Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ayaks»ning barcha zamondagi futbolchilaridan tashkil topgan jamoa

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Gollandiyaning “Ayaks” klubi shonli tarixga ega. Bu jamoada kimlar to‘p surmadi deysiz?! Bugun e’tiboringizga “Ayaks” klubi sharafini himoya qilgan barcha zamonlardagi eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani taqdim etamiz.

Edvin van der Sar

1990-yilda “Rotterdam”ning “Sparta” klubi safida professional futbolga ilk qadamlarini qo‘ygan darvozabon ko‘p o‘tmay Lui Van Gal tomonidan “Ayaks”ga olib kelinadi. Qahramonimiz Amsterdam klubida 9 yil harakat qildi va jamoasi uchn 14ta sovrin yutib berdi. Uning Chempionlar ligasidagi g‘alabasi klub muxlislari tomonidan haligacha e’zozlanadi.

Vim Syurbir

Hujumkor himoyachi “Ayaks”ning 70-yillardagi eng kuchli qurollaridan biri bo‘lgani bugungi avlod muxlislariga noma’lum. “Ayaks” uchun o‘zining 14 yilini bag‘ishlagan himoyachi 24ta sovrinni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, uning hisobida JCHlardagi ikkita kumush medalham bor. Shuningdek, u klub tarixida 500tadan ko‘proq uchrashuv o‘tkazgan ikki futbolchidan biri sanaladi.

Dani Blind

Blindlarning kattasi ham “Sparta” safida katta futbolga kirib kelgan bo‘lsada, unga mashhurlikni Amsterdamjamoasi taqdim etdi. 14 yil davomida “Ayaks” libosida harakat qilgan himoyachi 13 mavsum davomida asosiy tarkibda harakat qildi. 1994/95 yilgi mavsumlarda jamoa sardori etib saylangan futbolchi qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqdi.

Frank De Bur

De Bur ham o‘zining omadli karyerasi uchun Lui Van Galdan minnatdor bo‘lishi shart. Aynan shu murabbiy unga va uning egizak akasiga yetarlicha imkon taqdim etdi va ularni dunyo darajasidagi yulduzlarga aylantirdi. 18 yoshida “Ayaks” libosini kiygan Frank 10 yil jamoa sharafini himoya qildi va “Barselona”ga transfer qilindi.

Rud Krol

90-yillardan 70-yillarga qaytamiz. Bundan 50 yil ilgari “Ayaks”ning qanday qudratli klub ekanligini so‘z bilan ta’riflash mushkul. O‘sha qudratli jamoaning asosiy qurli esa Rud Klol bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. 12ta mavsum va 43ta sovrin. Rud klub muxlislari tomonidan jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatida 5-o‘rinda turadi!

Frank Raykard

Raykard «Ayaks»ning Chempionlar ligasi finalidagi “Milan”ustidan qozonilgan g‘alabasiga ulkan hissaqo‘shgani bilan barchaning yodida qolgan. Jismonan baquvvat futbolchi nafaqat “Ayaks”ning, balki “Milan” klubining “tiffozi”lari tomonidan ham o‘z davrining eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan.

Yoxan Neskis

Neskis nafaqat “Ayaks”ning, balki butun Gollandiya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi. Aynan u total futbolning keng targ‘ib qilishda faol bo‘lganlardan biri sifatida tarixda qolgan. U “Barselona”ga o‘tishdan avval atigi 4 mavsumgina “Ayaks” safida harakat qilgan. Shunga qaramay, bu Yoanga ramziy jamoadan joy olishga to‘sqinlik qilmadi.

Yoxan Kroyf

Futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri. U “Ayaks” safida 8 ta chempionlikni qo‘lga kiritibgina qolmay, 3 ta Yevropa chempionlar kubogida zafar quchadi. O‘zining sarguzashtlarga boy karyerasidan so‘ng, Kroyf yana Amsterdamga qaytgani tahsinga sazovor!

Shak Svart

“Janob Ayaks” laqabli futbolchi o‘z laqabiga to‘liq mos keladi. Gollandiya klubi safida 17 mavsumni o‘tkazgan futbolchi 1956-1973-yillar oralig‘ida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, u “Ayaks” libosida eng ko‘p uchrashuv (603) o‘tkazgan futbolchi sanaladi. Jamoa to‘puararlari poygasida esa Renen va Kroyfdan keyingi o‘rinni 228 ta gol bilan nishonlab turibdi.

Pit van Renen

Pit “Ayaks” safida ikkinchi jahon urushiga qadar harakat qilgan. 13 yil davomida “Ayaks”ning hujum chizig‘idagi eng muhim figura bo‘lib keldi. 237 ta uchrashuvda 273 ta gol kiritgan golland klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. U bu borada afsonaviy Yoxan Kroyfni ham ortda qoldirgani e’tiborga molik!

Marko van Basten

Marko juda qisqa, biroq yorqin faoliyat olib bordi. “Ayaks” va “Milan” safidagi harakatlari bilan “Oltin to‘p” jamg‘arish borasida yetakchilardan biriga aylanib olgan hujumchi haqida soatlab so‘zlash mumkin. U “Ayaks” safida o‘tkazgan 4ta mavsumida ham Gollandiya to‘purariga aylandi. 112 ta uchrashuv 118 ta gol! Shunchaki “daxshatli” statistika!

Rinus Mixels

Uni bejizga “Zamonaviy “Ayaks”ning otasi” deb atashmaydi. 70-yillarda o‘z jamoasi bilan butun dunyoni “titratgan” murabbiy nafaqat erishgan yutuqlari bilan, balki o‘zidan qoldirgan g‘oyalari bilan ham “Ayaks” uchun juda muhim. Aynan uning o‘yin falsafasi butun dunyoga to‘p bilan munosabatda bo‘lish borasida yangi olamni kashf etishda ko‘mak berdi. Uning g‘oyalari shu qadar haqiqatga yaqin edi-ki, katta ehtimol bilan yana kamida 50 yil kuchda bo‘lishga qodir!

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:34, 23.03.2020. O'qildi: 4601 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик