Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yaxshi Valverde, yomon Valverde

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Kamp Nou”dagi spektakl haqida istagancha fikr bildirish mumkin. Tanqidga ham, maqtovga ham asos yetarlicha.

Men o‘zimda alohida taassurot qoldirgan ikki shaxs haqida gapirmoqchiman. Ikkalasi ham Valverde. Gap kimlar haqida ekanligini tushundingiz.

Kechagi “el-klasiko”da “Real” safida meni hayron qoldirgan futbolchi Federiko Valverde bo‘ldi. Bu hayratning sababi shundaki, Valverde kecha o‘zining darajasidan bir bosh baland o‘ynadi. Zidanning ko‘rsatmalarini kamchiliksiz bajardi. Hatto gol ham urib qo‘yishi mumkin edi.

“Real” safida undan zo‘r o‘ynaganlar ham bo‘ldi-ku, dersiz. Haqsiz. Ammo gap bu yerda futbolchining darajasi va o‘yini o‘rtasidagi mutanosiblik haqida ketyapti. Kecha Federiko ana shu mutanosiblikni ijobiy tomonga buzib tashladi. Kecha Federiko Messi va uning jamoadoshlarini to‘xtatishga munosib hissa qo‘shdi. Kecha Federiko markazda juda yaxshi harakat qildi. Demakki, “qirollik klubi” yana bir ajoyib markaziy yarim himoyachiga ega bo‘lyapti. Bu  — Zidanning kashfiyoti.

Endi ikkinchi Valverdega o‘tamiz. Ernesto Valverdening kechagi holati menda shunday taassurot uyg‘otdi: “Barselona” futbolchilari Valverdega ishonmay qo‘yishgan. Ya’ni, nazarimda, futbolchilar Ernestoni “tajribali, maslahatlari bizga g‘alaba olib keladi”, deya hisoblashmayapti va qisman murabbiy tavsiyalariga amal qilgan holda o‘z bilganlaricha o‘ynashyapti. Chunki kechagi “el-klasiko”da “Barselona” futbolchilarida qandaydir ishtiyoq sezilmadi. To‘g‘ri, “Real” ham kuchli harakat qildi, ammo kecha Kataloniya klubi o‘z darajasida o‘ynay olmagani bor gap. Bunda esa eng katta aybdor — Valverde. Taqqoslash uchun, “qirollik klubi”ning kechagi o‘yini — Zidanning tuni bilan mijja qoqmay o‘ylab chiqqan usullari mahsuli. “Barselona”da esa hamma narsa qorishiq: futbolchilar murabbiyning fikrini inobatga olay desa, ishonch yo‘qolgan, o‘z bilganimizcha o‘ynay desa, har holda, murabbiy...

Oddiy haqiqat bor: “Ferrari” yaxshi yuradi, texnik jihatdan soz, hamma narsasi joyida, ammo poygada omadi chopmayapti, kerakli tezligiga chiqa olmayapti. Chora bitta — haydovchini almashtirish. Hozirgi “Barselona” hozirgi holatida ham kechagidan yaxshiroq o‘ynay olardi. Har holda Kataloniya klubi kecha menga o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynamagandek tuyildi.

Ayni damda yana bir taxmin tarqaldi: siyosiy o‘yin. Rus saytlarida “Kamp Nou”dagi durang Kataloniya va Ispaniya o‘rtasidagi siyosatning “mahsuli” qabilidagi fikrlar ham tarqaldi. Nima bo‘lganda ham, kechagi o‘yinni inobatga olganda ham Ernesto Valverde “Barselona” muxlislari va futbolchilari uchun “yomon amaki”ga aylanib ulgurgani fakt.

Ushbu mavsum yakuniga qadar hali yana “el-klasiko” ko‘ramiz. Hozircha keyingi “klasiko”lar haqida fikr bildirish mushkul. Chunki bugungi jarayondan kelib chiqib “Barselona” va “Real”ning ertangi kuni haqida nimadir deyish mushkul.

Nizomjon ISLOMOV

 

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:53, 19.12.2019. O'qildi: 8258 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик