Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruslan Bolov: «Navbahor»da ko‘p gol urish niyatidaman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

Rossiyalik mahoratli hujumchi Ruslan Bolov kuni kecha Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, u bilan suhbat uyushtirib, Ruslanga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.  

— Ruslan, avvalo, “Navbahor”ga xush kelibsiz! Sizni jamoaga kim taklif etdi?
— Agentim O‘zbekistonning “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis va ushbu klub rahbariyati menga qiziqish bildirayotganligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng, taklifni o‘rganib chiqib, Namanganga kelishga ahd qildim hamda shu  tariqa, yurtingizga kelib, 5-6 fevral kunlari Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Keyin esa “Navbahor” qarorgohiga kelib, jamoa bilan shartnoma imzoladim.

— Yurtimizga kelgunga qadar, O‘zbekiston futboli va “Navbahor” borasida ma’lumotga egamidingiz?
— Albatta, oz bo‘lsa-da, o‘zbek futbolidan xabardor edim. Jumladan, men tug‘ilib — o‘sgan Nalchik shahrining “Spartak-Nalchik” klubida bir paytlari o‘zbekistonlik hujumchi Marat Bikmayev o‘ynagan hamda uning o‘yinlari mahalliy muxlislar, ular qatori menda ham juda yaxshi taassurot qoldirgan.

Shuningdek, Rossiya Premyer-ligasi vakili “Rostov” klubida o‘ynayotgan Eldor Shomurodovni ham yaxshi bilaman. U Rossiya chempionati to‘purarlaridan biri hamda mahoratli hujumchi.

Rossiya yoshlar terma jamoasida o‘ynayotganimda, O‘zbekiston yoshlar termasiga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazganmiz. Ularning birida 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsak, ikkinchisida 2:2 hisobidagi durangga erishgandik. Umuman olganda, o‘sha jamoa menda yaxshi taassurot qoldirgandi. Boisi, O‘zbekiston yoshlar termasining hujum chizig‘ida mahoratli hujumchilar o‘ynashgandi.

Klublardan esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasi haqida eshitganman. Ushbu klubning sobiq ittifoq davrida ham mashhur bo‘lganligidan xabarim bor.

“Navbahor” to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsam, mazkur jamoada o‘tgan mavsumda Voronejning “Fakel” klubida birga to‘p surgan sobiq jamoadoshlarim va do‘stlarim – Aleksandr Kasyan hamda Ivan Solovyov o‘ynashdi. Voronejda Ivan bilan  bir xonada turardik va shu bois, u bilan munosabatim a’lo darajada.

Shuning uchun o‘tgan mavsumning boshlarida “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar ma’lumotini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordim. O‘shanda namanganliklar turnir jadvalining 3-pog‘onasida borishayotgandi. Ammo keyinchalik O‘zbekiston Superligasini kuzatolmadim. Bilishimcha, jamoa o‘tgan mavsum yakunida 9-o‘rinni egallagan.

“Navbahor”dan taklif bo‘lganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar orqali ushbu jamoa haqida to‘liqroq ma’lumot olishga intildim hamda jamoaning o‘z tarixiga egaligi, bir marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritganligi, ko‘p marotaba sovrindorlar safidan joy olganligi, shuningdek, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lganligi, “Paxtakor” bilan birgalikda O‘zbekiston Superligasining muntazam ishtirokchisi ekanligini bilib oldim.

— Balki, sizni Andrey Kanchelskis hamda klub rahbariyatiga do‘stingiz Ivan Solovyov tavsiya etgandir?
— (kulib). Bilmadim, buni Ivanning o‘zidan so‘rash kerak. Tavsiya etgan bo‘lsa, yana yaxshi. Chunki Solovyov bilan maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Yangi  mavsumda yana u bilan birga to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘lyapman. Umid qilamanki, bo‘lajak mavsumda bu “Navbahor”ning o‘yinlarida asqotadi. Ivanning ham bu yil o‘tgan mavsumdagidan ham yaxshiroq o‘yin namoyish etishini tilab qolaman.

O‘z navbatida shuni ham ta’kidlamoqchimanki, yangi mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilmoqda. Albatta, jamoada maqsadning bo‘lgani yaxshi. Bu futbolchilarga qo‘shimcha ishtiyoq va kuch-quvvat beradi. Aynan shuning uchun “Navbahor” safidan o‘rin oldim.

Bundan tashqari, Namanganga kelishim hamda qaror qabul qilishimda “Navbahor” muxlislarining o‘ta fidoiy, sadoqatli va talabchan ekanliklari ham muhim ahamiyat kasb etdi.

— Ayrim hujumchilar har mavsum arafasida o‘z oldilariga bu yil shuncha gol uraman, degan maqsad qo‘yishadi. Sizda ham shunday an’ana bormi?
—  To‘g‘ri, har bir hujumchi har bir mavsumda ko‘p to‘p kiritishni xohlaydi. Ammo baribir yakunda Allohning xohlagani bo‘ladi. Umid qilamanki, bo‘lajak mavsumda “Navbahor”da futbolchilik faoliyatim davomidagi eng ko‘p golni uraman. Buni amalga oshirish uchun maydonda barcha imkoniyatimni ishga solaman.

—  Muxlislarga tilaklaringiz...
— Ishqibozlarni yangi mavsumda nafaqat chiroyli o‘yinimiz, balki ijobiy natijalar bilan ham xursand etish niyatidamiz. Axir, futbolda asosiysi, natija.

Bu yilgi mavsum yakunida oldimizga qo‘yilgan vazifani bajargan holda, muxlislar oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lsin, ilohim. Ushbu ezgu niyatni amalga oshirish maqsadida Namanganga keldim.

Muxlislardan esa yangi mavsumda jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini tilayman. Biz – futbolchilar esa ularning ishonchlarini oqlash uchun intilamiz.

Futbolchi maydonga o‘z oilasini yaxshi ta’minlash va muxlislarga quvonch ulashish maqsadida tushadi. Yangi mavsumda shu niyatni amalga oshirish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz.

Ma’lumot uchun
Ruslan Bolov – 1994 yil, 7 mayda Rossiyaning Qabardin – Bolqor Respublikasi poytaxti Nalchik shahrida tug‘ilgan.
Ampluasi: hujumchi.
Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak — Nalchik” (Nalchik), “Krasnodar-2” (Krasnodar), “Volgar” (Astraxan), “Fakel” (Voronej), “Avangard — Kursk” (Kursk) va “Ximki” (Moskva viloyati) jamoalarida o‘ynagan.
O‘tgan mavsumni esa Belarusning “Gomel” (Gomel) klubida o‘tkazgan.
2020 yildan “Navbahor”da.
Oilali, bir o‘g‘ilning otasi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:40, 09.02.2020. O'qildi: 2547 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик