Italiya chempionatining 19-turi doirasida «Inter» o‘z uyida «Atalanta»ni qabul qildi.
Bahsning 3-daqiqasida Lukaku tomonidan yo‘llangan zarba natijasida to‘p ustunga tekkan bo‘lsa, oradan 1 daqiqa o‘tib Romeluning uzatmasidan keyin Martines yakkamaya-yakka vaziyatga chiqib, darvozani ishg‘ol qildi.
Keyingi 70 daqiqa qiziqarli kurashlar ostida kechgan bo‘lsa-da, darvozalarga to‘p kiritilmadi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida mehmonlar hujumchisi Gosens xavf yo‘qdek ko‘ringan vaziyatda "Inter" darvozasini ishg‘ol qildi.
Bahsning so‘nggi 10 daqiqasi o‘ta qiziqarli kechdi. Dastlab "Atalanta" hujumchisining zarbasidan so‘ng to‘p to‘sindan qaytgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Brozovichning kuchli zarbasini Gallini qaytardi. Uchrashuvning 88-daqiqasida hakam "Inter" darvozasi tomon penalti belgiladi. Luis Muriel tomonidan yo‘llangan 11 metrli jarima zarbasini Samir Xandanovich qaytardi.
Shu tariqa, qizg‘in kechgan o‘yinda jamoalar 1 ochkodan qo‘lga kiritishdi.
"Yuventus" klubi bugun bo‘lib o‘tadigan "Roma"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonsa, birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlaydi.
Italiya A seriyasi, 19-tur
Inter – Atalanta 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 4 Martines, 1:1 – 75 Gosens.
Inter – Xandanovich, Bastoni, de Vrey, Godin, Biragi, Sensi (Valero, 71), Kandreva, Galyardini, Brozovich, Lukaku, Martines (Politano, 80).
Atalanta – Gollini, Xatebur, Gimshiti, Toloi, Gosens (Kastan, 90), Gomes, Pashalich (Muriel, 70), Ilichich, de Ron, Palomino, Sapata (Malinovskiy, 53).
Ogohlantirishlar: Xatebur (8), de Ron (24), Palomino (42), Sensi (65), Godin (83), Malinovskiy (89).