Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Davron Fayziyev maqolasi: Reyganning muxlisi

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Do‘stlar, kanalimning aziz o‘quvchilari. Ikki yil avval yozgan bir maqolamni bugun yana e’tiboringizga havola etmoqchiman. Nega aynan bugunligini o‘qib chiqsangiz tushunib olasiz. Marhamat.


REYGANNING MUXLISI

«Sovet Ittifoqiga urush e’lon qildim, yadroviy hujum 5 daqiqadan so‘ng boshlanadi». Ronald Reygan

Turli saytlar AQSH prezidentlari orasida eng yuqori reytingga ega yetakchi sifatida Ronald Reyganni e’tirof etadi. Sabablarini izlasangiz, ko‘plab qiziqarli faktlarga duch kelasiz. Siyosiy faoliyatini oladigan bo‘lsak, 40-prezident davrida AQSHning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida katta o‘sish qayd etilgan.

O‘sha davrda AQSHning siyosiy maydondagi asosiy raqobatchisi Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarni esa ikki qismga ajratish mumkin. 80-yillarning birinchi yarmida Reygan Sovet Ittifoqini «yovuzlik imperiyasi» deya atab, harbiy soha hamda qurollanish xarajatlarini deyarli 30 foizga oshiradi va hali ixtiro qilinmagan «Yulduzlar jangi» innovasion mudofaa tizimi bilan og‘zaki tahdid qiladi.

Ikkinchi muddatda esa munosabatlardagi muz shiddat bilan eriy boshladi. Bu davrda Gorbachyov bilan do‘stona uchrashuvlar, sovuq urushning tugatilishi va qurollanish poygasiga chek qo‘yiladi, ishsizlik darajasi esa minimal 10 foizga tushishi bilan tarixda qoladi.

Bu ishlar Reygan reytingini Sobiq Ittifoqda ham oshirib yuborgan.

Rossiya kinematografiyasining buyuk aktyorlaridan biri Saveliy Kramarov hikoyasini eshitgansiz, albatta. Migrasiya orzusining so‘nggi chorasi sifatida u Reyganga atalgan «Artistdan artistga» murojaat xatini AQSH elchixonasining devoridan ichkariga uloqtirgan. Shu yo‘l orqali Kramarov uchun o‘z yurtidan ketish va yangi vatani — Amerikaga kirish eshiklari ochildi.

Shuningdek, Ronald Reygan «Amerika orzusi» iborasining amaldagi yaqqol misoli edi. U o‘rtahol ishchi oilaning farzandi. Keyinroq Gollivud aktyori bo‘la turib, jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga yetakchi etib saylanishdek fantastik yo‘lni bosib o‘tdi. Gollivuddan siyosatgacha bo‘lgan yo‘lda aktyorlar kasaba uyushmasi ko‘prik vazifasini bajarib bergan bo‘lsa, Reyganning o‘tkir aql-idroki, noyob oratorlik mahorati va xarizmasi og‘ir yo‘lda qanot bo‘lib xizmat qildi.

Darvoqe, Amerikaning 40-prezidenti kollejni bitirgach, birinchi ish joyi radiostansiya bo‘lgan. U yerda Reygan (shu joyiga diqqat qiling) sport sharhlovchisi bo‘lib ishlagan va o‘sha davrlarni hayotining eng baxtli onlari sifatida eslagan.

Balki aynan radiodagi efirlari yosh Ronaldda ommani o‘ziga qarata olish xususiyatlarini shakllantirgandir...

Prezidentlik davrida Reyganning chiqishlarini ekran qarshisida butun Amerika ahli qizikish bilan kutardi va tomosha qilardi. Ayniqsa, hazillari mashhur edi.

— Kollejda prezidentlik vakolatlari juda kerak edi. Federal byuroga baholarimni maxfiylashtirishni buyurgan bo‘lardim.

— Favqulodda holatlar yuz bersa, meni istagan vaqtda bezovta qilishingiz va uyg‘otishingiz mumkin, hukumat yig‘ilishida bo‘lganimda ham.

Hatto shunday voqea ham bo‘lgandi. Radioda intervyu berish oldidan boshlovchining mikrofonni tekshirib ko‘rish uchun bir og‘iz gapirib ko‘rish iltimosiga javoban Reygan: «Sovet Ittifoqiga urush e’lon qildim, yadroviy hujum 5 daqiqadan so‘ng boshlanadi», — deb hazillashadi. Bu gap efirga ketdi, tabiiyki, uni okean ortida ham eshitishgan. O‘sha hazil chinakkam urushni keltirib chiqarishiga oz qolgandi.

Aslida Reyganning o‘zi uchun prezidentlik davri oson kechmagan. Saylovlardan ko‘p o‘tmay, unga suiqasd uyushtirildi. Aktrisa Jodi Fosterning e’tiborini qozonish maqsadida ruhan nosog‘lom Djon Xinkli prezidentga o‘q uzadi. Baxtli tasodif tufayli Reygan ko‘kragiga tekkan o‘qdan halok bo‘lmadi. Bu voqea uning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatsa-da, ikkinchi muddatga ham nomzodini qo‘yib, saylanib, ishini davom ettirdi. Oq uyni Reygan g‘olib prezident sifatida tark etgan. Hayotining qolgan qismini esa orttirgan hastaliklari bilan kurashishga bag‘ishlagan.

Ronald Reyganning boshqa mintaqalardagi mashhurligiga bir misol. Portugaliyalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Joze Dinish Reyganning chiqishlarini muntazam kuzatib borgan holda, uning muxlisiga aylanadi. U Reyganning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan nashrlar, maqolalar va barcha mavjud ma’lumotlarni yig‘ib bordi.

Hattoki, tug‘ilishi kutilayotgan to‘rtinchi farzandining ismini unga atamoqchi bo‘ldi. Rafiqasi esa boshqa ism tanlab qo‘yganini aytadi. Joze Dinish aytganidan qolmadi. Natijada rafiqasi hamda o‘zi tanlagan ism variantlarini birlashtirdi. 1985 yilning 5 fevral kuni tug‘ilgan ushbu chaqaloqqa berilgan ism - Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru.

Davron Fayziyev

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev

P.S. Бугун замонамизнинг икки буюк футболчиларидан бирининг туғилган куни. Мақолани чоп этишдан мақсад эса уни табриклаш эди!

Kiritildi: 15:21, 05.02.2020. O'qildi: 5323 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик