Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sobiq grandlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Chempion bo‘lishdan ko‘ra uni saqlab qolish qiyinroq degan iqtibos qanchalar to‘g‘ri ekanligini zamonaviy futbol isborlab kelmoqda. Yoshligimizda doimmo oltin medullar uchun kurash olib borgan jamoalarning aksariyati hozirgi kunda o‘z imijdini tushirib yuborganidan xabaringiz bor. Bugun ko‘z o‘ngimizda grandlar qatoridan tushib qolayotgan sobiq super jamoalar haqida qisqacha so‘z yuritamiz.

 

“Manchester Yunayted”

 

1986-yilda jamoa tepasiga kelgan Aleks Fergussonning kelajakda nimalarni amalga oshirishini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Chorak asrdan ortiq vaqt mobaynida jamoani boshqargan murabbiy davrida klub o‘z tarixidagi eng zo‘r mavsumlarni o‘tkazdi. APL g‘olibligi bo‘yicha azali y raqiblari “Liverpul”ni sezilarli farq bilan ortda qoldirgan “Qizil iblislar” Fergusson qo‘l ostida 13 bor chempionlikni tantana qilishdi. Shuningdek ikki bor YECHLda ham g‘alaba qoznishga muvaffaq bo‘lgani e’tiborga molik. Bundan tashqari, klublar o‘rtasidagi JCH va ichki birinchilikdagi 9 ta kuboklarni qo‘shib hisoblasak, jamoaning oltin davri ortda qolgani darrov sezilib qoladi. Klub muxlislari o‘zlarini qolgan jamoa ishqibozlaridan balandroq tutishar, barcha yulduzlar uchun “Manchester Yunayted”da to‘p surish chinakam sharaf edi. “Orzular teatri” atamasi ham klubning shonli tarixidan esdalik desak, adashmagan bo‘lamiz. Barcha narsaning oxiri bo‘lganidek shotlandiyalik murabbiy 2013-yilda jamoa postini topshirdi. Afsuski, klubni Fergusson bilan birgalikda ulkan g‘alabalar ham tark etdi…

Qisqa muddat ichidan rahbariyat fergussonning o‘rnini 5 ta murabbiy bilan to‘ldirishga urunib ko‘rdi. Devid Moyes, Rayn Giggz, Lui Van Gal, Joze Mourinyo singari murabbiylar jamoani avvalgi darajasiga olib chiqa olmagan bo‘lsa, Sulsher bu ishni uddalay olmaslikda davom etmoqda. To‘g‘ri, qaysidir ma’noda norvegiyalik murabbiy jamoaning ichki muhitini yaxshiladi, futbolchilar bilan kontakt o‘rnatdi, biroq natijalar hali ham yaxshilanganicha yo‘q. Chempionlik uyoqda tursin, kuchi to‘rtlikka kirish ham ayni damda “qizil iblislar” uchun chinakam muammoga aylanib bo‘ldi.

 

Milan

Yangi asrning ilk yillarida to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylangan “Milan” haqida uzoq gapirish mumkin. Tarkibida: Maldini, Shevchenko, Kaka, Nesta, Gattuzo, Pirlo, Dida singari super yulduzlarni jamlagan jamoa 2001-2009 yillar oralig‘ida shu qadar kuchli futbol namoyish etdiki, ayni damda o‘sha soyaning ostida chiqib keta olmayapti. Bunga ishonish qiyin, biroq bundan 15 yil ilgari “Milan” ichki birinchilikda ham YECHLda ham faqat chempionlik uchun kurash olib boruvchi jamoa edi. Yangi asrning ilk o‘n yilligida jamoa ikki bor YECHLda g‘olib chiqqan bo‘lsa, 3 bor “A seriya”da tengsiz bo‘lishni uddalagani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Afsuski, klub so‘nggi yillarda YECHLda ishtirok etish uchun yo‘llanma beruvchi o‘rinlarni ham egallay olmayapti. Jamoa muxlisalari esa o‘z suyukli jamoasining so‘nib borishini tomosha qilishda davom etishmoqda.

