«Zenit» va Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba rossiyalik futbol agenti Oleg Artemovdan Jahon chempionatidan so‘ng voz kechib Jorj Mendesh bilan hamqorlik boshlaganligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Siz haqiqatdan ham JCHdan keyin Artemov bilan hamkorlikni to‘htatganmisiz?
— To‘g‘risini aytsam, bunday gaplarni tarqatish uchun inson insofli bo‘lishi kerak. Birinchidan, men bu inson bilan yoki bu insonning kompaniyasi bilan hech qachon rasman hamkorlik qilmaganman. Ikkinchidan, Jahon chempionatidan keyin norasmiy hamkorligimizni to‘htatganmiz. Bu qarorga kelishimga sabab, 2017/18 yilgi mavsumning qishida “Zenit” klubdagi faoliyatimda muammo boshlangani sabab bo‘lgan. O‘shanda futboldagi juda ko‘plab insonlar, shu jumaladan o‘sha agentlar ham men yuz o‘girishgandi. Qolaversa, o‘sha agentlar mening o‘rnimga boshqa futbolchilarni «Zenit» klubiga tavsiya qilishgan. Afsuski, bizning Rossiya agentlari bilan bunday voqealar tez tez uchrab turadi. Qachonki sizda barchasi joyida bo‘lsa, ular sizga yordam berishni xohlab qoladi. Agar muammo sodir bo‘lsa — zudlik bilan yo‘qolib qolishadi. Bu haqda istalgan futbolchidan so‘rab ko‘rishingiz mumkin. Menda shunday voqealar bo‘lgan. Shundan so‘ng men u bilan aloqa qilishni bas qilganman, - Dzyubaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Match TV».