Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sanjar Tursunov: «Agar terma jamoaga kerak bo‘lsam, doim tayyorman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek futbolida shunday nomlar borki, avvaliga u futbolchidan ko‘p narsalar kutiladi, biroq yakunda muxlislar o‘ylaganchalik bo‘lib chiqmaydi. Bazida jarohatlar bunga halaqit bersa, ba’zan futbolchilarning o‘zlari dangasalik qilib qo‘yishadi. Bugungi suhbatdoshimizdan ham endi porlab chiqayotgan vaqtida ko‘p narsalar kutilgan. Ha, to‘g‘ri qahramonimiz 16 yil legioner maqomida harakat qildi, lekin undan bundanda yuqori natijalar kutilgan edi. Har xolda 2012 yil O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Menimcha, siz suhbatdoshimiz kim ekanligini payqadingiz, ha, bu o‘z vaqtida “o‘zbek futbolining kelajagi”,  deya qaralgan Sanjar Tursunov.    

– Assalomu alaykum, Sanjar aka yangi jamoaga o‘tganingiz bilan tabriklayman. "AGMK"ga kelishingiz qanday ro‘y berdi. Aynan Qosimovning o‘zi sizni taklif qildimi?

– Va alaykum assalom! Rahmat kattakon! Ha, Mirjalol Qosimovning shaxsan o‘zi meni taklif qildi, shu sababli olmaliqliklar safiga kelib qo‘shildim. AGMK bilan bir yillik shartnoma imzoladim. Yangi mavsumda qo‘ldan kelgancha jamoaning g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shaman.

– Yangi mavsumda ham sizga omad tilaymiz. Bugungi savollarimiz AGMK bilan bog‘liq emas. Asosan savollarimiz “Bunyodkor”, terma jamoa, qolaversa, faoliyatingizga doir. "Bunyodkor" klubi ikkinchi davrani biroz omadsiz boshladi, lekin so‘nggi turlarda ancha o‘zgardi va maqsadga erishdi buni nima bilan ifodalaysiz?

– Men o‘zim ham jamoaga ikkinchi davrada kelib qo‘shildim. Ha, to‘g‘ri “Bunyodkor” ikkinchi davrani biroz omadsiz boshladi, lekin o‘zimizga kerakli natijaga erishdik va OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiridik.

 – “Bunyodkor” nima uchun yetakchilarini saqlab qolmayapti. Avvaliga Gadoyev, endi siz... yoki jamoada xali ham moliyaviy muammolar bormi?

– Hamma jamoa o‘z imkoniyatlariga qarab, futbolchilarni saqlab qoladi va ketkizadi. Shuningdek, har bir futbolichning o‘zini maqsadi va o‘z yo‘li bor. “Bunyodkor” ham qo‘ldan kelgancha o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilarini olib qolishga harakat qiladi. Jamoada hech qanday moliyaviy muammolar yo‘q.

– “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalarimizning OCHLdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

– Yurtimiz sharafini halqaro maydonlarda himoya qiluvchi barcha jamoalarga omad tilayman. Barchasi tayyorgarlikka bog‘liq. Bilasiz, qaysidir jamoa taktik yoki individual futbolchilar borasida kuchli bo‘lishi mumkin, lekin o‘yinga tayyor bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun hozir bu savolga to‘liq javob bera olmayman.

– Kuper kelganda dastlabki yig‘inga chaqirildingiz va Eron bilan o‘yinda maydonga tushdiz so‘ngra yana milliy termadan uzoqlashdingiz. Sanjarni yana mamlakatimiz bosh jamoasida ko‘ramizmi?

- Kuper kelganda terma jamoaga chaqirishgan, Eron bilan o‘yinda ikkinchi bo‘limda tushganman. U o‘yinda faqat himoyada o‘ynaganmiz, juda qiyin o‘yin bo‘lgan. Menimcha, o‘zimni ko‘rsatolmaganman, shuning uchun keyinchalik chaqirishmagan deb o‘ylayman.

– Nima deb o‘ylaysiz terma jamoamiz Abramov boshchiligida azaliy orzusi JCHga chiqa oladimi?

Milliy terma jamoaga omad tilayman. Jahon chempionatiga chiqishini xohlayman. O‘zbekistonda tug‘ilib-o‘sgan har bir inson vatani uchun muxlislik qiladi, shu qatorda men ham. Agar O‘zbekiston terma jamoasiga kerak bo‘lsam, har doim tayyorman.

– Vadim Abramov o‘z uslubini o‘zgartirmaydi, har doim hujumkor uslubda o‘yinni olib boradi, sizningcha, har qanday jamoaga qarshi hujumkor o‘yin olib borish qanchalik to‘g‘ri?

- Vadim Abramovda har doim to‘p bilan ko‘proq ishlash va hujum qilish, shuning uchun uning taktikasi natija bergandan keyin o‘sha taktika qolaveradi.

– Futbolchi o‘zini doimo yuqori formada ushlab turishi qiyin ishmi? Nimaga ko‘p futbolchilar yarq etib porlaydiyu, keyin ko‘zdan g‘oyib bo‘lishadi?

– Futbolchi har doim bir rejimda bo‘lishi kerak, o‘ziga qarashi kerak, chunki rejimdan chiqsa, o‘yiniga ta’sir qiladi. Shuning uchun futbolchi har doim o‘ziga qarab professional bo‘lishi kerak. Futbolchini o‘zini tarbiyalashi juda katta ahamiyatga ega.

– Siz qanot vingerisiz, o‘z qanotingizdan jahondagi qaysi futbolchilarni yoqtirasiz?

– Jahonda ko‘p futbolchilar yoqadi: qanotda , o‘rtada. Aniq kimnidir aytolmayman, chunki ko‘p futbolchilarning o‘yinlarni yoqtiraman. Har xil uslublar, taktik uslublari juda yoqadi.

– Futbolchining maydonda ko‘ngildagidek to‘p surishi uchun: o‘yin taktikasi va futbolchining psixologik holati, shu ikkita omildan qaysi biri ko‘proq ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz?

– Futbolchi maydonda ko‘ngildagidek o‘ynashi uchun hammasi muhim. Masalan:  jismoniy holati,  taktik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Bularni qaysidir biri bo‘lmasa futbolchi maydonda o‘zini yaxshi his qilolmaydi.

– Sizni “Vorskla” jamoasidagi o‘yiningiz orqali ko‘plab muxlislar taniydi. “Vorskla” darajasiga yetish uchun bizdagi klublarni qaysi kamchiliklarini to‘ldirish kerak, tarkib, tartib-intizom, maydon..?

– Ukraina futboli bizdan kuchliroq,shuning uchun biz Ukrainaga qarab o‘ynaymiz, ular Yevropa. "Vorskla" darajasiga yetish uchun esa birinchi navbatda chempionatimizni ko‘tarishimiz kerak, keyin o‘sha darajaga erish uchun harakat qilish kerak.

Faqat futbolchimas, har bir inson har doim o‘ziga maqsad qo‘yadi. Yevropaga yaqinlashish uchun esa biz yuqori maqqsadlarni qo‘yishimiz kerak va bu o‘lda astoydil harakat qilish lozim.

– Mana 16 yil chetda o‘ynadingiz, mahalliy futbolchi bo‘lish bilan legioner bo‘lishning farqi haqida gapirib bersangiz?

– To‘g‘ri 16 yil legioner maqomida harakat qildim. Baribir, biz Rossiyaga, Yevropaga qarab o‘ynaymiz, shuning uchun u yerda juda boshqacha futbol. Faqat futbolmas, tashkiliy, moliyaviy taraflari ham bor, buni faqat futbol bilan aytib bo‘lmaydi.

– Oldingi intervyularingizdan birida "O‘zbek futbolini ko‘rgim keldi" degan ekansiz, bunga qachondir afsus qilaman deb o‘ylamaysizmi?

- To‘g‘risini aytsam o‘zbek futbolini ko‘rgim keldi, bundan afsusdamasman. Chunki hamma narsani vaqti bo‘ladi. AGMKga o‘tganimdan juda xursandman va u yerda faoliyatimdagi yangi sahifa ochishga harakat qilaman.

Jaloliddin Qobilonov va Malika Azamatovna suhbatlashdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:59, 07.01.2020. O'qildi: 5134 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик