Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Abbos G‘ulomov: Har bir o‘yinda g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushamiz

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, Namanganning “Navbahor” klubi ayni paytda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Belek shahrida olib bormoqda.

Yig‘in davomida namanganliklar bir qator nazorat-sinov bahslari ham o‘tkazishdi. O‘sha bahslarning ikkitasida "lochinlar" mahoratli yarim himoyachisi Abbos G‘ulomov gol urishga erishdi.

“Lochinlar”ning navbatdagi mashg‘uloti yakunlangach, klub matbuot xizmati G‘ulomov bilan suhbat uyushtirdi.

- Abbos, Turkiyadagi yig‘in qanday kechyapti?
- A’lo darajada o‘tyapti. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazib, unda astoydil ter to‘kyapmiz. Turkiyaning eng sifatli maydonlarida shug‘ullanyapmiz, eng yaxshi mehmonxonada dam olyapmiz. Qisqasini aytganda, sharoitlar a’lo darajada.

Fursatdan foydalanib, biz – futbolchilarga shunday sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” klubi vise-prezidenti Oybek Samatovga jamoamiz nomidan o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Yangi mavsumda barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, oldimizga qo‘yilgan maqsadni bajarish va ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.

- “Navbahor” tarkibiga yangi qo‘shilgan futbolchilar borasida nima deya olasiz?
- Yangi jamoadoshlarimning barchasini yaxshi taniyman va ularga qarshi o‘tgan mavsumda o‘ynaganman. Mazkur o‘yinchilarning barchalari mahoratli hamda bo‘lajak mavsumda jamoamizning o‘z maqsadini amalga oshirishida yordam berishadi, deb umid qilaman.

- “Navbahor”ning murabbiylar shtabida ham o‘zgarish yuz berdi va mahoratli murabbiylar – Otabek G‘ulomxo‘jayev hamda Doniyor Usmonov jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisga yordam beradigan bo‘lishdi. Ular haqda nima deya olasiz?
- Murabbiylar shtabidan o‘rin olgan mazkur yosh mutaxassislar ham ancha mahoratli sanalishadi. Ular oldin O‘zbekiston U-19 yoshlar termasida birga ishlashgan va mashg‘ulotlar davomida Andrey Antanasovichga amaliy yordam berib, o‘z salohiyatlari hamda tajribalarini biz –futbolchilar bilan o‘rtoqlashishmoqda.

Shuningdek, murabbiylar shtabidagi Mustafo aka Bayramov va A’zam aka Rajabbayev ham mashg‘ulotlar davomida bosh murabbiyga amaliy tarzda yordam berib, biz – futbolchilardan o‘z maslahatlarini ayashmayapti.

Darvozabonlar murabbiyi Pavel Sinelnikov ham jamoamiz posbonlarini rosa terlatyapti (kuladi).
Axir, aytishadiku, mashqda qiyin bo‘lsa, jangda oson bo‘ladi, deb.

Qisqasi, “Navbahor” murabbiylar shtabidan ajoyib mutaxassislar o‘rin olishgan va ularning sa’y-harakatlari natijasida jamoamiz yangi mavsumda ijobiy natijani qayd etadi, degan umiddaman.

- Belekdagi yig‘in davomida “Navbahor” to‘rtta o‘rtoqlik bahslari o‘tkazdi. Ushbu nazorat – sinov bahslari hamda raqiblar borasida borasida nima deya olasiz?
- Barcha sparring – raqiblarimiz ancha kuchli ekan. Shu bois, ushbu jamoalarga qarshi kechgan nazorat bahslari keskin kurashlar ostida o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, mazkur o‘rtoqlik o‘yinlarida Turkmanistonning “Axal” (1:0) va Serbiyaning “Rad” (2:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik. Qozog‘istonning “Jetisu” (1:1) hamda Ukrainaning “Kolos” (0:0) klublari bilan bo‘lgan bahslarda esa durangga imzo chekdik.

Fursati kelganda, shuni ham ta’kidlamoqchimanki, biz har qanday bahsda, u qanday o‘yin bo‘lishi, raqib kimligidan qat’iy nazar, maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushamiz. Albatta, yangi mavsumda ham o‘z oldimizga shunday maqsad qo‘yyapmiz.

- “Rad” va “Jetisu” jamoalariga qarshi kechgan nazorat o‘yinlarida gol urishga muvaffaq bo‘ldingiz...
- Albatta, ta’kidlaganimdek, maydonga har bir bahsda g‘alaba ishtiyoqida tushyapmiz. Shu bois, har bir futbolchi, jumladan, men ham maydonda astoydil o‘ynashga intilyapmiz. Buning samarasi o‘laroq, gollar ham urdim. To‘p kiritishimda jamoadoshlarimning ham munosib hissalari bor. Endi ushbu yoqimli an’ana, ya’ni gol urishni yangi mavsum bahslarida ham davom ettirish niyatidaman.

- Turkiyada o‘tkazilayotgan mazkur yig‘in va o‘rtoqlik uchrashuvlari yangi mavsumda o‘z samarasini bersa kerak?
- Albatta, samara beradi. Ta’kidlaganimdek, sifatli va tabiiy maydonlarda mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, kuchli sparring - raqiblarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishimiz biz – futbolchilarga jismoniy holatimizni yaxshilash, sport formamizni ushlab turishda o‘z foydasini berishi aniq. Bu esa yangi mavsumda maydonda ishonchli tarzda to‘p surishimizni ta’minlaydi.

Jamoamiz bu yil o‘z oldiga yuksak maqsad qo‘yyapti hamda tarkib ham shunga yarasha kuchaytirilyapti. Biz - futbolchilar hamjihat holda, Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Faqat muxlislar bu yil ham xuddi oldingi mavsumlardagidek jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishsa bo‘lgani.

Shuni ta’kidlamoqchimanki, ishqibozlarning qo‘llashi, biz – futbolchilarga o‘zgacha ruh hamda ishtiyoq bag‘ishlaydi va g‘alabalar sari ruhlantiradi. Baxtimizga “Navbahor”ning barcha muxlislari sog‘-salomat bo‘lishsin va ular bilan jamoamizning yutuqlarini birgalikda nishonlash nasib etsin, ilohim!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:36, 15.02.2020. O'qildi: 2281 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик