Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 4-turida safarda «Slaviya»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
32-daqiqaga kelib, Bukayo Saka penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning boshida — 46-daqiqada Mikel Merino gol urdi, u 68-daqiqada dubl rasmiylashtirib, chex jamoasi darvozasiga ikkinchi bor to‘p kiritdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Arsenal» 12 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Slaviya» 2 ochko bilan 30-pog‘onaga tushib ketdi.
Keyingi turda «Arsenal» 26 noyabr kuni o‘z maydonida «Bavariya»ga qarshi bahs olib boradi,
«Slaviya» esa 25 noyabr kuni «Atletik»ni qabul qiladi.
YECHL. 4-tur
4 noyabr, seshanba, 22:45
Slaviya - Arsenal - 0:3
Gollar: Saka, 32 - penaltidan (0:1). Merino, 46 (0:2). Merino, 68 (0:3)
Slaviya Praga: Markovich, Xaloupek, Zima, Vlchek (Cham, 70), Zafeyris (Dudera, 70), Sadilek, Mbodji, Mozes (Xasioka, 74), Sanyang (Kushey, 74), Provod, Xori (Xitil, 48)
Arsenal: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Xinkapye (Uayt, 73), Timber (Lyuis-Skelli, 73), Nergor, Rays (Xarriman-Annous, 81), Nvaneri (Eze, 65), Trossar (Douman, 73), Saka, Merino
Ogohlantirishlar: Zafeyris, 70. Dudera, 83. Mbodji, 90 - Nvaneri, 24. Merino, 37. Nergor, 75. Lyuis-Skelli, 79