Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • 0:2
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • 2:0
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • 2:2
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • 1:0
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • 2:2
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Xetafe
  • Superliga
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • 1:0
      • Xorazm
  • APL
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 2:1
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • 2:1
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • 2:1
      • Chelsi
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 25 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Sevilya 26 30
12 Jirona 26 30
13 Xetafe 25 29
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Javoxir Qahramonov: “Raxim Sterlingni o‘yinlari menga yoqadi”

Baho:
+ | -
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Surxon" matbuot xizmati Javoxir Qaxramonov bilan uyushtirgan suhbatni to‘liq o‘qishingiz mumkin.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida. Nechi yoshda boshlagansiz? Ilk murabbiyingiz kim bo‘lgan?

- Yoshligimdan futbolga qiziqishim yuqori bo‘lgan. Futbolga kirib kelishimda dadamning hissalari katta. Chunki, dadam ham futbolga juda qiziqar edilar va meni 2009 yili Ichki ishlar ta’sarrufidagi «Dinamo-hamkor» jamoasiga olib bordi va u yerda Axmed Eshqurbonov va marhum Ravshan Do‘rmonov qo‘l ostida shug‘ullanishni boshladim. Ushbu jamoa bilan 2009 yili Qashqadaryo viloyatiga futbol musobaqasiga bordik. O‘sha musobaqaga Sergey Lushchan ham kelgan ekan. Musobaqadan so‘ng, men va Elbek Ravshanovni «Bunyodkor» akademiyasiga olib ketgan. Shu tariqa futbolga kirib kelganman.

- Bir necha yillardan beri «Surxon» jamoasi muhlislari sizni «Surxon» jamoasida ko‘rishni xohlashadi. Aytingchi, «Surxon» jamoasidan sizga hech taklif bo‘ldimi?

- «Surxon» jamoasi 2018 yili menga taklif bilan chiqishgan.

- Aynan kim sizni «Surxon» jamoasiga taklif qilgan? Dilshod Nuraliyevmi?

- Yo‘q, Dilshod Nuraliyev meni taklif qilmagan.

- Muhlislarimiz uchun bu qiziq. Agar sir bo‘lmasa kim taklif qilgan?

2018 yili menga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. «Surxon» jamoasi o‘z oldiga Superligaga chiqishni maqsad qilganini, mening ham yordam berishimni so‘rashdi. Menga aytishlaricha jamoaga meni «O‘zbekgidroenergo» bosh direktori Abdug‘ani Sanginov taklif qilgan. Taklifni o‘ylab ko‘rdim. Birinchidan, «Bunyodkor» jamoasi bilan shartnomam bor edi. Ikkinchidan, Superligadan Pro ligaga o‘tishni to‘g‘ri qaror deb bilmadim. Vaziyatni to‘g‘ri tushuntirdim.

- Bu yili «Surxon» jamoasi sizga taklif bilan chiqdimi?

Taklif qilishdi lekin 100% emas. Boshida bir qiziqish bildirishdi. Keyinchalik, ish oxirigacha bormadi. Bunga nima sabab bo‘lganini bilmayman.

- Nega bu yili «Bunyodkor» jamoasini tark etib, «So‘g‘diyona» jamoasi safiga borib qo‘shildingiz? «Bunyodkor» bilan biror kelishmovchilik bo‘ldimi?

Iltimos, shu sir bo‘lib qolsin.

- Nega?

- Boshqa savol bering. (kuladi)

- «Surxon» jamoasi o‘yinlarini kuzatib borasizmi?

- Agarda mashg‘ulotlarimiz yoki o‘yinimizga to‘g‘ri kelib qolmasa albatta kuzatib boraman.

- Karantin vaqtida uyda mashg‘ulotlarni olib borayabsizmi?

Karantin vaqtida uyda imkon qadar mashg‘ulotlarni olib borayabman. Karantinga qat’iy rioya qilayabman. Shu fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizdan ham karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini va ko‘chaga chiqmasliklarini iltimos qilardim.

- Surxondaryolik bir qator futbolchilar bugungi kunda Superliganing turli jamoalarida to‘p surmoqda. Aytingchi, ularning ko‘pchiligi nega «Surxon» jamoasiga kelishni xohlamayotgandek?

Unaqa deb o‘ylamagan bo‘lardim. Nega deganda, hamma futbolchining ham ixtiyori o‘z qo‘lida bo‘lmaydi. Sababi, har bir futbolchining o‘zi o‘ynayotgan klubi bilan uzoq yillik shartnomasi bo‘ladi. Ba’zida futbolchi ketishni xohlasa ham murabbiylar ruhsat bermasligi mumkin.

- Qaysi futbolchining o‘yinlari sizga yoqadi?

- Men ko‘proq Manchester Siti o‘yinlarini kuzatib boraman. Qisqa va uzun to‘p uzatishlar, tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishlari yoqadi. Raxim Sterlingning o‘yinlarini qiziqish bilan kuzataman.

- «So‘g‘diyona» jamoasi bu yili o‘z oldiga qanday vazifa qo‘ygan?

- «So‘g‘diyona» jamoasi bu yili o‘z oldiga kuchli 3 likga kirishni maqsad qilgan. To‘g‘ri, bunga erishish oson bo‘lmaydi. O‘zingiz ko‘rib turibsiz, Superligadagi har bir jamoa o‘ziga yarasha kuchli. Ilk turda «Mash’al»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lganimiz, maqsadga erishishimiz oson bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Lekin shunday bo‘lsada, o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifalarni udallashga harakat qilamiz.

- Vadim Abramov va Ulug‘bek Baqoyev. Qaysi biri kuchli murabbiy?

Ikkalasi ham kuchli murabbiy hisoblanadi. Qaysidir bir murabbiyni kuchsiz deb hisoblash, menimcha notog‘ri.

- Kelajakdagi orzularingiz?

Har bir futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p surishni orzu qiladi. Men ham O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p surishni xohlayman.

- Suhbatimiz so‘nggida muhlislarga tilaklaringiz?

Barcha muhlislarga: «Uyda qoling va karantin qoidalariga qat’iy rioya qiling» deb qolaman. Xudo xohlasa hali hammasi ortda qoladi va yana yashil maydonlarga qaytamiz!

Kiritildi: 16:31, 09.04.2020. O'qildi: 2324 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.