Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eron sport vaziri: «Bunday sharoitda Eronning AQSHda o‘tadigan o‘yinlarda ishtirok etish ehtimoli juda past»

Baho:
+2 | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

Eron sport vaziri Ahmad Dunyomaliy milliy jamoaning 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi hali ham savol ostida ekanini ma’lum qildi, deya xabar beradi Sports.kz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tomoni FIFAdan jamoa o‘yinlarini AQSH hududidan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha so‘rovga haligacha javob olmagan.

«Eron o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish bo‘yicha FIFAga yuborgan so‘rovimiz hali ham kuchda, ammo hozircha javob olmadik. Agar bu qabul qilinsa, jahon chempionatida ishtirokimiz kafolatlanadi. Ammo FIFA hali javob bermadi», — dedi Dunyomaliy Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, vazir jamoa turnirga tayyorgarlikni davom ettirayotganini ta’kidladi.

«Sport vaziri sifatida, Eron futbol federasiyasi bilan birgalikda milliy jamoani jahon chempionatiga tayyor holda ushlab turamiz. Biroq yakuniy qarorni hukumatimiz qabul qiladi», — dedi u.

Dunyomaliy shuningdek, Donald Trampning Eron terma jamoasi uchun turnirda ishtirok etish xavfsiz emasligi haqidagi bayonotlarini tanqid qildi.

«Tramp juda qarama-qarshi fikrlar bildirmoqda, uning gaplari mutlaqo izchil emas. U axloqiy va etik jihatdan muvozanatsiz bayonotlar qilmoqda. Shu bilan birga, FIFA reglamentlariga ko‘ra, musobaqa o‘tadigan mamlakat xavfsizlikni ta’minlashi shart. Biroq jahon chempionati yaqin, bu muddatda kafolatlar berish masalasi shubhali bo‘lib qolmoqda», — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, jahon chempionatida ishtirok etuvchi har qanday terma jamoa xavfsizligi FIFA tomonidan kafolatlanishi kerak, aks holda turnir o‘yinlari AQSHda o‘tkazilmasligi lozim.

«Bunday sharoitda Eronning AQSHda o‘tadigan o‘yinlarda ishtirok etish ehtimoli juda past. Ammo agar tegishli xavfsizlik kafolatlari berilsa, hukumatimiz ishtirok masalasida qaror qabul qiladi», — dedi Dunyomaliy.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasining guruh bosqichi o‘yinlari AQSH hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, vazir siyosiy mavzularga ham to‘xtalib, xalqaro sportdagi «ikki xil standart»lar haqida fikr bildirdi.

«Ma’lumki, Isroil AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. So‘nggi to‘qqiz oy ichida Eron ikki marta hujumga uchraganiga qaramay, biz ikki xil standartlarni ko‘ryapmiz. Ular G‘azoga ham hujum qilib, 80 mingdan ortiq insonni halok qildi. Bu kabi ikki xil yondashuvlar sportda ham qo‘llanilmoqda. Umid qilamanki, sport olami "fair play" nuqtai nazaridan to‘g‘ri yo‘lni tanlaydi», — dedi u.

Dunyomaliy, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va BMT Xavfsizlik Kengashi voqealarga yetarlicha baho bermayotganini ta’kidladi.

«Xalqaro tashkilotlar va BMT Xavfsizlik Kengashi ikki xil standartlarni qo‘llamoqda. Ular yo sukut saqlaydi, yoki jabrlanuvchini ayblaydi. Bu xalqaro hamjamiyat amalda qadrsizlanayotganini ko‘rsatadi», — dedi vazir.

Vazir Turkiyaga Falastinni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, Antaliyada Eron va Nigeriya o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida ham fikr bildirdi.

«Bu o‘rtoqlik o‘yinida futbolchilar milliy jamoa libosida maydonga chiqib, bolalar ryukzaklarini namoyish qilish orqali jahon jamoatchiligiga ma’lum bir xabar yetkazishga harakat qildi», — dedi u.

Shuningdek, u Erondagi harbiy harakatlar natijasida sport inshootlari ham zarar ko‘rganini aytdi.

«Ko‘plab sport inshootlarimiz hujumga uchradi. Ilgari xalqaro sportchilar ishtirok etgan ob’ektlar ham nishonga olindi. Shunga qaramay, biz infratuzilmamizni yanada yaxshiroq qilib qayta qurishda davom etamiz», — dedi vazir.

So‘nggida Dunyomaliy mamlakat qarshilikni davom ettirishini ta’kidladi.

«Eron oxirigacha qarshilik ko‘rsatadi va blokada, sanksiyalar hamda embargo saqlanib qolar ekan, bu yo‘ldan qaytmaydi», — deya xulosa qildi u.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 20:13, 06.04.2026. O'qildi: 1821 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик