Feliks Nmecha 1
10 Кюрасао Livano Komenensiya 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик