Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 25.11.2025 00:45
      • Sassuolo
      • 2:2
      • Piza
  • APL
      • 25.11.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Everton
  • La-liga
      • 25.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 2:1
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 25.11.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:0
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 25.11.2025 15:00
      • Kangvon
      • 1:3
      • Matida Zelviya
      • 25.11.2025 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:3
      • Seul
      • 25.11.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:1
      • Sanfrechche Xirosima
      • 25.11.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 25.11.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 4:0
      • Ash-Shorta
      • 26.11.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • 0:0
      • Buriram Yunayted
      • 26.11.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 0:2
      • Vissel Kobe
  • OChL-2
      • 25.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:0
      • Al-Hussayn
      • 26.11.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • 1:1
      • Selangor
      • 26.11.2025 17:15
      • Lion Siti Seylors
      • 3:2
      • Persib
      • 26.11.2025 18:45
      • Andijon
      • 1:1
      • Arkadag'
      • 26.11.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • 0:4
      • An-Nasr (SA)
      • 26.11.2025 22:00
      • Istiqlol
      • -:-
      • Al-Vasl
      • 26.11.2025 22:00
      • Az-Zavra
      • -:-
      • Goa
  • ECHL
      • 25.11.2025 22:45
      • Ayaks
      • 0:2
      • Benfika
      • 25.11.2025 22:45
      • Galatasaroy
      • 0:1
      • Yunion
      • 26.11.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 4:0
      • Vilyarreal
      • 26.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Barselona
      • 26.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 2:3
      • Yuventus
      • 26.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 0:2
      • Bayer
      • 26.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 26.11.2025 01:00
      • Slaviya
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 26.11.2025 01:00
      • Napoli
      • 2:0
      • Qorabog‘
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yonishda davom etishi kerak bo‘lgan sham

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yetakchilaridan biri, "Bunyodkor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi Jasur Jaloliddinov faoliyatini Italiya V seriyasi vakili "Benevento" safida davom ettirishga yaqin. 2002 yilda tavallud topgan futbolchi kelasi yil Toshkent mezbonligida o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining katta ehtimol bilan asosiy yulduzlaridan biri bo‘ladi. Yaqindagina u Saudiya mezbonligida o‘tgan saralashda mezbonlar darvozasiga so‘nggi daqiqada gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Jasur Jaloliddinov haqida yaqindan bilishni istaganlar bo‘lsa roppa-rosa bir yil avval yozilgan quyidagi maqolani o‘qishlari mumkin:

Yonishda davom etishi kerak bo‘lgan sham

Navoiydan Esteponagacha qancha masofa borligini aniq bilmayman. Biroq shu ikki eshik orasidagi bir nimalarni aytib berishim mumkin.

Yaqinlarim orasida futbolni faqatgina boylar o‘ynaydi degan qarash yo‘q emas. Tan olaman, puli borlarning oshig‘i olchi. Biroq qachongacha? Aytmoqchi bo‘lganim, hatto boylar ham katta futbolni alday olishmaydi. Aldagani bola yaxshi, chalg‘itgani bolalar futboli. Katta futbol esa katta kitga o‘xshaydi: u boyni ham, kambag‘alni ham birdek yutib yuborishi mumkin, katta futbolda faqatgina bardoshlilargina qoladi.

U 2002 yil dunyoga keldi. Tug‘ilishi oldidan taqdiri murakkab bitib qo‘yilgandi. Farzand kim uchundir quvonch, kimgadir tashvish. Ota-onasi chiqisha olishmasdi, ayol zotiga ko‘p qo‘l ko‘tarilardi. 4 yoshligida onasi uni oldi-yu, uyidan chiqib ketdi, qizlik uyi orqa mahallada edi. Bunda ham tinchligi bo‘lmaganidan so‘ng, Rossiyaga ketib qutildi. Bola esa buva-buvisi, tog‘alari bilan Navoiyda qoldi.

“Juda kichik vaqtim edi. Ertalab uyg‘onganimda uyda hamma yig‘layotgandi. Keyin bilsam, onam endi bu dunyoda yo‘q edi. O‘sha kuni men onamdan va ruhan otamdan ham ayrilgandek bo‘ldim. Ko‘p o‘tmay buvam ham dunyoni tark etdi. Tarbiyam buvim va ikki tog‘amga qoldi...”

Mahallaning yonginasida futbol maktabi. BO‘SM-2 nomi bilan tanilgan bu joy unga doimiy ovunchoq rolini bajarib berdi. Mahallaning 3-4 yosh kattaroq bolalari uni yoniga olar, o‘zidan kattalar davrasida to‘p surish unga yoqardi va bu unga tengdoshlari orasida ajralib turish imkonini berardi.

Akvariumdagi baliq butun borliqni shu suv idishi kabi tasavvur qiladi. Stadion uylar bilan o‘ralgan, xuddi tashqaridan kimdir kelsa, uni ko‘rmay qolishi mumkindek. Aytishadi, qishloq joylardan iqtidorlarni izlash kerak, deb. Iqtidor oltin emas, qaysidir konda berkinib yotadigan. U qo‘rg‘oshin kabi, unga ishlov kerak, harakat kerak. Lekin bizda uyingizga mehmonga kelib, sizni majburlab poytaxtga olib ketishmasa hisob emas, birdaniga butun futbol qishloq joylarni aylanmaydigan bo‘lib chiqadi.

2010 yil Samarqandda futbol turniri bo‘lib o‘tdi. Qahramonimiz e’tibordan chetda qolib ketishi mumkin emasdi, uni ham o‘sha uylar bilan o‘ralgan maydonchadan tashqariga olib chiqishdi. Chunki u harakat qilar, Xudoning bergan kuni o‘sha stadiondagi yumshoqroq narsani oyog‘ida yo‘naltirardi. Qaysi murabbiyga maydon bilan do‘stlashgan bunday bola yoqmaydi deysiz?! Ota-onasi majburlab olib kelmasdi uni yoki olib keladigan ota-onasi yo‘q edi. Qizidan yodgorlik deb buvisi ba’zida maydonda ko‘p qolib ketsa, qidirib qolardi. Xullas, murabbiylari bilan gaplashadigan kimdiri yo‘q, uning o‘zi futbol bilan gaplashib turar va hozircha shuning o‘zi eng yetarlisi edi.

 

Toshkentdan kelganlarga bu bolakay yoqib qoldi. Uni Geofizikadagi o‘sha mashhur joyga taklif qilishdi (futboldagilar uchun mashhur joy). 20 yoshida birdan futbolchi bo‘lishni istab, otasini yoniga solib yuradiganlar ko‘p. Qandaydir cho‘lda yurgan bola esa 8 yoshida Toshkentning eng yaxshi klubi ostonasiga kelib qolgandi. Navoiydan chiqib ketayotganida onasi qaysi futbolchining muxlisasi bo‘lgani haqida aytishdi — Maykl Oven. U esini taniganida Oven butsalarini mixga ilgandi, ammo ne ajabki onasi homila vaqtida bo‘lajak o‘g‘li Ovenga o‘xshashini orzu qilgan bo‘lsa. Bu ismni u bir umrga eslab qoldi.

“Toshkentga kelganimda mendan katta bolalar ko‘proq edi. Ular bilan zerikmasdim. Yotoqda Dostonaka (Hamdamov), Akromaka (Komilov) bilan har kuni birga edik. Baza bizga uyimizdek bo‘lib qolgandi...”

2015 yil Malayziyaga borishdi. Osiyo klublari o‘z yo‘liga, ular “Sevilya” bilan o‘ynashdi, “Korintians”ga qarshi to‘p surishdi. Turnir jamoa uchun omadli kelmagan bo‘lsa-da, u kamida 5 ta gol urdi. Braziliyaliklarga urilgan gol alohida ahamiyat kasb etdi, bunni yoddan chiqarish mumkin emasdi.



Malaylar ham yoddam chiqarishmadi. 2016 yil toshkentliklar yana bir bor Kualada ko‘rinish berishdi. Malayziya taslim etildi, yaponlar tiz cho‘ktirildi. Tailand bilan o‘yin 6:2 hisobida yakuniga yetdi. 5 ta gol urgan bizning futbolchini taylar uzoq eslab yuradigan bo‘lishdi. Faqatgina o‘sha Ronalduni tarbiyalab bergan “Sporting” kuchliroq chiqdi — 0:3. Pley-offda esa PSJ to‘qnash keldi.

Jamoalar juda ko‘p edi, ularning hammasiga avtobus yetkazib bo‘lmasdi. O‘yinga ketilayotganda oq avtobusni ko‘rsatishdi, uning orqasiga PSJ bolalari joylashib olishgandi. Fransuzlar O‘zbekiston jamoasini mensishmadi, bizning bolalar avtobusning uchida qimtinib ketishdi.

“Yigitlar, ular sizni mensimayapti. Sizlar shunday qilinglarki, ular xaritadan bizning mamlakatni qidirib topsin. Ular ham siz kabi odam, ular ham to‘pni xuddi sizdek tepadi. Faqatgina nomi PSJ. Biz bugun ularning kunini ko‘rsatishimiz shart”. Chigodayev so‘zlarini tugatdi, jamoa baqir-chaqir bilan stadionga chiqib keldi.

O‘yin parijliklar ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘lim 0:1. Biznikilar umuman hujum qila olishmadi. Ikkinchi bo‘limda bittagina imkoniyat bo‘ldi. Uning zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi. Hamma alamda, yana hujum qilishning imkoni bo‘larmikin? Topildi imkon. Uch kishini aldab o‘tganidan so‘ng, chalib yiqitishdi. So‘nggi daqiqalar, hayajon. Sensasiyaga umid bor. Birinchi zarba jonli devorga tegdi. Qaytgan to‘pni olishi bilan oyog‘iga tekkan zarbadan ko‘zlari chaqnab ketdi — yana jarima. Bu safar hammasi o‘xshadi, PSJ murabbiyi ham golning chiroyiga qarsak chalayotgandi.

Penaltilar seriyasini u boshladi. Kimdir urdi, kimdir yo‘q. Ammo hisob 10:10 ga qarab ketdi. Zarba bermagan futbolchining o‘zi qolmadi, hattoki men penalti tepmayman deb yurgan jamoadoshini ham aldab-suldab tepdirishdi, u ham gol urdi. Navbat yana unga keldi. Ursa, Parij ishg‘ol etilajak.

“...o‘sha g‘alaba men uchun hanuzgacha eng qadrlisi bo‘lib qoldi. Ha, kichkina futbol. Biroq bu biz uchun katta g‘alaba edi”.

Ko‘p yordam ko‘rsatishdi. Azizakasi (Haydarov) butsa sovg‘a qilgan, Abdurahmonakasi (Fozilov) yana nimadir bergan, qolgan ota-onalar yeguliklar, shirinliklar ulashgan, xullas, kim bilsa yaxshilik qilardi. Axir non shahrida qanday qilib och qolish mumkin, uni mehr bilan to‘ydirishga harakat qilishardi. U akademiyaning haqli ravishda o‘g‘li bo‘lib qolgandi. Uning otalari ko‘p edi, istalgan murabbiy unga otalarcha mehribon bo‘lmoqni burch bilardi.

Yoshlar ligasida o‘ynashi uchun 16 yoshga kirishi kerak. Ammo u mashg‘ulotlarda ishtirok etib yuraverdi. Yoshlarga Maqsudov bosh bo‘lib kelgach, uni darhol yoniga chaqirib oldi. Chunki Osiyo chempionati saralashida Nuraliyev jamoaga chaqirgan, Maqsudov xalqaro bo‘limda ishlab bularning hammasini bilardi.

Tez orada O‘zbekiston milliy jamoasining Urugvayga qarshi o‘yini ovoza bo‘lib ketdi. Bu butun mamlakat uchun sharafli o‘yin edi, hamma shu haqda bong urardi: Suares, Kavani, Godin... Tabiiyki, termaga “Bunyodkor”dan ko‘proq futbolchi olishdi. Natijada asosiy tarkib biroz bo‘shab qoldi. Bu orada u 16 yoshni qarshi olib ulgurdi.

Katta futbol. Yoshlar ligasi bo‘lsa ham katta futbol, chunki bu asosiy tarkibning ostonasidir. Birinchi o‘yini “Paxtakor” bilan bo‘ldi. 5:2 hisobida yakuniga yetgan o‘yinni o‘sha Qosimovning o‘zi bir chetda kuzatib o‘tirdi va bor-yo‘g‘i yarim soatga maydonga chiqarilgan bolani ko‘z ostiga olib qo‘ydi.

Biroz bo‘shab qolgan asosiy tarkibga uch kundan keyin uni chaqirishdi. Haqiqiy shok. Volkov degan nomi chiqqan, biroq o‘zini chetdagilarning hammasi ham taniyvermaydigan mutaxassis mashg‘ulotdan oldin 10 daqiqa leksiya o‘qidi. Suhbat Qosimovning hushtagi bilan tugadi, futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Ular orasida yoshi ham, jussasi ham kichik bola bor edi. Qosimov hammasini hech narsa bo‘lmagandek boshladi. Yana 3 kundan keyin esa unga 3-qavatga ko‘chib o‘tishni buyurdi.

Balki siz bilmassiz, 3-qavat jamoada muqaddas sanaladi. Bu qavatni orzu qilmagan akademiya futbolchisi bo‘lmagan. Bu qavatda doim asosiy figuralar yashagan, bu qavatda turganlar o‘z vaqtida Osiyoni zir titratgan. Ko‘zidan yosh chiqib ketay dedi. Lash-lushlarini yig‘ishtirib, unga ajratilgan xonaga ko‘chib o‘tdi.

CAFA turniriga uni chaqirishganida, Qosimov hamma o‘yinni stadiondan kuzatdi. Yechinish xonasida murabbiydan shuncha gapni eshitib bo‘lib, Qosimovning xonasiga kelar va yana suhbatga kirardi. Xatolar, holatlar, vaziyatlar, qarorlar. U hammasini tushuntirar va har safar joyiga tushirib, xonasidan chiqarardi. Shunday qilmasa bo‘lmaydi, iqtidor yetishtirish qiyin emas zamonamizda, ularni saqlab qolish azob. Kimnidir yulduzlik kasali, kimnidir shunga o‘xshash boshqa dard erta olib ketadi. Shu yo‘sinda oltinga aylanmay, oltin suvi sevib qo‘yilgandek taassurot qoldirgan mayda futbolchilarga ombor to‘lib ketgan.

Ikki oy avval qandaydir qog‘ozga qo‘l qo‘ydirishdi va qo‘liga birinchi maoshini tutqazishdi. Chunki u Qo‘qon jamoasiga qarshi qiyin va mag‘lubiyat bilan yakuniga yetgan o‘yinda maydonga tushgandi. Cho‘g‘i ko‘p emasdi, ammo peshona teri. Qiyin boshlangan hayotning yaxshi davomi...

Samarqanddagi turnir haqida o‘qidingiz-a? O‘sha musobaqa Jasur Jaloliddinovning hayotida tub burilish yasagandi. O‘shanda uni Toshkentga Otabek G‘ulomxo‘jayev taklif qilgan, birinchi murabbiyi Asror Pirnaazarovning hol-u joniga qo‘ymagan. Oradan 8 yil o‘tib G‘ulomxo‘jayev shogirdini Esteponaga olib keldi. Kecha shotlandlar darvozasiga gol urgan futbolchi haqida siz endi 20 daqiqa avvalgidan yaxshiroq bilasiz.

Futbolni faqatgina boylar o‘ynamaydi. Futbol chekka qishloqlardagi iqtidorlarni ham suv yuziga ko‘tara oladi. Bugun O‘zbekistonning kashf etilmagan, o‘zlashtirilmagan nuqtasi yo‘q. Ha, guruch ichiga tushgan kurmaklarimiz ham bor, pul oladigan, dunyoni pul bilan o‘lchaydigan murabbiylarimiz har qadamda uchrab yotibdi, agar ularni murabbiy deyishning o‘zi to‘g‘ri bo‘lsa. Ha, bolalar futbolida tizim ishdan chiqqandi, ayrim viloyatlarda ahvol harob, biroq baribir ko‘rinish uchun imkon bor hammada. Shu bilan birga insofini yutib yubormagan odamlar ham bor. Yo‘qsa himoyasiz bir bola ko‘zimizga nisbatan shafqatsizroq ko‘ringan poytaxtda yo‘qolib ketardi.

Gap jamiyatning o‘zida qoldi. Eski qarashlar, eskicha aqidalar rostmana eskirdi. Mehnat qilgan, harakat qilgan chiqadi. Jasur o‘zini cho‘ktirib yuborishi ham va biz uni cho‘ktirib yuborishimiz ham mumkin. Kechasi xonada u bilan suhbatlashib o‘tirib, o‘sha G‘ulomxo‘jayev, o‘sha Maqsudov, o‘sha Qosimov ming marta takrorlagan gaplarni yana aytgandek bo‘ldim. Chunki mening yozganlarim ham unga aks ta’sir etishining ehtimoli yo‘q emas. Biroq ishonamanki, bunday dushmanga qarshi u kurasha oladi. Urushda ehtimoliy o‘lim bilan kurashayotgan inson, boshqa dard haqida o‘ylamaydi, o‘lim sharpasi turganida, boshqa dard ko‘zga juda mayda ko‘rinadi. Futbolsiz hayot onasi Maykl Oven bo‘lishini orzu qilgan bola uchun zerikarli. Demak, jang maydonida u nafaqat qarshisidagi 11 raqibga, balki atrofidagi minglab shirin yolg‘onlarga ham chap berishi shart.

Ispaniyaga kelishdan ancha oldin O‘FA rahbari xonasiga chaqirib istayotganlarini aytdi: yosh va yeng shimarib ishlaydigan shtab, haromdan hazar qiladigan shtab, zamonaviy fikrlaydigan va albatta Yevropa futboliga intiladigan shtab. Istak bo‘yicha takliflar berildi, taklifga birinchi javob esa Ispaniyaga yig‘ini bo‘ldi. Jamoa tashkil qilganida o‘sha rahbar yana uch narsa haqida so‘radi. Tanish-bilishchilik? Yoshi katta futbolchilar? Futbolchilar biografiyasi. Avvalgi ikkisida biror sharpa ko‘rinsa tamom, bu shtab qaytib termaga yaqinlashmaydi.

Esteponaga Yevropa jamoalariga yaqinlashish uchun kelindi. Belgiya yoki Fransiyaning yutish kerak deb hech kim talab qo‘yayotgani yo‘q. Biroq quruq qo‘l bilan qaytish ham yaramaydi. Nima demoqchiman, so‘ralayotgani faqat va faqat o‘rganish. Natija keyinroq faqat bir kishidan so‘raladi, shunda ham Osiyo Kubogi o‘tib olgach, Kuperdan. Qolganlardan esa iqtidorlarni izlashda davom etish va borlarini yo‘qotib qo‘ymaslik, ularni o‘stirish talab qilinadi.

Bu hikoya juda jo‘n. Chunki biz hali Ovenni ko‘rganimiz yo‘q. Bu bor-yo‘g‘i 16 yoshli futbolchi va hozir ham jamoadoshlaridan kichikroq. Bizda o‘smirlar yoki yoshlar haqida murabbiylar bilishi mumkin, ammo odamlarning ko‘pi bilmaydi. Ular bilishi kerak, ular futbol pul bilan emas, mehnat bilan o‘ynalishini tushunishi kerak. Ular futboldagi xaromxo‘rlar yonida faqat shu futbol uchun ishlayotlar ham borligini bilishi kerak. Chunki bu ularga qayta umid beradi, bu ularni harakatga undaydi.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:30, 25.11.2019. O'qildi: 4964 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.