Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jarohat olish xavfi ko‘p bo‘lgan sport turlari

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz dunyoning eng omvabop sportlari orasida jarohat olishga moyillarini tanlab oldi. Ushbu ro‘yxatdagi sport turlari “Na-Dostupnom” internet nashri tomonidan berilgan statistik ma’lumotlarga suyangan holda tanlab olindi.

REGBI

Ushbu sport turidagi o‘yinlarni kuzatar ekansiz, buni atayin jarohat olish uchun o‘ylab topishgan deb o‘ylab qolasiz. Hech qanday himoya vositalarisiz baquvvat yigitlar to‘p uchun yashil maydonda jang qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Regbi rivojlangan davlatlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ushbu sport dunyoning ba’zi davlatlarida qat’iyan ma’n etilgan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, eng ko‘p suyak sinishi va pay cho‘zilishi aynan regbichilarda kuzatilar ekan. Shunga qaramay, ushbu sport turi quyida nomi zikr qilinadiganlaridan ancha xavfsizroq.

GOLF

Bir qarashda bezarar bo‘lgani bilan golf ham aslida hayot uchun juda xavfli. Ma’lumotlarga qaraganda,har yili o‘rtacha 1200 inson ushbu sport turidan jabr ko‘radi. Ularning aksariyati chaqmoq urishi sababli shifoxonalarga yotkiziladi. Golf har qanday ob-havoda ham o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sport turlaridan biri. Shu sababli, ko‘pincha golfchilar qo‘lidagi klyushka chaqmoqning deyarli 20 foizini o‘ziga qabul qiladi va bu sportchiga jiddiy jarohat yetkazadi. Shuningdek, raqib golfchisi tomonidan yo‘llanilgan zarbalar ham ko‘plab jarohatlarga sabab bo‘ladi. Har yili yuzdanortiq insonlar golf to‘pi tegishi sababli miya suyagining darz ketishi bilan to‘qnash kelishadi. Garet Beyl balki o‘ziga boshqa ermak topgani ma’qulmikan?!

FUTBOL

Professional futbolchi yil davomda o‘rtacha nechta jarohat olishini bilasizmi? Bunga ishonish qiyin, biroq futbol bilan professional shug‘ullanadigan futbolchilar o‘rtacha har yili 190(!) ta turli jarohat bilan to‘qnash keladi. Ularning ko‘pi kichik bo‘lgani uchun futbolchilar maydonga tushaverishadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, jarohatlarning asosiy sababchisi mashg‘ulotlardagi katta yuklamalar sababli yurak ish faoliyati buziladi. Ko‘plab futbolchilar o‘z karyeralarini yakunlagach turli yurak hastaliklari bilan og‘rishadi. Bundan tashqari, darvozabonlar orasida ham darvozaning temir to‘sini bilan to‘qnashuvi juda ko‘p uchraydigan holat. Har yili o‘rtacha uch yuzdan ortiq darvozabon to‘sin bilan to‘qnashib ketadi. Umuman olganda, futbol dunyoning eng mashhur va eng xavfli sport turidan biri. Ayniqsa, so‘nggi yillarda futboldagi musobaqalarning soni ortgani sayin jarohatlar ham ko‘payib bormoqda.

XOKKEY

Aslida muz ustida qulashning o‘zi katta talafotlar keltirishi mumkin. Endi xokkeydagi to‘qnashuvlar, klyushka bilan berilgan zarbalar, uchib kelayotgan shayba zarbasi va boshqa ko‘plab og‘riqli uslublar ushbu sport turida odatiy holga aylanib ketgan. Shunga qaramay, u mashhurlikda faqat futboldangina orqada.

Quvonarlishi shundaki, ushbu sportda so‘nggi yillarda xavfsizlik borasida yangidan-yangi himoya vositalari o‘ylab topilmoqda. Shu sababli ushbu sportdagi jarohatlarning soni sezilarli darajada kamaygan. Bundan 20-30 yillar ilgari xokkey dunyoning eng jarohatga moyil sport turlari orasida yetakchi o‘rinlarni egallayotgan edi.

 

RAFTING

4 yoki 6 kishilik qayiqda xavfli burilishlardan iborat suvda harakatlanuvchi sport u qadar mashhur bo‘lmasa-da, uning “oshiqlari” yetarlicha topiladi. Afsuski, ko‘pincha bu sport turi bilan havaskor shug‘ullanadiganlar jabr chekmoqda.

Hisob-kitoblarga qaraganda, har yili o‘rtacha 980 ga yaqin raftingchilar turli jarohatlar (afsuski, bu jarohatlarning 15 foizi o‘lim bilan yakunlanadi) orttirib olmoqda. Aslida ekstrimal sportlarning barchasi hayot uchun juda xavfli, biroq rafting jamoaviy sport bo‘lgani uchun ikki hissa xavfliroq.

VELOSPORT

95 foiz bokschilar albatta miya chayqalishi bilan og‘rishlari turgan gap, biroq velosport undan bir necha bor xavfliroq ekanligini alohida qayd etib o‘tish joiz. Boksdagi to‘qnashuvlarda sportchilar har 3 daqiqada dam olishlari mumkin. Bundan tashqari, ular jang davomida shifokorlar ko‘rigida bo‘lishadi. Velosportda vaziyat biroz o‘zgacharoq. Sportchi bir necha soatlab tinimsiz harakatda bo‘lishi talab etiladi. Bundan tashqari, aynan velosipedda jarohat ortirib olish boshqa sportdagidan ancha osonroq. Amerikalik olimlarning aytishicha, so‘nggi 20 yil davomida velosipedda orttirilgan jarohatlarni davolash uchun sportchilar 8 milliard dollar sarf etishgan. Ushbu sport bilan professional tarzda shug‘ullanuvchilarning 80 foizi umurtqa pog‘onasi va bo‘yindagi og‘riqlardan shikoyat qilishadi. Bundan tashqari, velopoygalardagi tez-tez uchrab turuvchi to‘qnashuvlar oqibatida har yili o‘rtacha 200 mingdan ziyod sportchi turli tanjarohatlarini orttirib olmoqda.

DAYVING

1960-yilda ushbu sport turi biryo‘la 500 dayverni o‘zi bilan olib ketgan edi. Ana o‘sha voqeadan so‘ng, birorta inson bu sport turi bilan professional tarzda shug‘ullanmasligi taxmin qilingan bo‘lsa-da, bu taxmin o‘zini oqlagani yo‘q. Bugungi kunda har yili o‘rtacha 9 ming(!) dayver turli jarohatlar bilan shifoxonalarga murojaat etmoqda.

Ushbu sport turi bilan shug‘ullanish uchun birinchi navbatda xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etish talab etiladi. Suvdagi bosimning yerdagisiga nisbatan o‘zgacharoq ekanligi sababli dayverlar turli jarohatlar orttirib olishda davom etishmoqda. Ushbu sport turiga mukkasidan ketganlarning deyarli 80 foizi qonda geliy va azot moddalarining ko‘payib ketishidan aziyat chekishadi. Suv ostida tayyorgarliksiz (ko‘pincha sportchilar tajribasizlik sababli ushbu dayvingdan aziyat chekishmoqda) uzoqroq qolish qon aylanishiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Texnikaning ishdan chiqib qolishi xavfi haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi. Umuman olganda, aynan dayving so‘nggi yillarda eng sportchilarga eng ko‘p jarohat yetkazayotgan sport turlaridan biri bo‘lib turibdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:55, 24.02.2020. O'qildi: 8277 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик