Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 31.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 3:2
      • Jenoa
      • 31.01.2026 19:00
      • Piza
      • 1:3
      • Sassuolo
      • 31.01.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Fiorentina
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
  • La-liga
      • 31.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:2
      • Alaves
      • 31.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Jirona
      • 31.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • 2:2
      • Vilyarreal
      • 31.01.2026 22:30
      • Levante
      • 0:0
      • Atletiko
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 31.01.2026 13:00
      • Tailand
      • 1:0
      • Vyetnam
      • 31.01.2026 13:00
      • Kuvayt
      • 7:2
      • Livan
      • 31.01.2026 17:00
      • Indoneziya
      • 1:1
      • Iroq
      • 31.01.2026 17:00
      • Qirg‘iziston
      • 3:2
      • Janubiy Koreya
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
  • APL
      • 31.01.2026 20:00
      • Lids
      • 0:4
      • Arsenal
      • 31.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • 0:2
      • Bornmut
      • 31.01.2026 20:00
      • Brayton
      • 1:1
      • Everton
      • 31.01.2026 22:30
      • Chelsi
      • 3:2
      • Vest Xem
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Jirona 22 25
12 Elche 22 24
13 Sevilya 21 24
14 Atletik Bilbao 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dragan Cheran «Nasaf»da qancha maosh olganini va boshqa ko‘plab sirlarni oshkor qildi (intervyu)

Baho:
+1 | -1
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Intervyular
A A A

Ortda qolgan yilda O‘zbekistonda eng yaxshi legionerga aylangan "Paxtakor" hujumchisi Dragan Cheran kuni kecha Belgrad shahrida «Mozzartsport.com» nashri uchun katta intervyu berib o‘tdi. Qiziqarli suhbatni e’tiboringizga havola etamiz.

 

Yaqinda Internetni titkilab o‘tirar ekanman, O‘zbekiston chempionatidagi imperator serb ekanligini bildim. Shuningdek, unga O‘zbekiston fuqoroligini taklif qilishganini ham ana shunda bilib oldik. U o‘tgan mavsum davomida jamoaviy va shaxsiy sovrinlarning barchasini qo‘lga kiritishni uddaladi. Biz u bilan Instagram tarmog‘i orqali bog‘landik. Dragan bizni hayron qoldirgancha, muloyimlik bilan taklifimizga rozi bo‘ldi va biz u Belgradga kelganidan so‘ng uchrashdik.

 

— Agarda menga kimdir kelajakda O‘zbekistonga yo‘l olasan va u yerda yilning eng yaxshi futbolchisiga aylanasan desa, ishonmagan bo‘lar edim. Barchaning o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Men o‘z baxtimni Osiyo qit’asida topdim. Balki bu taqdirdir? Yana kim biladi deysiz?! Menda hech qachon «Partizan» yoki «Star» safiga borib qo‘shilish orzusi bo‘lmagan. Serbiyaning kuchli jamoalarini zaxira o‘rindig‘ini boyitishga imkon bo‘lsada, buni istamaganman. Doimo xavfsiz variantni tanlash orqali qishloqdagi eng kuchli futbolchi bo‘lishni tanlaganman…

 

Qanday qilib O‘zbekistonga borib qoldingiz?

— O‘sha paytda men «Vardar» jamoasi futbolchisi edim. Biz YECHLning saralash bosqichiga tayyorgalik ko‘rayotgan edik. Asosan Qozog‘iston va O‘zbekistondagi klublari bilan ishlaydigan agent Sinisha Brankovich menga qo‘ng‘iroq qildi. Men bu insonni oldin sira uchratmaganman va menda hech qachon menenjer bo‘lmagan. Agent menga O‘zbekiston klubiga taklif qildi. O‘sha paytda O‘zbekiston futboli haqida Rivaldo, «Bunyodkor», Skolari va futbolga tikilayotgan pullar haqida bir necha yil avval eshitgan ma’lumotlarimdan boshqa qanday ma’lumotga ega emas edim.

 

 

U yerda qanday paydo bo‘lding?

— Baxtimga Brankovich taklif qilgan «Nasaf» jamoasida serbiyalik Deyan Bolyevich bor ekan. U men bilan bog‘landi va kelishimni va bu yerda menga hujumchiga talab bor ekanligini aytdi. Men spektikman. Futbol o‘ynayotgan davlatingni o‘zgartirishning va u yerda qolishning uchun har mavsumda kamida 10 yoki 20 ta gol kiritishni uddalash lozim. Hujumchi bo‘lganing uchun sening harakatlaringni gol bilan baholashadi. Bundan tashqari, begona yurtda o‘yinga ta’sir ko‘rsata olishing lozim. Bu ruhan katta bosim ostida qolib ketishga sabab bo‘ladi. Barchasini yengib o‘tishim uchun "Nasaf"dagi ilk yilimning 3 oyini sarfladim.

 

O‘zbekiston haqida Google orqali ma’lumot qidirdingmi?

— Men 10 kun davomida qaror qabul qila olmadim. Albatta, internetdan ma’lumotlar qidirdim, biroq jamoaning rasmiy saytidan boshqa hech qanday kerakli ma’lumotni izlab topish nasib etmadi. Shunday bo‘lsada, Bolyevichning so‘zlari ustunlik qildi va u meni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Qanday qilib u yerga o‘tding?

— Boshqa hayot, o‘zgacha madaniyat… men u yerda ko‘rgan barcha narsalar ko‘nikib qolganlarimnikidan tubdan farq qilar edi. «Nasaf» safiga borib qo‘shilishim bilan klub Bolyevichdan men sababli voz kechgani ma’lum bo‘ldi. Men unga qo‘ng‘iroq qildim va uning yordami evaziga uning o‘rnini egallay olmasligimni aytdim va birga Serbiyaga qaytishni taklif qildim. U esa, bu shunchaki futbol va taqdir ekanligini aytib meni qolishga yana bir bor ko‘ndirdi.

 

Birinchi kunlar qanday o‘tdi?

— Jamoada yana bir serb bor ekan. Ognen Krasich. Ayni damda u «Vozdovas» klubida to‘p surmoqda. U bilan birgalikda moslashish jarayonini o‘tkazdik. U avval Qozog‘istonda to‘p surgani uchun rus tilini o‘rgangan ekan, menga ham o‘rgatdi. O‘zim ham rus tilini Ozarboyjonda ancha-muncha o‘zlashtirgan edim. U yerda asosan o‘zbek va rus tillarida so‘zlashishadi. Ba’zilar ikki tilni qo‘shib ham muloqat qiladi. Poytaxt Toshkentda esa, ba’zilar ingliz tilida ham erkin so‘zlashadi.

 

Jamoa nomini "Nasaf" deding. shaharning nomi nima?

— Qarshi. Bu sahroda joylashgan shahar. Shu sababli, kelganimdan so‘ng bir necha kun o‘tib ketgim kelgan edi. Bizning zamonaviy bazamizdan chiqishingiz bilan barcha joy qum va tuproqdan iborat ekanligiga ko‘zing tushadi. Bu insonni depressiyaga tushirib qo‘yadigan sokin shahar. Uni o‘z ko‘zing bilan ko‘rishing kerak, men tasvirlab bera olmayman.

 

Demak kun bo‘yi klub lageridan chiqmagan ekansanda?

— Ha, buning ham o‘ziga yarasha ustunliklari mavjud edi. Mashg‘ulotlar, tiklanish va yana mashg‘ulotlar. Barchasi shu qadar yaxshi boshlandiki men ilk 11 ta uchrashuvda 13 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldim. Yarim mavsum davomida shu qadar yaxshi taasssurot qoldirdimki, menga 2 yillik shartnoma taklif qilishdi.

 

Sen oilali insonsan. Ayol kishi sen aytgan sharoitga qanday dosh berdi?

— To‘g‘risi, u juda qiynaldi. Begona yurt. O‘zgacha insonalar. Ko‘ngilochar birorta mashg‘ulot topish juda qiyin. Bizda oy davomida atigi bir nechta dam olish kunlari bo‘lar, uni ham rus millatiga mansub insonlar bilan o‘tkazar edik. Bu haqida ayolim bilan eslashni ham istamayman ham.

 

Mahalliy odatlar qanday? O‘zbeklar qanday insonlar?

— O‘zbeklar biror bir so‘z aytishdan ham oldin o‘ylab oladigan xalq. Ular dinga berilgan desam, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ular oilaviy bordi-keldiga katta urg‘u berishadi va insonlar bilan doimo muloqotda bo‘lishni xush ko‘rishadi. O‘zbekistonda ham bizdagi singari dinga biroz beparvolar mavjud, biroq mehmondo‘stligini ham alohida e’tirof etish lozim. O‘zbeklarda kichik futbolchilar doimo kattalarga yaxshi muomalada bo‘ladi va ular bilan muloyim muomala qilishga harakat qiladi. Agarda, ba’zi yosh futbolchilarda salbiy jihatlar ko‘zga tashlansa, murabbiylar uni darrov o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazib yuboradi. Bunday jazodan so‘ng, futbolchi o‘zini bosib olgachgina, ortga qaytariladi.

 

O‘zbekistonda qandaydir qiziqarli odatlar mavjudmi?

— O‘zbekiston butun dunyo uchun klassik o‘lka. Ularda bir qiziq odat bor ekan. Mavsum boshida stadionda qo‘y so‘yilar ekan. Agar mavsum kutilganidek, omadli chiqmasa, uning o‘rtalarida bu ish yana bir bor takrorlanadi. Bunday odat Turkiyada ham mavjud.

 

Sizning birinchi klubingiz qanday edi?

— «Nasaf» yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va zamonaviy klub edi. Uning homiysi haqidaku, gapirmasa ham bo‘ladi. Jamoaning yillik byudjeti 6 million yevroga teng. Bu jiddiy pullar. Shunday bo‘lsada, ko‘p narsa shahar hokimga ham bog‘liq. U sportga qiziqishi yoki qiziqmasligiga qarab klubga pul ajratadi. Jamoadagi bir yarim mavsumim ajoyib tarzda o‘tdi, so‘ng shahar meri o‘zgardi. Yangi hokim sportga pul sarflashni istamadi. Shu sababligina u yerdan ketdim. Bu jamoa Yevropa ligasining analogi bo‘lgan OFK kubogida zafar quchgan. O‘zbekistonning klublari kuchli bo‘lgani bois, bu yurt bu musobaqada boshqa ishtirok etmaydi. O‘zbek futbolchilarining kuchli ekanligi bois, ular bor e’tiborini OCHLga qaratishgan.

 

Futbolchi O‘zbekistonda necha pul maosh oladi?

— Bu o‘zingizga bog‘liq. Ular avvaliga sizni tarkibga kiritishadi va bir necha oy davomida kuzatishadi. Agar ular istagan o‘yinni namoyish etsangiz, oylik maoshingiz 15-20 ming yevroni tashkil etadi. Bu «Nasaf» singari klublardagi narx. Mahalliy futbolchilar ancha kam maosh olishadi. Shunga qaramay, o‘z maoshlaridan doimo xursand ekanligini yashirib o‘tirishmaydi.

 

«Paxtakor»ga qanday kelding?

— Biz OCHLda deyarli o‘lim guruhidan joy oldik. Xavisi bor «As-Sadd», «Persepolis» va Dubay shahri jamoasi bor edi. 10 ochko bilan ham 3-o‘rinda qolib ketdik.  Keyin klubda moliyaviy muammolar boshlandi. Ko‘p o‘tmay, menga ortiq pul to‘lay olmasliklari haqida ma’lum qilishdi. Chiroyli xayrlashdik. O‘sha paytda menda Tailand va «Paxtakor»dan taklif tushdi. Men O‘zbekistonda qolishni afzal ko‘rdim.

Manba: stadion.uz

Интервьюнинг давоми бор. Иккинчи қисмида Черан "Пахтакор"даги фаолияти, Эктор Купер уни Ўзбекистон терма жамоасига таклиф қилгани ва бошқа қизиқарли саволларга жавобларни ўқийсиз. 

Kiritildi: 18:37, 13.01.2020. O'qildi: 24129 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.