To‘rtinchi o‘rinni egallab turgan "MonpelYE" ustidan 5:0 hisobidagi g‘alaba va peshqadamlik. Bunday natijani buzish mumkinmi? Juda qiyin, ammo PSJ amalga oshirdi: Mbappe zaxiraga olingani uchun e’tiroz bildirdi va Neymar hakamga po‘pisa qilgani uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin.
Uchrashuvdan so‘ng Neymar tribuna ortidagi hakamga baqirdi.
Neymar – Verattiga: "Men futbol o‘ynayman va ular menga sariq kartochka ko‘rsatishadi. Ayt ularga, menga sariq kartani ko‘rsatolmaydilar!"
Zaxira hakami: "Tinchlaning!"
Neymar: «Tinchlanaymi? Hech qachon!"
38-daqiqada Neymar sariq kartochka oldi. Ammo u buni adolatsizlik deb hisobladi, chunki bundan oldin "MonpelYE" futbolchilari unga bir necha marta qo‘pollik qilishgandi.
Bunga javoban u nafratini oshkor qildi va raqibining ustidan kuldi.
Bosh hakam Jerom Brisar Neymar raqiblariga bo‘lgan g‘azabini namoyishkorona ko‘rsatayotganini sezib, vaziyatga aralashishga qaror qildi. U “PSJ” yulduzidan tinchlanishni va vaziyatni qizitmaslikni so‘radi. Neymar g‘azablandi va hakam bilan tortishgani uchun sariq oldi (protokolda qayd etilganidek, tortishgani uchun).
Ushbu bahsda Neymar maydonda qolgan barcha futbolchilarga qaraganda ko‘proq aniq zarbalarni amalga oshirdi: 10 qarshi 9. To‘g‘ri, 8 ta o‘yinda birinchi marta u gol ura olmadi (bungacha 7 ta o‘yinda 9 ta gol).
Endi hakam bilan bahslashgani, qo‘pol suhbati uchun Neymar bir nechta o‘yinlarga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.