Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston liga kubogi. Dastlabki finalchi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uzb_liga_kubogi
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston liga kubogi yarim finalining dastlabki o‘yini yakunlandi. Ushbu bosqichda “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z uyida “Paxtakor”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Qanotdan oshirilgan to‘pni Dragan Cheran boshi bilan darvozamizga aniq yo‘lladi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, qo‘qonliklar penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Penaltini esa Suhrob Berdiyev aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. 24-daqiqada raqiblarimiz jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Masharipovning jarimadan tepgan to‘pini Abdullayev yana qaytardi.

Birinchi bo‘lim so‘nggida mehmonlar bosimni kuchaytirishdi. Natijada hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda ikkinchi to‘pni kiritishdi. Odil Hamrobekov tepgan to‘p rikoshet xolatida futbolchimizga tegib, mezbonlar darvozasidan o‘rin oldi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni “sherlar” faol tarzda boshlashdi. 52-daqiqada Hamdamov-CHeran-Sergeev kombinasiyasi chiroyli bo‘lgan edi. Jasur Yoqubov o‘z vaqtida xavfni bartaraf qildi. 55-daqiqada Hamidullo Abduhamidovning yaqin masofadan bergan zarbasi birozgina noaniq bo‘ldi.

59-daqiqada “Paxtakor” futbolchilari uchinchi to‘pni kiritishdi. Bu safar Igor Sergeev jamoadoshlari boshlab bergan hujumni samarali yakunladi. 70-daqiqada "Qo‘qon-1912"da hisobni tenglashtirish uchun yaxshi vaziyat vujudga kelgandi. Otabek Haydarov qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi.

78-daqiqada Shahboz Erkinovning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 79-daqiqada esa Dostonbek Hamdamov raqiblarning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. 81-daqiqada maydon egalari hisobni qisqartirishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Shahboz Erkinov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Avazxon Mamatxo‘jayev barchasini a’lo darajada ijro etib, to‘pni jarima maydonchasiga uzatdi. Darvozabon va himoyachilarning orasida turgan Erkinov vaziyatdan unumli foydalandi. 86-daqiqada Erkinovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Qolgan daqiqalarda mezbonlar bir qator vaziyatlarni yuzaga keltirganlariga qaramay, o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, "Paxtakor" Liga kubogi finaliga yo‘l oldi.

O‘zbekiston liga kubogi
Yarim final
“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” – 2:4 (1:2)
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
Komissar: Aleksandr Davidenko.
Gollar: Suhrob Berdiyev (7 pen), Shahboz Erkinov (81) - Dragan Cheran (5), Odil Xamrobekov (45+2), Igor Sergeev (59), Doston Xamdamov (79)
“Qo‘qon-1912”: 1. Islom Abdullayev, 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev (11. Timur Hakimov – 64), 14. Avazxon Mamatxo‘jayev (72. Alisher Samatov – 85), 15. Oybek Rustamov, 19. Suhrob Berdiyev, 20. Iqbol Malikjonov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 27. Jasur Yoqubov, 29. Hamidullo Abduhamidov, 91. Otabek Haydarov (22. Shaxboz Erkinov – 72).
Zaxira: 33. Muzaffar Abdullayev, 9. Zafar To‘rayev, 16. Jasur Hasanov, 21. Timur Usmonov, 65. Marko Milich.
“Paxtakor”: 25. Eldor Suyunov, 3. Xojiakbar Alijonov, 9. Jaloliddin Masharipov (77. Husniddin G‘ofurov - 84), 10. Dragan Cheran, 11. Igor Sergeev, 15. Yegor Krimes (23. Sherzod A’zamov – 46), 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev (29. Vladimir Kozak – 82), 34. Farrux Sayfiyev, 55. Marko Simich.
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, -5. Alisher Salimov, 14. Xumoyunmirzo Iminov, 19. Shoxrux Mahmudxojiyev, 21. Marat Bikmayev, 43. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 16:55, 22.10.2019. O'qildi: 3859 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик