Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Qirol — 118 yoshda»

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

6 mart, ya’ni bugun biror bir futbolchini e’tirof shart emas. Bu sana ko‘proq jahon futboliga Madridning “Real” klubiga asos solingan kun sifatida tanish.

Ispaniya poytaxti sharafini himoya qiluvchi jamoa FIFA tomonidan rasman 20-asrning eng yaxshi klubi deb topilgan. Ispaniya primerosini tark etmagan uchta jamoadan bittasi. “Barselona” va “Atletik” Bilbao kabi.

Sovrinlari bilan maqtansa shu jamoa maqtansa arziguli. Uning hisobida 62ta milliy sovrin bor, ichida rekordli 33ta chempionlik, 19tasi Ispaniya kubogi va 10tasi Ispaniya superkubogi.

Chempionlar ligasi qiroli. 13 karra chempion. Turnirni qatorasiga uch marta yenggan yagona klub. Delott tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dunyoning eng qimmat klubi hisoblanadi. Narxi – 4,2 milliard dollar.

1902 yili 6 mart kuni asos solingan klub muxlislarini bugungi bayramlari bilan tabriklaymiz. O‘zining sanasiga kelib Zidan shogirdlari La ligada ham peshqadamlik qilishmoqda. Hammasi kelishilgandek, a?!

Klubning nomi – “Real”! Hammasidan ham nomi zo‘r klubning. Har qanday holatda ham realmiz, degani. Real ispanchada qirol degan ma’noni bildirsa-da, biz bilgan so‘z haqiqat, bor, mavjud narsani ifoda etadi. Insonlar reallikka intilganidek, futbol Real futboliga intiladi. U eng zo‘r natijalar qayd etgan paytda ham nima uchun etalonligini-da bila olmaganimiz sababi ham shu: u o‘ta oddiy o‘ynaydi, allambalo uslublarni suymaydi, xatolari ham insoniy, qulaydi, turadi, yutqazadi, yutadi. Hayotiy yo‘l bilan rivojlanib boraveradi. Raqiblari kuchaysa, ulardan kuchayish yo‘llarini o‘sha paytning o‘zidayoq harakatiga tushadi. Oddiy, sodda, ammo buyuk qarashlar bilan.

Ramosning g‘irromliklari yonida o‘sha Ramosning so‘nggi soniyalarda yo‘llagan goli, xaloskorligi gavdalanib turaveradi. Penalti ishlash uchun oshkora tilangan Ronalduni kuzata turib, beixtiyor bu qadar ayyor o‘yinchi yer yuzida topilmaydi, deb yuborasizu, sal o‘tib o‘zining golini yana bodilarcha nishonlayotganini ko‘rasiz. U uyalmaydi shunday nishonlashdan. "Real" o‘yinchisi bo‘lgan u. Xarakteri shunaqa, realligini ko‘rsatadi. Aldamaydi, kamtarlik qilmaydi. Chunki u inson, inson esa, doim bir xil bo‘lmaydi.

“Real” shunaqa jamoa bo‘lgani uchun ham kimdir uni rosa yaxshi ko‘radi, kimdir uni otgani o‘q izlaydi. Odam bolasi borki, shunaqa. Hammaga yoqa olmagan. “Real” ham nomiga yarasha o‘z xarakterida sobit. U uslubida hech qanday yangilik qilmaganidek, xarakterida ham o‘zgachalikni ko‘rsatmaydi. Chunki “Real”da reallikdan boshqa narsa yo‘q. Uni boricha qabul qilishingiz kerak. Qabul qilgingiz kelmasa, unga farqi yo‘q. Shunday yashab qolaveradi.

Juda ko‘p jamoalarga nazar tashlasangiz, klubdagi o‘yinchilari bir-biriga o‘xshab ketgan bo‘ladi. Hech qursa taqlid ko‘zga tashlanadi. “Real"da esa, bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan nigohlar jamlangan: Marseloning yuziga qarang, bormi boshqa joyda yana bir Marselo? Beylning tushuniksiz qarashlari, Kazemironing yuvvosh nigohi, Modrichning bolalarcha yurishi, Ramosning yovvoyiligi, umuman, bu jamoa o‘yinchilarini birlashtirib turadigan narsa bormi? Bor bo‘lsa ham, u ham realligi, o‘zligi.  

Men bu bilan boshqa klublarda o‘zlik yo‘q, demoqchi emasman. Aslo. “Real”da shu jihat ko‘proq, demoqchiman. “Real”ning muxlislariga ham qarab turib qoyil qolaman: Ular hakamlar ochiqcha yon bosgan o‘yinlarda ham g‘alabani olqishlashadi, ichki xursandchiliklarini yolg‘ondakam qadriyatlar bilan andavalab o‘tirishmaydi. Ramos Salohni sindirib tashlasa ham, uni suyaverishadi. Jahlingiz chiqadi, ammo nima qilsin, u ichidagi bor tuyg‘usini tashqariga chiqaryapti-ku, aldamayapti-ku sizni. U “Real” klubi qanaqa bo‘lsa, shundaydir: g‘alaba uchun kitobiy tuyg‘ulardan voz kechib ketaveradi. “Real” rahbariyati o‘z yulduzini “bo‘ldi, sendan foydalanib bo‘ldik, ruxsat”, deb ketkazib yuborganida, jahlimiz chiqishi mumkinu, ammo boshqa tomondan o‘ylab ko‘rsak, ularning ichi bilan usti bir xilligini ko‘ramiz. Dunyoga yomon ko‘rinib bo‘lsa ham, o‘z rostiligini ko‘rsatishadi. Bu qiyin ish, ishonavering. Zo‘r tadbir qilib, chiroyli ta’riflar bilan yashab qolish ham mumkin ediyu, yo‘q, “Real”ning reallik xarakteri rahbariyatidan tortib murabbiylariga, futbolchilaridan tortib muxlislarigacha urib ketgan.

Bugun shunaqa sana. Xullas.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 09:12, 06.03.2020. O'qildi: 7681 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик