Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • 0:1
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 5 10
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qizilqum 5 6
12 Qo‘qon-1912 5 5
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Chelsi» jamoasining barcha zamondagi futbolchilaridan tuzilgan jamoa

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz«Chelsi» jamoasida to‘p surgan eng yaxshi futbolchilardan tashkil topgan jamoani e’tiboringizga taqdim etadi.

 

Petr Chex

APLda quruq o‘yinlar borasida mutlaq rekordning egasi, Kurtua kelgach, jamoani tark etishga qaror qildi. Qahramonimiz «Chelsi»dagi faoliyati davomida YECHL,Evropa ligasi,APL va yana 13 ta sovrinni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan. Chinakam afsona!

 

Stiv Klark

Aspilikueta kuchli futbolchi, biroq u Klark singari «Chelsi» safida 11 yil to‘p surmagan. «Chelsi»ga katta pullar kelishidan oldin jamoaning chinakam qahramonlaridan biri bo‘lgan Stiv o‘zining so‘nggi uchrashuvida (1998-yil) boshi uzra kubok egalari kubogi sovrinini ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Jon Terri

«Chelsi» safida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda borayotgan Terrini tarkibga qo‘shmaslikka haqqimiz yo‘q edi. 703 ta uchrashuv, 19 mavsum va 17 ta sovrin. Terri «Chelsi»ning tirik afsonasi desak, adashmagan bo‘lamiz. Eng qizig‘i shundaki, Terri faoliyati davomida London klubi uchun 67 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

 

Ron Xarris

Xarris juda iqtidorli va o‘z zamonining eng yaxshi futbolchilaridan bo‘lishiga qaramay, «Chelsi» bilan 3 bor APLga qaytishni uddalagan fidoyilardan biri. Bu nuqtada Desayi yoki Karvalyoni qo‘yishimiz mumkin edi, biroq Ron Xarris «Chelsi» uchun birinchi yevrokubokni (1971-yil) yutib bergan sardor sifatida tarixda abadiy qoladi.

 

Eshli Koul

Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarning barchasidan iqtidorliroq deb ta’rif berilgan Eshli Koul haqida uzoq so‘zlashga hojat yo‘q. Koul o‘zining eng “gullagan” davrlarini «Chelsi» uchun berdi va qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi.

 

Klod Makalele

Joze uni: “Bosh qotirmaning yechimi” deb bejiz ta’rif bermagan. Klod «Chelsi» g‘alaba qozonishi uchun maydonda “qon to‘kishga” ham tayyor bo‘lgan chinakam jangchi edi. Bu nuqtada Kante ham paydo bo‘lishi mumkin edi, biroq aynan Klodning jamoaga kelishi «Chelsi»ni chempion jamoaga aylantirganini unutmaslik lozim.

 

Frenk Lempard

«Chelsi» tarkibidagi eng yaxshi to‘purar va ayni damdagi jamoa murabbiyi. Menimcha,buyog‘iga “Noukomment”!

 

Eden Azar

1967-yildan beri «Chelsi» har mavsum o‘zining eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelmoqda. Shu kunga qadar faqat Eden Azargina bu sovringa 4 bor ega chiqqan. Bundan tashqari, Azar “aristokratlar” uchun 110 ta gol kiritgani va 92 ta assistni amalga oshirganini ham unutmaslik lozim. Ajoyib yettita mavsum va 100 million yevro! Jamoa uchun bundan ortiq yana qanday naf keltirish mumkin?

 

Janfranko Zola

Abramovich kelguniga qadar «Chelsi»ni mashhur qilishga bel bog‘lagan Zola bu ishni qaydir ma’noda uddalagan. Zola londonliklar safida APLdan boshqa deyarli barcha musobaqalarda g‘olib chiqibgina qolmay, klubning xalqaro darajadagi muxlislarining ko‘payishiga katta hissa qo‘shgan. Eng muhimi shundaki, “muxlislar yoqimtoyi” nominasiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada Frenk Lempardni ham ortda qoldirib g‘olib chiqdi.

 

Piter Osgud

Yuqorida yodga olingan kubok egalari kubogida g‘alaba golini kiritgan Osgud bu ro‘yxatda bo‘lishga loyiq. To‘g‘ri, bu nuqtada Tembling, Dikson va hatto Roy Bentli ham bo‘lishi mumkin edi, biroq Piter bu ro‘yxatdagi barchadan ko‘ra ko‘proq gol kiritishga(150) muvaffaq bo‘lgan.

 

DidYE Drogba

20 asr afsonalari bizni kechiring, biroq Drogbani «Chelsi» ramziy jamoasiga kiritmaslikni 21 asr muxlislari kechirishmaydi. Jamoasi uchun himoyada ham ter to‘kishdan “orlanmaydigan” Didye «Chelsi» bilan afsonalarga aylanib ketgan Myunxendagi finaldayoq o‘z nomini klub tarixiga abadiy yozib qo‘ygan. Klub safida 14 ta sovrinni boshi uzra ko‘targan hujumchi ko‘p gol kiritmagan bo‘lishi mumkin, biroq jamoaning yangi asrdagi eng muhim gollarini aynan Drogba raqib darvozasiga yo‘llagan!

 

Bosh murabbiy

 

Joze Mourino

Aynan portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida «Chelsi» katta arenalarga qadam qo‘ydi. Aynan “benazir” davrida «Chelsi»ni barcha tan oldi, aynan Mour boshchiligidagi taptortmas «Chelsi» shakllandi.

 

Har qanday top darajadagi murabbiyning o‘z yulduzli onlari bo‘ladi. Joze o‘zining qaytib kelmas g‘alabali davrlarini “aristokratlar” uchun sarf etdi. U «Chelsi»ni mashhur qildi. «Chelsi» uni mashhur qildi. O‘zining birinchi mavsumidayoq «Chelsi»ni 50 yillik tanaffusdan so‘ng APL chempionligi sari yetaklagan murabbiyni chetga surib tashlash noo‘rin.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:26, 25.02.2020. O'qildi: 5602 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик