Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Ekvador 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kepani yozda almashtirishi mumkin bo‘lgan darvozabonlar ro‘yxati

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Londonning “Chelsi” klubi darvozasini qo‘riqlayotgan dunyoning eng qimmat darvozaboni Kepa Arrisabalaga ishonchni to‘liq oqlay olmayapti. Bugungi kunda qahramonimiz seyvlar borasida APLda eng yomon ko‘rsatgichni "hech kimga bermay kelmoqda". Shu sababli klub katta ehtimol bilan yozda yangi darvozabon xarid qilishi mumkin. Xo‘sh ro‘yxatda kimlar bor? Bugun shu savolga qisqacha javob berib o‘tamiz.

Dini Hendeson

Angliya yoshlar jamoasi bilan JCHda g‘olib chiqqan darvozabon “Sheffild”ning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib bo‘ldi. Ayni damda, qahramonimiz APLda eng ko‘p seyv amalga oshirgan va eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabon hisoblanadi. Hendersonning  huquqlari “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lsada, “qizil iblislar” darvozabonni har mavsum ijaraga berib yuborishdan charchamapati. David De Xeaning ishonchli o‘yinlari bunga yo‘l qo‘ymayotgani aniq. Shu sababli, “Manchester Yunayted” kelasi yozda o‘z futbolchisini yaxshigina summa evaziga sotib yuborishga qarshi emas. 22 yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z kuchiga ishongan va Angliya futbolida suyagi qotgan darvozabon “aristokratlar” uchun foydadan holi bo‘lmaydi.

Janluiji Donarumma

Endigina 21 yoshga kirgan bo‘lsada, “Milan” uchun 187 ta o‘yinda maydonga tushgan darvozabon o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarning uchdan bir qismida darvoza dahlsizligini salqab qolishga muvaffaq bo‘lgani tahsinga sazovor.  Aslida “Chelsi” Jijini 2018-yilning yozidayoq qo‘lga kiritmoqchi edi, biroq yosh futbolchi Milan shaxrida qolishni avzal ko‘rgan edi.

Dunyoning eng kuchli 5 ta darvozabonlaridan biri sifatida qayd etilga kipperning “Milan” bilan aloqalari so‘nggi oylarda keskin yomonlashganidan xabaringiz bor. Futbolchining agenti Mino Rayola “Milan”dan o‘z mijoziga yiliga 7 million yevro maosh ko‘rsatilgan shartnomani talab qilmoqda. Muoliyaviy feyr-pleyga ko‘ra, “rossoneri”lar bunday summani to‘lashga qodir emas. Boz ustiga “Milan”ning darvozabon bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Rayolaning mijozlari ko‘pincha shartnoma imzolashdan bosh tortishlarini inobatga olsak, “Milan” o‘z darvozabonini sotish orqali yozda yaxshigina pul ishlab olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib yubormaslikka urunadi.

Tomas Strakosha

Aslida “Liverpul” Alissonni xarid qilishdan avval “Latsio” darvozaboni Tomas Strakosha borasida rasmiy taklif bilan chiqqan edi, biroq tomonlar transfer summasini kelisha olmagach, albaniyalik kipper Rimda qolishga majbur bo‘lgan. Ayni damda Italiya chempionligi uchun jiddiy kurash olib borayotgan poytaxt jamoasi darvozaboni o‘zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, qahramonimiz bugungi kunda qadar o‘z darvozasiga yo‘llangan zarbalarning 74 foizini bartaraf etishni uddalagan. Ilk bor 2017-yilda “Latsio” maydonga tushgan darvozabon jaddalik bilan o‘sib bormoqda. Ayni damda u endigina 24 yoshga to‘ldi. Bundan tashqari, uning Rim jamoasi bilan shartnomasi kelasi yili yozda o‘z yakuniga yetadi. Ayni damda, uni APL va Ispaniyaning bir nechta jamoalari o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Ular orasiga “Chelsi” ham qo‘shilsa, fovoritga aylanib olishi aniq.

Visente Guaita

O‘z faoliyatining katta qismini Ispaniyada o‘tkazgan darvozabon o‘tgan mavsumdagina “Kristal Pelas” safiga borib qo‘shildi va tezda jamoaning muhim figuralaridan biriga aylandi. Ishonchli va tajribali kipper bu mavsumda ham chakki ko‘rinmayapti. “The Sun” nashrining xabar berishicha, “Chelsi” yozda taniqli kipperlardan birini qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborini aynan Guaitaga qaratadi.

To‘g‘ri, 33 yoshli darvozabon uzoqni o‘ylab qabul qilingan qaror emas, biroq ayni damda “Chelsi”ga tajribasi ulkan darvozabon juda muhim. Boz ustiga, klub uning transferi uchun katta pul sarf etishi ham shart emas. Nashrning ma’lum qilishicha, “Chelsi” hech bo‘lmaganda ikkinchi darvozabon o‘rnini to‘ldirish uchun ham Guaitani xarid qilmoqchi. Ispaniyalik posbonning o‘zi ham faoliyatining eng cho‘qqisida “Chelsi”dek jamoadan kelib tushgan taklifni rad etmasligi aniq.

Nik Poup

Kepaning o‘rnini egallash uchun birinchi raqamli da’vogar bo‘lib turgan Poup haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz. So‘nggi mavsumlardagi o‘yinlari orqali Angliya terma jamoasida Pikfordning o‘rnini tortib olishga juda yaqin turgan Nik “Chelsi”ning barcha talablariga javob berishga qodir. U yosh, reaksiyasi kuchli, baland bo‘yli, to‘p uchun chiqishda bexat harakat qiladi va himoyani boshqarishda ham benazir. Britaniya nashrlari darvozabonning “Chelsi”ga o‘tishiga shubha qilmayapti. Qahramonimiz bu mavsumni juda yaxshi o‘tkazmoqda. Angliyaning o‘rtamiyona jamoasi darvozasini qo‘riqlashiga qaramay Poup allaqachon 9 ta quruq o‘yin o‘tkazdi. Ayniqsa, “Lester” va “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvlar uning benefiysiga aylanib ketdi. To‘g‘ri, darvozabon jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi, biroq Lempard uni o‘z klubida ko‘rishni istasa, yozda 27 yoshli Nik Poup “Chelsi” futbolchisiga aylanishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:58, 11.02.2020. O'qildi: 4690 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Германия Kay Xavers 2
3 Германия Jamol Musiala 1
4 Германия Nataniel Braun 1
5 Германия Deniz Undav 1
6 Қатар Bualem Xuxiy 1
7 Мексика Xulian Kinyones 1
8 Мексика Santyago Ximenes 1
9 Германия Feliks Nmecha 1
10 Кюрасао Livano Komenensiya 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик