Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eldor Shomurodovning amakisi u haqda nimalar deydi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ilhom Shomurodov. Bu sobiq futbolchini nafaqat qashqadaryolik futbol ishqibozlari, balki mamlakatimiz futbol shinavandalari ham juda yaxshi bilishadi. Ilhom Shomurodovning viloyatimiz bosh jamoasi – “Nasaf”ning yutuqlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqli va e’tirofga loyiq. Ayniqsa, uning muhim uchrashuvlarda “ajdarlar”ning joniga aro kirishi ko‘pchilikning yodida iliq taasurotlar qoldirgan. Futbolchi jarohati bois, butsalarini mixga ilishga majbur bo‘ldi. «Nasafnews» muxbiri Renat Ernazarov futbolchi bilan suhbatlashdi.

Ilhom Shomurodov haqida qisqacha
Tug‘ilgan sanasi va manzili: 1984 yil 28 mart, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani
Futbol bilan 7 yoshidan shug‘ullana boshlagan.
Birinchi murabbiyi: Odil Hasanov, Termizdagi futbol-maktab internatida tahsil olgan
Ampluasi: hujumchi
O‘ynagan jamoalari: «Surxon» (Termiz) – 2001-2004 yillar; «To‘palang» (Sariosiyo) – 2005-2007 yillar; «Mash’al» (Muborak) – 2008 yil. 2012 yil yarim mavsum – “Bunyodkor” jamoasida, 2009 – 2016 yillar davomida  «Nasaf»da to‘p tepgan.
“Nasaf”dagi faoliyati davomida: O‘zbekiston milliy chempionatida bir marta kumush medali sohibi, 6 karra bronza medali sohibi, bir martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi. 2011 yili OFK kubogi sohibi. 2012, 2013, 2015, 2016 yillarda “Nasaf” tarkibida OCHL musobaqasi ishtirokchisi.
Oilali, 3 qiz farzandning otasi.
Muxlislik qiladigan klubi: «Manchester Yunayted»
Yoqtirgan futbolchilari: Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Ueyn Runi.

2015 yilgi Oliy liganing 23-turi doirasidagi «Nasaf» – «Navbahor» uchrashuvida mezbonlar yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Mazkur bahsda Ilhom Shomurodov dubl qayd etgan va “Nasaf”ning 1000-yubiley golini kiritgan.

Ilhom Shomurodov so‘nggi bor,  2016 yilgi chempionatning 13-tur doirasidagi safarda “Neftchi”ga qarshi bo‘lgan uchrashuvning 62-daqiqasida maydonga tushgan, ushbu o‘yin 2:2 hisobida yakunlangan.

So‘nggi golini esa 2016 yilgi chempionatning 3-turi doirasida Qarshida bo‘lgan “Obod”ga qarshi  uchrashuvda kiritgan, bu uchrashuvdagi yagona gol “Nasaf”ga g‘alaba keltirgan edi.

Xo‘sh, Shomurodov ayni paytda nima faoliyat bilan band. Biz shu haqda va boshqa savollar bilan, “Nasaf”ning sobiq hujumchisiga murojaat qildik.

— Hozirgi kunda o‘zimizning tumanimiz Jarqo‘rg‘onda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayapman. Afsuski, futboldan o‘zim xohlaganimdan ko‘ra erta xayrlashishimga to‘g‘ri keldi. Jarohatim jiddiy bo‘lmaganda, futbolchilik faoliyatimni yana davom ettirgan bo‘lardim. Nailoj, taqdir shunaqa ekan.

— Nasaf”ning taqdiri hozir ham sizga qiziqmi?
-Albatta, “Nasaf” yuragimning bir bo‘lagi bo‘lib qolgan. Futbolchi sifatida nimaga erishgan bo‘lsam, shu klubda erishdim. Shaxsan men “Nasaf”ning taqdiriga befarq bo‘la olmayman. Men uchun “Nasaf” haqidagi har qanday xabar qiziq. Yaxshi yangilik bo‘lsa, quvonaman. Yoki teskarisi.  Sobiq jamoamning har bir o‘yinini kuzatib borishga harakat qilaman.

— Ilk jamoangiz “Surxon”ning o‘yinlarini ham kuzatasizmi?
— “Surxon”ning hamma o‘yinlarini kuzata olmayman, ammo ayrim o‘yinlarini tomosha qilish uchun stadionga tushib turaman.

— Jiyaningiz Eldor Shomurodov sizdan keyin Shomurodovlar nomini yana tez-tez tilga olinishiga sabab bo‘layapti, endi uning dadasi – Azamat akangizning armonlari ushaldimi?
— Albatta, Eldor o‘zining harakatlari bilan oilamiz sha’nini va yurtimiz sha’nini baland ko‘taryapti. Bu holat biz uchun juda yoqimli. U haqda iliq gaplar eshitsak, hammamizning qalbimiz g‘ururga to‘ladi. Azamat akamning yoshligida futbolchi sifatida juda katta orzulari bo‘lgan. Afsuski, jarohati tufayli futbolni erta tashlashga majbur bo‘lgan. Hattoki, akamning jarohati tufayli meni futbolga borishimga onam qarshilik ham qilgan, “bitta oilaga, bitta futbolchi yetadi", deb. Lekin dadam meni qo‘llab-quvvatlaganlar. Mana endi Azamat akamning ko‘ngli to‘q, o‘zining orzulari ham o‘g‘li Eldor orqali ushalmoqda.

— Bizga ma’lumki, Eldor Muborakning “Mash’al” klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uni shu akademiyaga ilk marta yetaklab kelgan insonning kimligi, hamma uchun qiziqarli…
— Eldorni ilk marta “Mash’al” akademiyasiga olib kelgan mutaxassis, ayni paytda “Sho‘rtan” futbol klubida rahbarlik qilayotgan Viktor Georgiyevich Aleshnikov bo‘ladi. Viktor Georgiyevich o‘sha paytda seleksioner bo‘lgan va Eldordagi iqtidorni oldindan payqay olgan.

— Eldorga oila a’zolaringizdan kim ko‘proq nasihat qiladi?
— O‘zingiz ham bilasiz, bizning oilamizda hamma futbolning ishqibozi va futbolni yaxshi tushunishadi. Oila a’zolarimiz to‘planganda, suhbatning aksariyat qismi faqat futbol haqida bo‘ladi. Eldorni hammamiz bundanda katta yutuqlarga erishishini juda istaymiz. Shuning uchundir unga hamma o‘zining maslahati va nasihatini ayamaydi. Eldor ko‘pincha men bilan muloqot qiladi va tez-tez fikr almashib turamiz.

— Sizga ma’lum, Eldorga Yevropa klublaridan qiziqish juda katta, agar sir bo‘lmasa uning keyingi jamoasi qaysi bo‘lishi mumkin?
—  Eldorga Germaniyaning “Shtutgart” klubi asosiy davogarlardan biri bo‘lib turibdi, ammo “Rostov” transferga rozi bo‘lmadi. Ular yozda yana harakat qilishmoqchi. Bundan tashqari ham unga boshqa klublardan qiziqishlar bor.

— Biz bilamiz, Otabek akangizning ham o‘g‘li – Oybek Shomurodov, “Bunyodkor” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u haqda ham ma’lumot bersangiz.
— Ha, Otabek akamning o‘g‘li Oybek 2012 yildan buyon “Bunyodkor” futbol akademiyasida tahsil oladi. Oybek hozir 16 yoshda (2003 yil 20 noyabrda tug‘ilgan). U hozir “Bunyodkor”ning o‘rinbosarlari jamoasidan joy egallash uchun harakat qilayapti. Harakatlari yaxshi, umid qilamiz undan ham yaxshi futbolchi yetishib chiqadi.

— Farzandlaringizning biri o‘g‘il bo‘lganda, futbolchi bo‘lishini hohlarmidingiz?
— Albatta xohlardim, ammo majbur qilmasdim. Bizning oilada shunday, hech kimni futbolchi bo‘lishiga majburlashmaydi, balki o‘zida qiziqish va intilish bo‘lsa, qo‘llashadi. Ammo men hozir uch nafar qiz farzandimni tarbiya qilayapman. Allohga shukur, baxtiyorman. Qizlarimdan birontasi hali futbolchi bo‘lishini aytmadi (kuladi).

— Sobiq hujumchi sifatida fikringizni aytsangiz, yaxshi hujumchi bo‘lish uchun nima kerak?
— Bilasizmi, men ham bu haqda umumiy qilib aytishim mumkin. Yaxshi hujumchi bo‘lish uchun tinimsiz mehnat qilishi kerak, albatta talant ham bo‘lishi kerak. Yaxshi hujumchida ma’naviyat ham yaxshi bo‘lishi kerak. Eng muhimi, orzu qilishni va unga erishish uchun intilishni bilishi kerak.

— Olimpiya terma jamoamiz o‘yinlarini kuzatib borayapsizmi? OTJning bu chempionatdagi imkoniyatlari haqidagi fikringiz.
— Albatta kuzatib boryapman. Dastlabki o‘yinda hayajon bo‘ldi, ya’ni sovuqqonlik yetishmadi. Ikkinchi o‘yinda ular ancha o‘zlariga kelib olishdi va imkoniyatlari darajasida to‘p tepishdi. O‘ylaymanki, endigi o‘yinlari o‘tganlariga ko‘ra ham yaxshi chiqadi. Biz juda-juda xohlaymiz OTJning olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishini. Bunga ularning imkoniyatlari ham salohiyati ham yetarli deb, hisoblayman. Ularni barcha oila-a’zolarimiz bilan teleekran orqali qo‘llab-quvvatlab turamiz. Ishonamizki, ukalarimiz buni uddalashadi.

— Samimiy suhbat uchun katta rahmat.

Renat Ernazarov suhbatlashdi.

Manba: nnews.uz
Kiritildi: 19:53, 14.01.2020. O'qildi: 10580 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик