Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

VAR APLga kerakmi? Klattenburg javob berdi (intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

Angiliyalik taniqli hakam Mark Klattenburg VAR tizimi va uni qanday rivojlantirish borasidagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

 

Dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan so‘ng VAR sistemasi yana barchaning e’tibor markazida bo‘ldi. Hatto APLdan bu tizimni olib tashlash borasida onlayn petisiya ham ishga tushirildi. Shunisi aniqki, APLdagi ko‘plab futbolchi va murabbiylar bu petisiyaga jon deb qo‘l qo‘yib berishga tayyor turishibdi. YECHL finalida ishlagan sobiq hakam Mark Klattenburg VARning ustunliklari, muammolari va APLdagi kelajagi borasidagi fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

 

Haqiqatdan ham VARdan voz kechish vaqti kelmadimikan?

 

— Aniq yo‘q.Bu rivojlanayotgan proyekt va unga biroz o‘zgartirishlar kritish kerak xolos. Keling tan olaylik, bu mavsumda VARancha aniqlik bilan hizmat ko‘rsatyapti. Bundan tashqari, APLning shiddatini ham unutmaslik kerak. Bu yerda hujumchilar katta tezlikka ega bo‘lgani uchun doimo ofsayd chizig‘i chegarasida harakat qilishadi. Masalan, men Xitoy chempionatidagi uchrashuvlarda ishlaganimda VARning ofsayd qayd etishi borasida hech qanday muammolar kelib chiqmaydi. Sababi, futbolchilar u qadar tezkor emas va hujumchilar ham chuqquroq pozisiyadan yorib kirishga harakat qilishadi.

 

Masalan, bizdagi Serhio Aguyero singari futbolchilar qanot hakamlariga chinakam bosh og‘rig‘i, desak adashamagan bo‘laman. U doimo so‘nggi himoyachining yelkasini o‘zi uchun so‘nggi chiziq sifatida qabul qiladi va doimo shu chiziqning uchida to‘p kutadi. Shunday ekan, so‘z APLga eng mos tushuvchi texnologiya haqida bormoqda va ish hali o‘z yakuniga yetgani yo‘q. Keling, sistemadan hozir voz kechmaymizda, uni yanada yaxshilash borasida bosh qotiramiz.

 

Siz VARni yaxshilash uchun qanday o‘zgarishlar kiritgan bo‘lar edingiz?

 

— VARni yanada yaxshilashi mumkin bo‘lgan 5 ta taklif mavjud. Bu takliflar tezda yoki kelajakda amalga oshishining ehtimoli katta.

 

1. VARofsaydni aniqlamasligi kerak.

O‘yindan tashqari holatni avvalgi davrlardagi kabi qanot hakami aniqlashi kerak bo‘ladi. To‘g‘ri, xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, lekin dam olish kunlari qandaydir millimetrlar sababli bekor qilingan 5ta golning muxlislarga ta’siri o‘zgacha bo‘lgan bo‘lar edi. Bu o‘zgarishdan so‘ng, futbolchilar gol kiritayotganida o‘zining ofsaydda yoki o‘yinda emasligini bilmay qolmaydi. Hakam bayroqchani ko‘tardimi? Demak, futbolchi epizoddan tushib qolganini darrov sezadi. VAR millimetr o‘yindan tashqari holatda futbolchilarni aniqlash uchun o‘ylab topilmagan.

 

2. Instruksiyani aniq belgilab olish kerak.

 

VARdan foydalanilayotganda qabul qilinadigan qarorlarni konkretlashtirish kerak. Bu juda qiyin ekanligini tan olaman. Vaqti-soati kelib barchamiz VARning talablariga ko‘nikib ketarmiz, biroq hozirda bu borada muammolar qaror qabul qilishda turli-tumanlik mavjud.

 

Masalan, “Nbyukasl” hujumchisi Endi Kerrollni “Everton” futbolchisi jarima maydoni ichida ortidan turtib yiqitdi. Bu maydonning qolgan barcha nuqtlarida fol hisoblanadi, biroq VAR bu vaziyatga aralashmadi. Boisi, bu vaziyatni 100 foizli penalti emas, deb hisoblashdi. Boshqa o‘yinda esa VAR bu vaziyatni fol deb e’tirof etishi mumkin. Shunday ekan, bizga VARni qo‘llash borasida aniq instruksiya kerak.

 

3. Jamoa sardorlariga ikki bor VARdan foydalanish huquqini berish

 

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvni eslang. “Vulverxempton” “Liverpul” darvozasiga gol kiritgach, Jordon Xenderson to‘pni markazga olib ketayotgan edi. U gol o‘tkazib yubordik deb o‘yladi. Agarda, ushbu qoida kuchga kirganida, “Liverpul” darvozasiga millimetr ofsayddan urilgan gol aniq hisobga olingan bo‘lar edi.

 

Shu yo‘sinda jamoalar ham ma’suliyatliroq bo‘lishga urinishadi. Shunday qilish kerak-ki, sardorlar hakamlarning har qanday noto‘g‘ri deb taxmin qilgan qaroriga qarshi chiqishlari mumkin bo‘lsin, biroq ularni ikkita yoki uchta urunish bilan chegaralab qo‘yish kerak.

 

4. Hakamlarning o‘zlari takroriy lavhalarni tomosha qilib, so‘ngra qaror qabul qilishlari kerak.

 

Hal qiluvchi qarorni bosh hakam qabul qilishi lozim. Men Jahon chempionatlaridagi o‘yinlarda ishlagan chog‘imda ITVda har bir o‘yinni 20 dan ziyod inson kuzatib borar edi. Ularning vazifasi barcha rakurclarni analiz qilish orqali eng yaxshi lavhani olish va bizga o‘z fikrlarini bildirishdan iborat edi.

 

Stokli-Parkda faqatgina VAR va yordamchilar mavjud. Ular katta bosim ostida bo‘la turib, qanday qilib turli burchak ostidagi barcha lavhalarni to‘liq ko‘ra olishi va tezkor qaror chiqarishi mumkin?

 

5. Hakamlar mikrofon taqib yurishlari kerak va ularning ovozi stadion va teletranslyasiyada ham eshitilishi kerak.

 

Bu shaffoflikni o‘z-o‘zidan oshirib yuboradi. Bundan tashqari, qabul qilingan qarorga bo‘lgan norozilikni keskin kamaytiradi.

— Bu ro‘yxatga qarab turib, VAR foyda bermayotganini tushunib turibsiz, ammo nega bu texnologiyadan kechmoqchi emassiz?

 

— Tortishuvlar haqida o‘ylab ko‘ring. Barcha muammo VARda emas, uni qanday ishlatishda. Men bu sistemaga to‘liq ishonaman. Sababi, u ko‘p vaziyatda aniq qarorlarni qabul qilmoqda.

 

Masalan, dekabr boshida bo‘lib o‘tgan Manchester derbisida hakam “Siti” darvozasiga penalti belgilamaganida “Manchester Yunayted”ning ziyoniga ishlashi mumkin edi.  

 

Yana bir ijobiy namuna sifatida Sadio Manening “bo‘rilar” darvozasiga kiritgan golini ko‘rsatishimiz mumkin. O‘shanda hakam Entoni Teylor qo‘l bilan o‘yin bo‘ldi deb noto‘g‘ri qaror chiqargan edi.

 

Shu o‘rinda VARni o‘yindagi barcha faktorlarni bir joyga jamlay olishini unutmasligimiz kerak. Bu mavsumda necha bor futbolchilarning tirsak bilan raqibiga zabra berganiga guvoh bo‘ldik? Endilikda futbolchilar iflos o‘yin ko‘rsatishdan tiyilishmoqda. Bu esa, APLda bunday iflos follarning keskin kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Jeymi Rednapp kiritgan taklifga qanday munosabat bildirasiz( Ofsayd chizig‘ini himoyachilarning yelkasidan emas, futbolchilarning oyoqlaridan chizish)? Yoki Grem Sunessnikiga-chi (Futbolchining gol kiritish mumkin bo‘lgan tanasining bir qismio‘yinda bo‘lsa ham golni inobatga olish)?

 

— Bu takliflarni amalga oshirishning iloji yo‘q. Biz bu orqali ofsayd qoidasini murakkablashtirib qo‘yishimiz hamda uni Angliya uchun o‘zgacha, butun dunyo uchun boshqacha qilib qo‘yishimiz mumkin.

 

Nimadir qilishga qarshi emasman. Futbol ko‘ngilochar biznes va u ko‘p golni talab etadi. Avvallari aynan shu mantiqqa asoslangan holda bahsli vaziyatlarda hujum qilayotgan tomonga biroz yon bosar edik. Endilikda bunga barham berildi.

 

Yangi texnologiyalar kirib kelgach, endi himoyalanayotgan tomonga biroz yon bosishimizga to‘g‘ri kelyapti. Bu esa, o‘yinning jozibadorligiga putur yetkazmoqda. Shu mavzuda o‘tkazilayotgan barcha debatlar davomida hozirgi hakamlarning saviyasi avvalgilarnikidan pastroq ekanligi nazardan chetda qolmoqda.

 

Bizda “Evro-2020”da ishlashini kutayotgan Entoni Teylor ham qanday xato qilayotganini ko‘rishingiz mumkin.

 

U “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda Manening golini inobatga olmadi, o‘tgan haftada Gassaniganing Markos Alonsoga qarshi karate uslubidagi zarbasini ijro etganini e’tibordan qochirdi. Menimcha, u vaziyatlar aslida qanday ko‘rinish olganini taxminan anglab olmoqchi bo‘lgandi. Shu yo‘sinda davom etavering. Tez orada futbolchilar sizlarni “tishlab” oladi.

 

Shunda qilib VAR o‘zgarishlar va yaxshilanishga muhtoj bo‘lsada, o‘yinni buzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan qarorlarni oldini olish orqali naf keltirmoqda.

 

 Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev tarjimasi

Manba: Daily Mail
Kiritildi: 20:44, 05.01.2020. O'qildi: 4090 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.