Bugun 7 noyabr, 2025 yil, juma.

  • ECHL
      • 06.11.2025 01:00
      • Ayaks
      • 0:3
      • Galatasaroy
      • 06.11.2025 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Barselona
      • 06.11.2025 01:00
      • Inter
      • 2:1
      • Qayrat
      • 06.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 06.11.2025 01:00
      • Nyukasl
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 06.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 0:1
      • Atalanta
      • 06.11.2025 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Bayer
  • OChL-2
      • 06.11.2025 15:00
      • Makartur
      • 2:1
      • Kongan Hanoi
      • 06.11.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 1:2
      • Bangkok Yunayted
      • 06.11.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 1:1
      • Tampines Rovers
  • «A» Seriya
      • 08.11.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.11.2025 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Kalyari
      • 08.11.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Verona
      • 08.11.2025 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Torino
  • La-liga
      • 08.11.2025 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 08.11.2025 18:00
      • Jirona
      • -:-
      • Alaves
      • 08.11.2025 20:15
      • Sevilya
      • -:-
      • Osasuna
      • 08.11.2025 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Levante
  • APL
      • 08.11.2025 17:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.11.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Fulhem
      • 08.11.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Byornli
      • 08.11.2025 22:30
      • Sanderlend
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9077 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2975 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Арам Задоян.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Мирасол".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сантос".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Крузейро".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Фламенго".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.11.2025

      05:20 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 61 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 71 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "КОПА 71".
      09:35 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      11:10 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      12:40 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      15:25 "Эволюция спорта".
      15:55 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      16:35 "Страна спортивная".
      16:55 LIVE Самбо. Чемпионат мира в Кыргызстане. День 1. Прямая трансляция.
      18:30 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Двойки. 2-й заезд.
      19:15 "Страна спортивная".
      19:30 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:50 "10 лет в спорте". "2019/2020".
      22:20 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 1-й заезд.
      23:10 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки. 2-й заезд.
      00:00 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 1.
      01:40 Автоспорт. DTM. Этап 5 на трассе Нюрбургринг, Германия. Гонка 2.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары.
      04:50 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 1. Вечерняя сессия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.11.2025

      05:00 "Эволюция спорта".
      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Зенит" (Санкт-Петербург) - УНИКС (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "География спорта". Астрахань.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Небесная грация".
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      13:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Смешанные пары. Прямая трансляция.
      14:25 Новости.
      14:30 Есть тема! Прямой эфир.
      15:55 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Россия U-20 - Казахстан U-20. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:25 LIVE Хоккей. Кубок Будущего. Беларусь U-20 - Россия U-18. Прямая трансляция.
      21:55 LIVE Смешанные единоборства. ACA 195 в Санкт-Петербурге. Кирилл Корнилов против Алихана Вахаева, Антон Вязигин против Зумсо Зураева. Прямая трансляция.
      00:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      03:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Четвёрки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/4 финала.
      11:00 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      14:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      15:30 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      19:30 Парусный спорт. Гран-при. Тележурнал "Гонка на грани".
      20:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Мужчины. Короткая программа.
      21:00 Фигурное катание. Гран-при ISU. NHK Trophy в Кадоме, Япония. Женщины. Короткая программа.
      21:55 LIVE BMX-фристайл. Чемпионат мира в Эр-Рияде, Саудовская Аравия. Мужчины. Флэтленд. Финал. Прямая трансляция.
      23:20 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.
      01:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      02:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. 1/2 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Saken Polatov Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik, boks bo‘yicha JCH-2019dagi rolik, yangi farmoyish va boshqa masalalar haqida

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular
A A A

Yaxshi bilasiz, ayni paytda keng tarqalgan koronavirus sabab to‘rt yillikning eng muhim musobaqasi - Olimpiya o‘yinlari 2021 yilga qoldirildi.

Bu albatta o‘z navbatida O‘zbekiston boks federasiyasi rejalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sababli O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati federasiya raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov bilan ushbu mavzuda intervyu uyushtirdi.

— Saken Jetibayevich, ayni paytda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi tufayli barcha sport turlari, shu jumladan boks federasiyasi rejalariga ham o‘zgartirish kiritilgan. Ushbu masala yuzasidan qanday ma’lumot bera olasiz?
— Darhaqiqat, ushbu xavfli koronavirus sababli rejalarimiz o‘zgarib ketdi. Yaxshi bilasiz, Ammanda o‘tkazilgan lisenzion turnirda Tokio Olimpiadasiga 7ta yo‘llanma qo‘lga kiritgandik. Qolgan vaznlarda Parijda o‘tkaziladigan lisenzion musobaqa orqali Olimpiada chiptalariga ega chiqmoqchi edik. Bu borada Fransiya poytaxtidagi musobaqa uchun jiddiy reja ishlab chiqilgandi. Bundan tashqari Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan charm qo‘lqop ustalarimizning tayyorgarlik rejasida ham o‘zgarish bo‘ldi.

— Yigitlarimiz 8 ta vazn toifasida 6 ta lisenziya qo‘lga kiritishdi. Bu O‘zbekistondek boks derjavasi uchun qoniqarlimi?
— To‘g‘ri, biz 8 ta vaznda lisenziyani Osiyo kvalifikasion musobaqasidayoq qo‘lga kiritmoqchi edik. Musobaqa boshlangunga qadar -75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev bahslarga tayyorlandi. Lekin, ayrim sabablarga ko‘ra lisenzion musobaqada Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirok eta olmaydigan bo‘lib qoldi. Uning o‘rniga Ammandagi yig‘inni yakunlab O‘zbekistonga qaytib ketayotgan Fanat Qahramonov yarim yo‘ldan, aniqrog‘i Istanbuldan yana Iordaniyaga majburan chaqirib olindi. Afsuski, oldimizda shunday vaziyat yuzaga keldi. Fanat qaytganidan so‘ng bir yarim kun ichida 6 kilogramm vazn haydashiga to‘g‘ri keldi. Sportchilar juda yaxshi bilishadi — bu oson ish emas. Shunday bo‘lsada, u musobaqada ikki raqibini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda baribir ushbu jarayonlar bokschimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, u jismoniy tomonlama tiklana olmadi. Aslida yaxshi bilasiz, Qahramonov ham iqtidorli bokschi.

Dilshod Ro‘zmetov haqida gapiradigan bo‘lsam, u juda ajoyib, iste’dodli sportchi. Yosh bo‘lishiga qaramay, 2019 yilgi jahon chempionatida finalgacha yetib borgandi. Dilshod Ammandagi musobaqada g‘alaba qozonishni judayam istagandi. Judayam. Bu esa ruxiy tomonlama bokschimizga ta’sir qildi. Afsuski, u hakamlarning tushunarsiz qarori sabab yakunda yutqazib qo‘ydi. U o‘z ustida yana ishlaydi va ishonamizki, jahon lisenzion turnirida Tokio Olimpiadasi chiptalariga ega chiqadi.

— Demak, jahon lisenzion turnirida Dilshod Ro‘zmetovga imkoniyat beriladi. -75 kg vazn toifasida musobaqada qaysi bokschi ishtirok etadi?
— Hozircha koronavirus sabab Parijdagi lisenzion turnirning qachon o‘tkazilishi aniq emas. Ushbu vazn toifasida qaysi bokschilar lisenziya uchun kurash olib borishini murabbiylar shtabi hal qiladi. Lekin, sizga ishonch bilan ayta olamanki, bu borada ishlangan aniq rejamiz bor.

— Tokio Olimpiadasining qoldirilishi bokschilarimizga qanday ta’sir ko‘rsatadi deb o‘ylaysiz?
— Ayni paytda barcha mamlakat bokschilari biz bilan bir xil sharoitda. Ba’zi qit’alarda esa hali lisenziya qo‘lga kiritgan bokschilar nomi ham aniq emas. Yaxshi bilasiz, Yevropadagi lisenzion musobaqa ayni o‘tkazilayotgan paytida to‘xtatildi. Endi oldimizda bir yildan ortiq vaqt bor. O‘ylaymanki, ushbu muddat barcha bokschilar tayyorgarligi uchun yetadi. Endi navbatdagi rejani vaziyatdan kelib chiqib, murabbiylar shtabi bilan birgalikda tuzamiz. Karantin yakunlanib, xalqaro musobaqalar boshlanganidan so‘ng bokschilarimiz musobaqalarda ishtirok etishadi. Mana shunday kuchli turnirlar, yig‘inlar orqali bokschilarimiz formasini ushlab turamiz. Umuman olganda, hozirda bokschilarimiz mashg‘ulotlarni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Ular nazoratda va o‘z formalarini ushlab turishibdi.

— Navbatdagi rejalar qanday?
— Yuqorida ta’kidlaganimdek, karantin yakunlanganidan so‘ng aniq bir rejamiz haqida ma’lumot bera olaman. Xalqaro musobaqalar, yig‘inlardan tashqari infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha ham katta rejalarimiz bor. Toshkent viloyatidagi Yangiobod shaharchasida katta sport bazasi barpo etishni maqsad qilganmiz. Bundan tashqari, hozirgi bazamizni ham rekonstruksiya qilib, xalqaro standartlarga javob beradigan holatga olib kelmoqchimiz.

Shuningdek, nafaqat yigitlarimizga, balki ayollar boksi, bolalar boksi kabi yo‘nalishlarda ham biz "katta yo‘l"ga chiqib ulgurdik. Bu yo‘nalishda hali qilinadigan ishlar ko‘p. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining qanday kuchga ega ekanligini barcha biladi. Endi qizlarimizni ham shu saviyaga olib chiqmoqchimiz.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekistonda boksni rivojlantirish uchun sharoit yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Mamlakatimiz rahbarining sportga, xususan boksga bo‘lgan qiziqishi bizni yanada ruhlantiradi. Yodingizda bo‘lsa, 2019 yili Yekaterinburgda o‘tkazilgan jahon chempionatidan so‘ng yurtboshimiz bizni shaxsan o‘zlari qabul qilgandilar. Nasib qilsa, yaqin kelajakda O‘zbekistonda boksni rivojlantirishga oid farmoyish chiqadi. Bundan tashqari, musobaqalar, yig‘inlar o‘tkazish uchun sharoit yaratib berayotgan Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, shunindek, homiylarimiz — O‘zbekiston temir yo‘llari AJ, "PEPSI", "BUKA" va "Orient Finans Bank" kabi tashkilotlarga ham rahmat aytamiz.

— 2019 yili Yekaterinburg mezbonlik qilgan jahon chempionati o‘zbek boksi tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. Bungacha O‘zbekiston terma jamoasi JCHda uchta oltin medal qo‘lga kirita olmagandi. Buning siri nimada deb o‘ylaysiz?
— To‘g‘ri aytasiz. Biz ushbu musobaqa orqali o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdik deb hisoblayman. Biz jahon birinchiligiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Yekaterinburgdagi jahon chempionati haqida gap ketganida ajoyib xotiralar esga tushadi.

Buning siri? (o‘ylanib). Aytib o‘tganimdek, biz jahon chempionatiga jiddiy, har tomonlama tayyorgarlik ko‘rdik. Yigitlarimiz 40 kun oldin Rossiya hududida yig‘in boshlashdi. Bu mahalliy iqlimga moslashish, adaptasiya uchun juda muhim hisoblanadi. Ular musobaqa boshlanishiga yaqin Yekaterinburg shahriga yetib borishdi. O‘z navbatida biz ham chempionat boshlanishi oldidan Oybek Kasimov va Sherzod Toshmatov bilan birga bokschilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun Yekaterinburgga bordik.

U yerda bokschilarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonada terma jamoa a’zolari bilan uchrashdik, ular bilan suhbatlashdik.

Ularga ajoyib, motivasion rolik qo‘yib berdik. O‘sha rolikda 8 nafar bokschimizning oila a’zolari ham ishtirok etishgan va farzandlariga o‘z tilaklarini bildirishgandi. Maxsus ijodiy guruh viloyatlarga borib, bokschilarimizning xonadonida bo‘lishdi, ularning ota-onalari, yaqinlaridan duo olishdi, bokschilarimizning ruhini ko‘taruvchi lavhalar ishlandi. Bundan bokschilarimizning xabari yo‘q edi. Qolaversa, biz O‘zbekistondan Samarqand nonlarini bokschilarimiz uchun olib bordik. Ishonasizmi, o‘sha rolikni ko‘rib bokschilarimiz ko‘zlariga yosh olishdi.

Tasavvur qilyapsizmi, 1 oydan ortiq vaqt davomida oila, vatan sog‘inchida chetda yurgan inson uchun bu qanday ta’sir qiladi? Ortlarida kimlar turganini yana bir karra his qilishdi. Ushbu holatni ko‘rib, hattoki o‘zimizning ko‘zimizga ham yosh keldi. Aniqroq aytadigan bo‘lsam, bu yigitlar uchun psixologik tomonlama juda yaxshi ta’sir qildi. Aynan mana shunday jihatlar ham terma jamoaning musobaqalarga tayyorgarligi jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Samarqandlik Fanat Qahramonovning buvisi tomonidan yopilgan nonlarning olib borilgani yigitlarga o‘zgacha ta’sir qildi. Shu kungacha rolik ommaga ko‘rsatilmagandi. Bugun mazkur videorolikni muxlislarimizga ham namoyish etsak bo‘ladi.

— Infratuzilmani rivojlantirish masalasida batafsil gapirib bera olasizmi?
— Hozirda bizda Yangioboddagi bazamizda ikkita sport zalimiz bor. Lekin u yerda o‘zimizning yotoqxona yo‘q. Hozirgi bazamiz Milliy olimpiya qo‘mitasi yordamida qayta ta’mirdan chiqarildi. Lekin, buni yetarli darajada deya olmayman. Shu sababdan ham biz zamonaviy sport zali, yotoqxona, oshxona, reabilitasiya markaziga ega bo‘lgan katta baza barpo etish niyatidamiz. Ishonamanki, yangi quriladigan sport bazasi uzoq yillar davomida yurtimiz boksi rivoji uchun xizmat qiladi.

— Siz boksni rivojlantirishga oid farmoyish haqida gapirdingiz. Bu qanday bo‘ladi?
— Nasib qilsa, ushbu farmoyish O‘zbekistonda boksni yana bir necha pog‘ona ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Bu orqali mamlakatimizda boks ommaviyligini yanada oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Qisqacha qilib aytsak, bu yaqin 10 yilda boksni yangi saviyaga olib chiqish uchun strategik reja bo‘ladi.

— 2019 yili kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yuqori saviyada tashkil etildi. Bungacha mazkur chempionat u qadar katta tayyorgarlik bilan tashkil etilmagandi. Bu orqali federasiya xalqaro musobaqalar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

— To‘g‘ri aytdingiz. 2019 yili boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini yuqori saviyada tashkil etishga harakat qildik va buni uddaladik deb ham o‘ylayman. Chempionatimizda o‘tkazilgan janglar Rossiya telekanali orqali ham namoyish etildi. Bunday muhitda jang qilgan bokschilarimiz xalqaro musobaqa nafasini his qilgan bo‘lsalar ajab emas. Hozircha yosh bokschilar uchun bir qator xalqaro turnirlar o‘tkazyapmiz. Umuman olganda, kelajakda yirik musobaqalar o‘tkazish maqsadimiz ham yo‘q emas. O‘tgan yilgi Respublika chempionati bizga yangi nomlarni taqdim etdi. Aynan mana shunday musobaqalar orqali seleksiya yo‘nalishini ham rivojlantirib bormoqdamiz. Respublikamizning chekka-chekka hududlarida bolakaylar boks bilan shug‘ullanishmoqda.

Yana shuni aytishni istardimki, biz 2021 yildan boshlab "Sidney Jekson xotira turniri"ni qayta tiklamoqchimiz. Ushbu musobaqa avval ham o‘tkazilgan. Bu safar endi mazkur turnir "A" klass toifasidagi musobaqa bo‘ladi. Ya’ni, musobaqa nufuzini ko‘taramiz. Unga boks olamida dunyo yetakchilari hisoblangan Kuba, Rossiya, Qozog‘iston, AQSH, Yaponiya, Xitoy, Hindiston kabi mamlakat bokschilarini taklif qilib, yuqori saviyadagi nufuzli musobaqa tashkil etmoqchimiz. Ushbu musobaqani AIBAning 2021 yilgi taqvim rejasiga ham kiritganmiz. Bundan tashqari Osiyo chempionatini ham tashkil etish rejasi yo‘q emas.

— Keling, endi xalqaro munosabatlar haqida suhbatlashsak.
— Federasiyamiz faoliyatida xalqaro aloqalarni rivojlantirish ham eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash orqali havaskor boksda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Kuba terma jamoasi vakillari bilan Gavanada qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etdik. Qolaversa, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Xitoy, Angliya, Polsha, Vengriya kabi terma jamoasi vakillari bokschilarimiz bilan birga yig‘in olib borishdi.

Ayni paytda Qozog‘iston, Irlandiya, Indoneziya va boshqa bir qator boksi rivojlangan mamlakatlar federasiyalaridan yig‘in borasida takliflar bo‘lmoqda. Ammo, ularning barchasi bilan yig‘in o‘tkazishning iloji yo‘q. Bu jismoniy tomonlama, vaqt tomonlama imkonsiz. Bu ham yurtimiz boksining qay darajada nufuzga ega ekanligidan darak berib turibdi. Biz bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazishni istab ko‘plab mamlakatlardan takliflar kelib tushmoqda. Biz o‘z navbatida murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda xorijiy bokschilar bilan qo‘shma yig‘inlarni rejaga kiritamiz.

— O‘zbekistonlik murabbiylar ham ayni paytda xorijiy terma jamoalarda faoliyat olib borishmoqda. Bu ham o‘zbek boksiga berilgan yuqori baho desak adashmagan bo‘lamiz.
— To‘g‘ri aytasiz. Yurtimiz bokschilari kabi murabbiylarimizga ham qiziqish xorijda kuchli. Hozirgi kunda bir qator o‘zbekistonlik mutaxassislar chet mamlakat terma jamoalarida faoliyat olib borishmoqda. Bunga misol sifatida Olim Muhammedov (Janubiy Koreya), Vladimir Shin (Yaponiya), Alisher Rahimov (Nepal), Sherzod Abdurahmonov (Quvayt) va Hasan Muhammedov (BAA)ni keltirishim mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan mamlakatlar aynan o‘zbekistonlik mutaxassis orqali o‘zlarida boksni rivojlantirishni maqsad qilishgan. Shuningdek, ayni paytda boshqa murabbiylarimizga ham chetdan takliflar borligini aytishim mumkin.

— Bilamiz, siz Osiyo boks konfederasiyasi Ijroqo‘mi a’zosi ham hisoblanasiz. Bu ham xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lida ahamiyatga ega.
— To‘g‘ri, o‘zim Osiyo boks konfederasiyasi Ijroqo‘mi a’zosiman. Bundan tashqari bir qator hamyurtlarimiz, federasiyamiz mutasaddilari konfederasiyada komissiya a’zolari hisoblanishadi. Federasiyamiz bu yo‘nalishda ham ishlamoqda.

— Siz O‘zbekiston boks federasiyasidan tashqari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida vise-prezident sifatida ham faoliyat olib borasiz. Ushbu faoliyatingiz haqida ham gapirib bersangiz. Boshqa sport turlarida lisenziya qo‘lga kiritib ulgurgan sportchilarimizning holati qay darajada?
— Lisenziya qo‘lga kiritgan, lisenzion musobaqaga tayyorgarlik ko‘rayotgan har bir sportchimiz nazoratda. Sport federasiyalari rahbarlari, murabbiylar tuzilgan reja asosida mashg‘ulotlar tashkil etishgan. MOQ ularni har kuni nazorat qilmoqda. Bu borada tezkor shtab tuzilgan va ushbu shtab sportchilarimiz bilan muloqot qilib turibdi. Hattoki ularga uyda mashg‘ulot olib borish uchun yetarli sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu yo‘nalishda ham nazorat o‘rnatilgan.

— Ular ayni paytda nimalar bilan band?
— Sportchilarimiz karantin qoidalariga amal qilgan holda uyda bo‘lib turishibdi. Lekin, bu mashg‘ulotlar to‘xtab qoldi degani emas. Sportchi va murabbiylar o‘rtasida onlayn mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Terma jamoalar murabbiylari masofadan turib sportchilarga mashg‘ulot o‘tmoqdalar. Bular federasiya rahbarlari, MOQ va vazirlik tomonidan ham kuzatib borilmoqda.

Bundan tashqari karantin vaqtida muxlislar zerikib qolmasliklari uchun turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

— Suhbat uchun tashakkur. Fursatdan foydalanib, oldinda turgan mas’uliyatli musobaqalarda bokschilarimizga omad tilaymiz.
— Rahmat. Suhbatimiz so‘ngida barcha sportchilarimizga murojaat qilmoqchi edim. Ayni paytda yuzaga kelgan xavfli koronavirus pandemiyasi sabab mamlakatimizda karantin rejimi joriy qilingan. Sportchilarimiz ham qoidalarga amal qilib, o‘rnatilgan tartibda uyda mashg‘ulotlarni olib borishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim. Belgilangan qoidalarga amal qilsak, ishonamanki ushbu virusdan qutilamiz va yurtimiz bayrog‘ini yanada yuqorilarga ko‘taramiz.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 20:16, 06.04.2020. O'qildi: 2787 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.