Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bobo Usmon Baturov: «Hammaning o‘z fikri bor. Ammo Shahram bilan jangda men yutdim»

Baho:
+ | -1
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynaladigan Osiyo va Okeaniya saralash bosqichida qatnashish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi.

Undan oldin esa, tarkibdagi raqobatni hisobga olgan holda, murabbiylar aksariyat vazn toifasi vakillari o‘rtasida sparring janglar o‘tkazishdi.

Shahram G‘iyosov VS Bobo Usmon Baturov

Xususan, 69 kg. vazn toifasidagi da’vogarni aniqlab olish uchun nomzodlar – Rio-2016 kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov va JCH-2019 bronza medali sohibi Bobo Usmon Baturov o‘rtasida uch raundlik jang o‘tkazildi.

Yopiq eshiklar ostida, faqat bokschi va murabbiylar ishtirokida o‘tgan jang yakunida qaysidir bokschining qo‘li baland ko‘tarilmagan bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi Bobo Usmonning Shahramni mag‘lub etgani va g‘olib sifatida Xitoyga u borishini o‘zlari uchun belgilab olishgan.

Shahram G‘iyosov: «Uch raundda ham men g‘alaba qozondim»

Ammo ko‘p o‘tmay, Shahram G‘iyosov sports.uz saytida bergan intervyusida aslida u g‘alaba qozonganini, ammo lisenzion turnirga Bobo Usmon Baturov yo‘l olayotganini ta’kidlagan.

«Jangda har uch raundda ham g‘alabaga erishdim. Buni (bosh murabbiy) Marat aka ham aytdi. Lekin rahbar chaqirib, yoshlarga yo‘l berishimiz kerakligini, professional boksga ancha moslashib ketganligimni aytdi. «Yaxshisi ushbu yo‘nalishda o‘zingni ko‘rsatib, bayrog‘imizni yuksaklarga ko‘targin, kelganing uchun rahmat, yoshlarga imkon beraylik, xafa bo‘lmaysan», – dedi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilishga doim tayyorman. Nasib qilsa, professional boksda ulkan zafarlar quchib, barchani xursand qilaman, degan umiddaman» – degan Shahram G‘iyosov.

Bobo Usmon Baturov: «Hammaning o‘z fikri bor. Ammo jangda men yutdim»

Shahram G‘iyosovning fikridan keyin Kun.uz ikkinchi tomonning ham fikrini bilish maqsadida Bobo Usmon Baturov bilan bog‘lanib, uning fikrlariga quloq tutdi.

«Hammaning o‘z fikri bor. Uning fikrlariga qiziqqanim yo‘q. Oldimda muhim musobaqa turibdi, bor xayolim turnirda. O‘sha jangimizda men yutdim. Istasangiz, buni o‘sha ring atrofida jangni tomosha qilgan milliy jamoa sportchilaridan, murabbiylaridan so‘rab bilishingiz mumkin» – deya javob berdi Bobo Usmon Baturov.

Murabbiy nima deydi?

Har ikki bokschilarimizning qarama-qarshi fikrlaridan keyin biz boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan suhbatlashib, shu va boshqa savollar bilan murojaat etdik.

– Eng nufuzli musobaqa Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi turnirga tayyorgarlik ishlarini xuddi Rio-2016 Olimpiadasiga qanday tayyorgarlik olib borgan bo‘lsak, deyarli shu reja asosida olib bordik. Murabbiylar shtabi va rahbariyatimiz bilan maslahatlashib, musobaqaga jiddiy tayyorgarlik bilan ikki hafta oldin Xitoyga yo‘l olyapmiz. Bundan eng asosiy maqsad – bokschilarimizning turnir o‘tadigan shahar muhitiga o‘rganib olishlari nazarda tutilgan. Qolaversa, mezbon shaharda yuqori tayyorgarlik ko‘rish uchun har bir vazndagi bokschilarimizga ikkitadan sparring raqib olib boryapmiz. Bu bokschilarimiz ham turnirda Olimpiada yo‘llanmasi uchun kurash olib boruvchi 7 nafar charmqo‘lqop ustalarimizga yordam berishadi.

Tarkib tayyor, faqat 75 kg.lik vaznda Bektemir Meliqo‘ziyev Xitoyda emas, Parijdagi jahon saralash bosqichida ishtirok etishi rejalashtirgan.

– Xitoydagi turnirda o‘zbekistonlik bokschilar uchun asosiy raqib sifatida qaysi mamlakat bokschilarini ko‘ryapsiz?

– Biz raqiblarni ham imkon qadar o‘rgandik. Fikrimcha, Qozog‘iston va Hindiston bokschilari bizga eng asosiy raqiblar bo‘lishadi. Yengil vaznlarda esa Xitoy va Mug‘uliston milliy jamoasi a’zolari ham ancha kuchli sanaladi. Ulardan ham har qanday xavf kutsa bo‘ladi.

– Tarkibda yo‘qotish yo‘qmi?

– Yo‘q, jangovar tarkib bilan boryapmiz. Mashg‘ulotlarda, janglarda o‘zini eng kuchli jihatlarini namoyon qilgan yigitlar borishmoqda.

– 69 kg. vazn toifasida Shahram G‘iyosov va Bobo Usmon Baturov o‘rtasida o‘tkazilgan sparring jangi yakunda munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu masala borasida qanday qarorga kelindi?

– Ha, o‘sha jangda Bobo Usmon g‘alaba qozondi. U endi Xitoyda Olimpiada yo‘llanmasi uchun ringda kurashadi.

– Shahram G‘iyosov kengaytirilgan tarkibda qoladimi?

– Yo‘q, Shahram Xitoyga bormayapti. Olimpiada yo‘llanmasi uchun 69 kg vaznda Bobo Usmon kurashadi. Shahram ko‘proq professional boksda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, bayrog‘imizni ko‘tarib, ko‘proq foydasi tegadi. Sababi G‘iyosov ham Isroil Madrimovga o‘xshab, profi boksda o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurdi.

Xulosa

Bokschilar va murabbiyning fikrini bilgach, Kun.uz jangni tomosha qilgan manbalari orqali aniqladiki, chindan ham Bobo Usmon Baturov o‘zaro jangda Shahramdan ustunlik qilgan va murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, haqli tarzda Xitoydagi turnirga olib borilgan.

Albatta, yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempioni, Olimpiada kumush medali sohibi Shahram G‘iyosovning o‘zbek boksidagi yutuqlari e’tirofga loyiq. U prof-ringdagi 9ta jangidan barchasida g‘alaba qozongani, 7tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etganidan kelib chiqib, professional boksda ham O‘zbekistonni dunyoga tanitishda davom etadi, deb ishonib qolamiz.

Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi va JCH bronza medali egasi Bobo Usmon Baturovga esa oldindagi mas’uliyatli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, Olimpiadaga yo‘llanma olishi va Tokiodan medal bilan qaytishini tilab qolamiz. Xulosa o‘rnida esa, o‘zbek boksida shunday raqobatning borligi ijobiy holat ekanini ta’kidlamoqchimiz.

Usmon Ibodov

Manba: kun.uz
Kiritildi: 22:41, 19.01.2020. O'qildi: 15670 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик