Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Latif Xalimov: «Tokio Olimpiadasidan ham medalsiz qaytmaymiz!»

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yurtimizda koronavirus pandemiyasi sabab e’lon qilingan karantin kunlarida sportchilarimiz uy sharoitida mashg‘ulotlarni davom ettirishyapti.

Albatta, uy sharoitidagi mashg‘ulotlarda barcha karantin qoidalariga to‘liq amal qilinmoqda. Shifokorlar va murabbiylar o‘z shogirdlarini masofadan turib nazorat qilib borishyapti. O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi erkin kurash bo‘yicha terma jamoa murabbiylaridan biri, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati murabbiyi Latif Xalimovdan ayni mavzu yuzasidan intervyu tayyorladi. Latif aka Ixtiyor Navro‘zov, Abbos Rahmonov singari taniqli kurashchilarimizga saboq bergan.

– Latif aka, sportchilarimiz karantin kunlarini qanday o‘tkazishyapti?
– Hozirgi kunda butun Respublika buylab karantin holati joriy etilgan. O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internati kurashchilari va murabbiylari, shuningdek bizlarga biriktirilgan medisina xodimlari bilan birgalikda telegram ijtimoiy tarmog‘ida maxsus kanal ochilib, onlayn ravishda har bir sportchi bilan individual ravishda ish olib borilyapti.

– Lekin baribir bu holatda to‘laqonli mashg‘ulot o‘tkazib bo‘lmaydi. Tabiiyki, bu narsa kurashchilarimizning jismoniy tayyorgarligiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu masalaning yechimi qanday bo‘lyapti?
– O‘ylaymanki, hozirgi olib borilayotgan onlayn mashg‘ulotlar chog‘ida aynan individual jismoniy tayyorgarlikka e’tibor berilmoqda va bu holat kurashchilarimiz uchun ancha foydali bo‘lyapti. Men o‘smirlar terma jamoasidagi kurashchilarning o‘z uylarida olib borayotgan umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarliklarini nazorat qilyapman. Aytishim mumkinki, ularda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilyapti. Shuningdek, bosh murabbiylar va shifokorlar bilan kelishilgan holda kurashchilarning tana haroratini xar kuni kuzatib turibmiz.

– Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatida ham barcha joyda bo‘lgani kabi o‘qish to‘xtatilgan. Lekin hukumatimiz tomonidan masofaviy o‘quv jarayoni tashkil etilgan. Bu jarayonni ham kuzatib boryapsizmi?
– Ha, albatta. Biz Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internati murabbiylari ham o‘quvchi-kurashchilarimiz hamda ularning ota-onalari bilan birga telegram kanali ochganmiz. Aynan shu yerda biz sportchilarimizning o‘z uylarida tayyorlayotgan dars jarayonlarini kuzatyapmiz. Bundan tashqari, o‘quvchilarimizning o‘qituvchilari bilan ham onlayn tarzda qat’iy nazorat-muloqotini o‘rnatganmiz.

– Olimpiadaning kelasi yilga qoldirilishini shaxsan siz, murabbiy sifatida qanday qabul qildingiz? Lisenziya uchun kurashayotgan kurashchilarimiz uchun bu yaxshimi?
– Albatta, afsudaman! Lekin har bir ish taqdir taqozosi bilan bo‘ladi. Hozirgi holat butun kurrai zaminimizning barcha sportchilari uchun bir xil rejim tartibida olib borilmokda. Lekin biz bundan unumli foydalanib qolishimiz kerak deb o‘ylayman. Chunki, oldinda hali ikkita jiddiy lisenzion musobaqa bor. Biz murabbiylar birgalikda ushbu muhim turnirlarga kurashchilarimizni texnik-taktik, jismoniy va psixologik tomonlarini mukammal ravishda tayyorlab borsak, InshaAlloh barcha vaznlarda lisenziyalarni qo‘lga kiritishimizga ishonaman. Kurashchilarimiz har doimgidek, Olimpiya o‘yinlaridan medalsiz qaytmaydi deb o‘ylayman.

– Terma jamoaga nomzodlarni, ya’ni iste’dodli yoshlarni aynan siz faoliyat yuritayotgan sport maskani yetkazib beradi. Shu ma’noda, seleksiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni qanday baholaysiz? Qaysi viloyatlarda ishlar nisbatan sust yo‘lga qo‘yilgan? Qaysi viloyatlarda so‘nggi paytarda o‘sish kuzatilyapti?
– Bu juda o‘rinli savol. Hozirgi kunda mana shu viloyat pastroq, boshqasi ustunroq deb bo‘lmaydi. Biz o‘smirlar terma jamoasi murabbiylari taxlil qilishimizga ko‘ra, oxirgi ikki yil davomida Respublikamizning barcha viloyatlari kurashchilarining natijalari tenglashib bormoqda. Lekin taqqoslaydigan bo‘lsak, Buxoro, Xorazm, Andijon va Sirdaryo viloyatlari kurashchilari qayd etayotgan natijalar oz bo‘lsada ustunroq ko‘rinyapti. Juda yaxshi o‘zgarishlar Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida kuzatilyapti. Yana shuni aytib o‘tishim kerak, so‘nggi paytlarda qolgan viloyat murabbiylari ham bizlar bilan muntazam ravishda bog‘lanishyapti. O‘z kurashchi-shogirdlarini Toshkendagi Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab internatiga olib kelib, mahoratlarini oshirish bo‘yicha ish olib borishyapti.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 07:07, 11.04.2020. O'qildi: 2101 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик