Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • 0:2
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • 3:1
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 0:1
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • 2:1
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Milan
      • 17.03.2026 00:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 0:0
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:1
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Tottenhem
      • 17.03.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Vulverhempton
  • La-liga
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 4:1
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • 2:1
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • 5:2
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Osasuna
      • 17.03.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Levante
  • O‘zbekiston superkubogi
      • 15.03.2026 19:15
      • Neftchi
      • 1:0
      • Paxtakor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Espanyol 28 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 27 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston hukumati futbol klublariga aloqador yangi qaror qabul qiladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash va ularga qo‘llanadigan soliq va bojxona imtiyozlaridan samarali foydalanish mexanizmi to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilinadi. Bu haqda tribuna.uz xabar tarqatdi.

Muhokama uchun joylashtirilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, futbol klublariga soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish amaldagi qonun hujjatlar talablari asosida tartibga solinadi.

Futbol klublarining maqomi

 Futbol klublari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Futbol klublari yuridik shaxs sifatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda o‘z ta’sis hujjatlariga asosan faoliyatini Respublikaning barcha hududlarida tashkil etish va yuritish huquqiga ega.

Futbol klublari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq zarur mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni ishga jalb qilishga va xodimlar mehnatiga xaq to‘lash shakllari, tizimi, miqdori va turini, shuningdek boshqa daromad turlarini ixtiyoriy belgilashga haqlidir.

Har qanday futbol klubi o‘z faoliyatini havaskor yoki professional darajada olib borishi mumkin.

Futbol klublari ta’sischilari (ishtirokchilari) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda o‘z ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

futbol klubining ishlarini boshqarishda hamda foydani taqsimlashda ishtirok etish, futbol klubi tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish va boshqa huquqlarga ega bo‘ladi;

futbol klubiga tegishli miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qo‘shish, futbol klubi faoliyatini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash, futbol klubi faoliyati to‘g‘risidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.

Har qanday futbol klubi professional futbol klubi maqomini olishi uchun O‘FAning ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “O‘FA va O‘zPFLning professional darajadagi musobaqalarida ishtirok etuvchi futbol klublarni lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo‘yicha reglament talablariga javob berishi shart. Xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun esa futbol klublari OFK lisenziyalash talablarini bajarishi shart.

Mazkur talablarga javob bermaydigan hamda O‘FA va O‘zPFLdagi professional musobaqalarda qatnashmaydigan futbol klubi havaskor futbol klubi hisoblanadi va imtiyozlar ularga nisbatan qo‘llanilmaydi.

O‘FA va O‘zPFL tasarrufida o‘tkaziladigan professional musobaqalarda ishtirok etuvchi professional futbol klublarini aniqlab olish maqsadida har yili 1 may kunidan 30 sentyabr kunigacha (30 sentyabr ham kiradi) reglamentga muvofiq tegishli hujjatlarni O‘zPFLning futbol klublarini lisenziyalash bo‘limi orqali O‘FAning Lisenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash qo‘mitasiga topshiradi.

Qo‘mita taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, professional futbol klubi maqomini berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Qo‘mita tomonidan futbol klublariga professional futbol klubi maqomini berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin qo‘mita raisi professional futbol klubi maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnomani imzolaydi. Muvofiq shakldagi bir yil muddatga amal qiladigan professional futbol klubi maqomini berish to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.

Qo‘mita tomonidan futbol klublari maqomini belgilash to‘g‘risidagi qarorlar va kelgusi yil professional futbol klublari ro‘yxati O‘FAning rasmiy veb-saytida har yili 30 noyabrgacha e’lon qilinadi.

Futbol klublariga nisbatan quyidagi hollarda ularning professional futbol klubi maqomidan mahrum qilinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi mumkin:

imtiyozlardan maqsadsiz foydalanganda – sudning qaroriga binoan;

futbol klubi tugatilganda;

qo‘yilgan investisiyalar (pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar legallashtirilishi bilan bog‘liq jinoyat sodir etilishi natijasida olinganligi holati vakolatli organlar tomonidan aniqlanishi va tasdiqlanishi – sudning qaroriga binoan;

guvohnoma olish uchun shart etib qo‘yilgan talablardan biriga amal qilinmasa yoki amal qilinishi to‘xtatilsa – qo‘mita qaroriga binoan;

guvohnoma egasi reglamentda ko‘rsatilgan majburiyatlardan birini bajarishdan bosh tortsa – qo‘mita qaroriga binoan.

Professional futbol klubi maqomidan mahrum etish berilgan huquqlar bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

Futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash jarayoni

Futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish qo‘mita tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda professional futbol klubi maqomini olish istagini bildirgan futbol klubiga quyidagi lisenziyalash talablariga javob beradigan mezonlar qo‘yiladi:

futbol klubining amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tganligi;

eng kamida uch yil davomida O‘FA yoki O‘zPFLdagi futbol musobaqalarida ishtirok etganligi;

o‘quv-mashg‘ulot bazasi va stadionining mavjudligi (egalik qilish yoki shartnoma asosida);

tegishli hujjatlarga ega mutaxassislarning faoliyat yuritayotganligi.

Ikkinchi bosqichda quyidagi mezonlar asosida futbol klublaridan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

sport mezonlari;

futbol klublari infratuzilmasi;

xodimlarga faoliyatiga qo‘yiladigan ma’muriy mezonlar;

huquqiy mezonlar;

moliyaviy mezonlar.

Futbol klublari quyidagi hujjatlarni qo‘mitaga taqdim qiladi:

o‘quv-mashg‘ulot bazasi va stadionining egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat yoki tegishli shartnoma nusxasi;

shtat jadvali nusxasi;

klubda faoliyat yuritayotgan futbol trenerlarining trenerlik lisenziyalari nusxasi;

ustav va guvohnoma nusxasi.

Qo‘mita birinchi bosqichda qo‘yilgan talablarga javob bergan futbol klublaridan reglamentda ko‘rsatilgan hujjatlarni ikkinchi bosqichda belgilangan muddatlarda qabul qiladi.

Qo‘mita ko‘rsatilgan muddatda professional futbol klubi maqomini berish yoki rad etish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.

 Futbol klublarining huquqiy maqomini belgilash yuzasidan berilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish

Qo‘mita tomonidan chiqarilgan qaror yuzasidan futbol klublari qaror e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida O‘FA apellyasiya komissiyasiga ariza berishi mumkin.

Apellyasiya komissiyasi besh kishidan iborat tarkibda O‘FA ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tashkil etiladi.

Apellyasiya komissiyasining ish tartibi apellyasiya komissiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘FA ijroiya qo‘mitasi qarorida belgilanadi.

Ariza ro‘yxatga olingan kundan boshlab 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

Ariza bergan futbol klubi apellyasiya komissiyasi tomonidan arizasi ko‘rib chiqilishi jarayonida ishtirok etishi mumkin.

Apellyasiya komissiyasi qo‘mita qarorini o‘zgartirishsiz qoldirishi yoki uni bekor qilib, unga tegishli o‘zgartirish kiritish haqida qaror chiqaradi.

Apellyasiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi futbol klubiga va qo‘mitaga apellyasiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida taqdim etiladi.

O‘FA Apellyasiya qo‘mitasining arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilinishi mumkin.

 Imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash

 Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarni muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga o‘tkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.

Imtiyoz qo‘llash uchun ko‘rsatilgan professional futbol klublari hisobot davri yakunlari bo‘yicha yillik soliq hisoboti bilan birga davlat soliq xizmati organlariga shaklga muvofiq imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisob-kitobni taqdim etadi.

Soliq va bojxona imtiyozlarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati va Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:35, 22.01.2020. O'qildi: 10068 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Барселона Rafinya 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.