“Arsenal”

Londonliklarning APL poygasida egallab turgan o‘rni ko‘plab muxlislar uchun erish tuyulishi mumkin, biroq bu tasodif emas. Tajribali Arsen Venger tomonidan yaratilgan jangovar “Arsenal”dan asar ham qolgani yo‘q. Bundan 15 yil ilgari Buyuk “Manchester Yunayted”ga chinakam kurash taklif etadigan va o‘rni kelganda g‘olib chiqa oladigan darajada qudratga ega klub ayni damda muammolar girdobiga tushib qoldi. Unay Emiri Vengerning ishini davom ettira olmagani yetmaganidek, o‘zidan uyushmagan va taktik no‘noq jamoani qoldirdi. Shimoliy londonliklar 2003/04 yilgi mavsumda APL uchrashuvlarining birortasida mag‘lub bo‘lmasdan chempionlikni qo‘lga kiritigan edi. Endilikda musobaqani kuchli oltilikda tugatish ham katta so‘roq ostida turibdi. Ayni damda avlodlar almashinuvini boshdan kechirayotgan “kononirlar”ning qachon o‘z darajasiga chiqishi nomalum. Barchaning umidi Artetadan. Murabbiyni hurmat qilgan xolda shuni aytish joizki, barchasini o‘z o‘rniga qoyish uchun ispaniyalik mutaxassisdan juda katta mahorat talab etiadi. Tajribasiz murabbiy bu vazifani qisqa fursatda uddalashiga ishonish mushkul.

“Valensiya”

 

20 asr boshida futbolga chaqilmas yong‘oq atamasini o‘zi bilan olib kirtgan Ektor Kuperning “Valensiyas”i bo‘ladi desak, adashamgan bo‘lamiz. O‘z davri uchun o‘ta zamonaviy futbol namoyish etgan jamoa ikki bor YECHLning finaliga qadar yetib borishni uddalagani ko‘pchilikning yodidan ham ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, ajab emas. Kuper davrida klub Ispaniyada 3-kuchga aylangan bo‘lsa, Rafa Benitez qo‘l ostida bir emas, ikki bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mahaliy murabbiy 2004-yilda jamoa bilan UEFA kubogida ham zafar quchishni uddaladi va “Liverpul”dan tushgan taklif sababli “Valensiya”ni tark etdi. Benitesdan so‘ng klub byudjeti kattalashgan bo‘lsada, biror marotaba chempionlik uchun kurashgani yo‘q. Ko‘p o‘tmay, “Atletiko Madrid” va “Sevilya” jamoalari “Valensiya”ni YECHLdagi ishtirokidan ham mahrum qilishni boshladi.

“Lion”

 

Ayni damda Fransiya chempionati deganda barchaning ko‘z oldiga PSJ kelishi aniq. Parijliklar ichki birinchilikda tinimsiz g‘alaba qozonishda davom etishmoqda. Shunday bo‘lsada, “Liga 1” musobaqasida 2001-2008-yillar oralig‘ida kim chempion bo‘lganini unutmaslik lozim. So‘z “Lion” jamoasi haqida borayotganini darrov payqagan bo‘lsangiz ajab emas. Bundan 15 yil ilgari Fransiyada birorta jamoa “Lion”ga qarshilik ko‘rsata olmas, chempionlik mavsum boshidayoq kimga nasib etishi aniq bo‘lib ulgurgan edi. Asosan mahaliy iqtidorlardan tashkil topuvchi “Lion”ning YECHLdagi ishlari ham chakki emas edi. Jamoa o‘z ishtirok etgan gurhda hech qachon qolib ketmas, musobaqani kamida chorak finalda yakunlashga o‘rganib ham qolgan edik. O‘zining eng so‘nggi omadli mavsumida esa (2009/10), “Real Madrid”ni yengib jamoa musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borishni uddalaganini alohida qayd etib o‘tish joiz. Bu mavsumda jamoa YECHLning guruh bahslarini omadli yakunlagan bo‘lsada, chempionatda 8-o‘rinda bormoqda.Fransiya futbolining sobiq bayroqdor jamoasi Play-offdagi raqib “Yuventus” oldida shunchaki autsayderga aylanib qolayotganini jamoaning sodiq muxlislari ham ich-ichidan sezib turibdi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:25, 04.01.2020. O'qildi: 5758 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик