Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«U gol urish uchun yashaydi». Dunyo futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, «Yuventus» hamda Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu, bugun, 5 fevral kuni, o‘zining 35 yoshini qarshi oldi.

Biz esa Ronaldu haqida bildirilgan eng sara fikrlarni bir sahifaga joyladik.

— Men ishlagan futbolchilar orasida, shubhasiz, eng iste’dodlisi Krishtianu Ronaldudir. U «Yunayted»ning barcha buyuk o‘yinchilarini ortda qoldirib ketdi. U bilan klubning faqat ikki tarbiyalanuvchisini qiyoslash mumkin — Pol Skoulz va Rayan Giggz. Chunki ular ham ikki o‘n yillikda yuqori darajada to‘p sura olgan.
Aleks Fergyuson, «Manchester Yunayted» sobiq ustozi

— «Sporting»ni boshqargan vaqtimda, Ronalduga doim maydonda bo‘lishini aytardim. Biroq shu bilan birga ba’zi bir fintlarini tashlash kerakligini ham ta’kidlardim. Shuningdek, o‘z o‘yinini qaysi jihatlarini kuchaytirish kerakligini ham. Ertasi kuni mashg‘ulotlarga keldim. Va bu borada birinchi bo‘ldim deb o‘yladim. Qarasam, Ronaldu ikki jamoadagi do‘stlari bilan mashg‘ulot olib borayotgan ekan.
Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi

— Ronalduning hozirgi darajasi tabiat bergan iqtidor emas, balki og‘ir mashaqqatli mehnatlar mahsulidir.
Zlatan Ibragimovich, «Milan» hujumchisi

— Kim Ronaldu haqida nima demasin, u buyuk, shunchaki buyuk futbolchi! Ronaldudan ko‘ra, balandroq sakray olgan futbolchini ko‘rgan emasman. Fenomenal sportchi.
Gari Lineker, Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi

Ronaldu — futbol boyligi. Kimga futbol yoqsa, unga Ronalduning o‘yini ham yoqadi.
Diyego Maradona, futbol afsonasi

— Messi Ronaldu borligi uchun, Ronaldu esa Messi borligi uchun eng yaxshi bo‘lishga erishdi.
Karlo Anchelotti, «Everton» bosh murabbiyi

— Kiyinish xonasida oyna haqida gap ochilmasdan oldin u bilan birga bo‘lish yoqimli va ajoyib edi. Ronalduga qadar «Manchester Yunayted»da oyna oldi Devid Bekhemga tegishli. Beksdan keyin uning o‘rni Ronalduga tegdi. Krish oyna oldiga kelgan vaqti boshqalar uning oldiga kelish haqida o‘ylamasdi ham. Juda ham ko‘p kutishga to‘g‘ri kelardi.
Rayan Giggz, Uels terma jamoasi ustozi

— Ronaldu gollar urish uchun yashaydi.
Marselo, «Real» himoyachisi

— Ronaldu — qoyilmaqom inson. Maydondan tashqari u hammaga yordam berishga harakat qiladi, ayniqsa bolalarga. Uning shaxsiyatida hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan xususiyatlar bor. Odamlar aslida haqiqiy Ronaldu kim ekanligini deyarli bilmaydi. U har kuni rivojlanish uchun tinmay mehnat qiladi. Shu bilan birga u juda ham saxiy inson.
Raul Albiol, «Vilyarreal» himoyachisi

— Agar Ronalduda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, u bemalol 41 yoshgacha o‘ynashi mumkin. Ronalduning boshqa futbolchilardan ajralib turadi deb aytishni xohlamasdim, biroq unda o‘ziga xos xususiyatlar bor. U hech qachon tezligi past o‘yinchi bo‘lmaydi. Aslida yillar o‘tib futbolchilarda tezlik yo‘qoladi. U esa shunchaki raqib darvozasiga yaqinroq hududda o‘ynashni boshlaydi.
Joau Arozu, Portugaliya terma jamoasining jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha murabbiyi

— Uning amalga oshirayotgan ishlari aql bovar qilmas darajada hayratlanarli. Uning Chempionlar Ligasidagi rekordlarini aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi.
Rio Ferdinand, «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi

— Men mashg‘ulot o‘tkazardim, chunki shunga majbur edim. U esa mashg‘ulot o‘tkazadi, chunki bu unga yoqadi.
Ronaldo, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi

— Ronaldu Useyn Bolt hamda Rojer Federerga o‘xshaydi. U o‘zga sayyoradan.
Jorjio Kyellini, «Yuventus» himoyachisi

— Krishtianu qoyilmaqom futbolchi. U «Real» uchun sanoqsiz gollar urdi. Endi bu ishni Italiyada ham davom ettirmoqda.
Garet Beyl, «Real» vingeri

— Ronaldu futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar beshligiga kiradi. Uning iqtidoriga hech qanday shubha yo‘q.
Romario, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi

— Albatta, Ronaldu hozir menga yetishmayapti. U Madridni yanada kuchli qilgan edi. Avval ham «Real» uning ketishini his qilishini aytgandim. Uning ketishini his qilmaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. Kimningdir jahli chiqishi mumkin. Ammo haqiqat shunday. U mavsum davomida 50 talab gol urardi. Bu esa hal qiluvchi rolni o‘ynashi tabiiy edi. Butun La Ligaga Ronaldu yetishmayapti. Boisi, ajoyib o‘yinchilar doim qiziqarli raqobatni vujudga keltiradi.
Lionel Messi, «Barselona» hujumchisi

— Ronalduni «Real» tarixidagi eng yaxshi futbolchi desak hech qanday bo‘rttirish yoki mubolag‘a bo‘lmaydi. «Real»ning hech bir o‘yinchisi klubda hech qachon Ronaldu erishgan natijalarga erisha olmaydi. Krishtianu o‘zga sayyoradan. U bor, demak, gol ham bor. Noyob futbolchi.
Zayniddin Zidan, «Real» bosh murabbiyi

Asror Abdunazarov tayyorladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:31, 05.02.2020. O'qildi: 11328 marta. Fikrlar: 18 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик