Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shavkat Mirziyoyev Murodjon Ahmadaliyevni “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini bilan taqdirladi va bokschimizga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

M.Axmadaliyevga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvonini berish to‘g‘risida

Prezident Farmoni

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, jahon miqyosida o‘zbek sporti shon-shuhratini yanada oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada yuksak azmu shijoat va mahoratini namoyon etib, yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba WBA va IBF yo‘nalishlarida g‘alaba qozonib, rekord natijani qo‘lga kiritgani hamda yoshlarimizga ibrat namunasini ko‘rsatib, ular ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi katta xizmatlari uchun boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Axmadaliyev Murodjon Qahor o‘g‘liga «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni berilsin.

Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz bokschimizga samimiy tabrik ham yo‘lladi:

Qadrli farzandim Murodjon,

Avvalo, Seni, barcha ustoz va murabbiylaringni, butun xalqimizni boks bo‘yicha erishgan tarixiy g‘alabang bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

AQSHning Mayami shahrida ikki yo‘nalishdagi professional boks bo‘yicha amaldagi jahon chempioniga qarshi o‘tkazgan g‘oyat shiddatli va qiziqarli jangingni o‘zbekistonliklar katta hayajon va qiziqish bilan kuzatdi.

Millionlab tengdoshlaringga ibrat namunasini ko‘rsatib, yuksak mardlik va matonat bilan professional boksning ikkita eng nufuzli (WBA Super va IBF) yo‘nalishlarida shunday buyuk g‘alabani qo‘lga kiritganing, jahon boksidagi uzoq yillik rekordni yangilaganing har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.

El-yurtimizning ishonchini oqlab, mustaqil O‘zbekiston sporti tarixida mutlaqo yangi va yorqin sahifa ochgan ushbu olamshumul zafar sohibi bo‘lgan Sen kabi jasur va vatanparvar o‘g‘lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va chin yurakdan olqishlaymiz.

Murodjon o‘g‘lim, Sen ringda o‘zbek yigitlarining jismoniy, ruhiy va ma’naviy jihatdan barkamolligini, hech qachon kuragi yerga tegmagan buyuk ajdodlarning munosib vorisi ekanligini, O‘zbekiston tom ma’noda boks mamlakatiga aylanib borayotganini yana bir bor isbotlading.

Fursatdan foydalanib, jonajon Vatanimizning bayrog‘i va shon-shuhratini xalqaro maydonlarda yanada yuksaltirish yo‘lidagi sharafli faoliyatingda ulkan omadlar, oilaviy baxt-saodat va yangi yutuqlar tilab qolaman.

Hurmat bilan,

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:06, 01.02.2020. O'qildi: 10025 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик