Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Dmitriy Sennikov YECHL doirasida «Yuventus» klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- «Yuventus»ga qarshi bo‘lib o‘tgan ikki uchrashuvni olib qaraganda, mag‘lubiyatga uchrashuv juda alamli bo‘ldi. Ayniqsa so‘nggi daqiqada. «Lokomotiv» o‘tkazilgan ikki uchrashuvda hech bo‘lmaganda bir ochkoga loyiq edi. Kechagi bahsda hatto g‘alaba ham loyiq edi. Biroq, “Yuventus”ning aqlli o‘yinchi almashtirilishi “Loko” zarariga ishladi. Ronalduning o‘yini? Kecha uncha ko‘rinmadi. Unda ham vaziyatlar bo‘ldi. Birinchi golda jarima zarbasini yaxshi ijro etdi. Keyin 1-2 marta zarba yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda Gilerme “Loko”da yaxshi o‘ynadi. Umuman olganda Ronaldu yaxshi o‘yin namoyish eta olmadi. Shuning uchun Sarri uni almashtirib to‘g‘ri qildi.To‘g‘ri, bu qaror Krishtianu uchun kutilmagan bo‘ldi, - Sennikovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Evro-Futbol.ru».