Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zamonamizning eng kuchli murabbiylari (top-10)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz ayni damda dunyoning eng kuchli murabbiylaridan tashkil topgan kuchli o‘nlikni e’tiboringizga havol etadi.

10-o‘rin. Tomas Tuxel (PSJ; Germaniya) va Maurisio Sarri («Yuventus»; Italiya)

Bugungi ro‘yxatimizni o‘z chempionatlarida gegemonlik qilayotgan murabbiylar ochib beradi. Ular o‘z uslubiga ega bo‘lishsa-da, xalqaro musobaqada g‘olib chiqmagunga qadar yangi darajada ko‘tarila olishmaydi. Hatto Sarri hali “Skudetto”ni ham qo‘lga kiritgani yo‘q. Bu murabbiylarning ichki birinchilikda g‘olib chiqishlari muxlislar tomonidan oddiy qabul qilinadi. Bugungi ro‘yxatdagi hamkasblaridan o‘zib ketishlari uchun hech bo‘lmaganda Chempionlar ligasida zafar quchish talab etiladi. Ular boshqarayotgan klublardagi futbolchilar darajasi Yevropada tengsiz bo‘lishni ta’minlashga qodir. Barchasi ularning o‘z qo‘llarida. 

9-o‘rin. Jan Pyero Gasperini («Atalanta»; Italiya)

Yuqorida nomi zikr qilingan murabbiylardan farqli o‘laroq, Gasperinida yulduz futbolchilar yo‘q. Boz ustiga, u boshqarayotgan klub ham so‘nggi yillarda A Seriyada aytarli hech narsani qoyillatmagan edi. Aynan Gasperini bergamoliklarni oyoqqa turg‘azadi. Qo‘l ostidagi o‘rtamiyonayigitlarni Yevropadagi eng sermahsul futbolchilarga aylantirdi. Jamoa tarixida ilk bor YECHLda ishtirok etdi va debyut mavsumidayoq pley-offga chiqdi va “Valensiya”ni dog‘da qoldirdi. Bundan tashqari, jamoaning A Seriyadagi ishlari ham chakki emas. Umuman olganda,Gasperini oddiy masalliqdan ham shedevr taom tayyorlashda davom etmoqda.  

8-o‘rin. Yulian Nagelsmann («RB Leypsig»; Germaniya)

Bu yosh iqtidorli mutaxassisda bir necha yildan so‘ng, ro‘yxatning birinchio‘rnini egallash uchun imkoniyatlari juda va juda yaxshi. Ronaldudan 3 yosh kichik murabbiyning erishayotgan yutuqlari tahsinga sazovor. U o‘zining ikkinchi jamoasi bilan YECHLda ishtirok etmoqda. Avvaliga “Xoffenxaym” bilan YECHLda shov-shuv ko‘targancha guruhda qolib ketgan bo‘lsa, endilikda “RB Leypsig” 1/8 finalda Jozening “Tottenhem”ni musobaqadan chiqarib yubordi. Nagelsmannda o‘sish kuzatilayotganiga bundan ortiq isbot bo‘lmasa kerak.

7-o‘rin. Antonio Konte («Inter»; Italiya)

Konte dunyo futbolida o‘z nomi va o‘yin manerasiga ega murabbiylar qatoriga kiradi. Shunga qaramay, u bir yerda uzoq ishlay olmaydi. Misol uchun “Yuventus”da chempionlik seriyalarini qayd etdi va “Chelsi”ga yo‘l oldi. Keyin APL chempionligi va Angliya kubogida zafar quchgach, yana ortda Italiyaga qatdi. U boshchiligidagi “Inter” o‘zini tiklab oldi va chinakamiga skudetto uchun kurash boshladi. Umuman olganda, Konte zamonamizning eng kuchli mutaxassislaridan biri, biroq dunyoning eng kuchli murabbiy bo‘lish uchun buning o‘zi kamlik qiladi.

6-o‘rin. Maurisio Pochettino (jamoasiz; Argentina)

Kuzda argentinalik murabbiy ishsiz qoldi, biroq o‘zidan yaratuvchi murabbiy nomini qoldirdi. To‘g‘ri, uni birorta sovrin yutmagan deyishingiz mumkin, biroq u qo‘l ostida o‘ynagan futbolchilardagi o‘sishga e’tibor qarating! Maurisio chinakam kreativ murabbiy. U sekin-astalik bilan Angliyadagi eng beqaror jamoani stabil ko‘rinishga olib keldi va hatto YECHL finalida o‘ynadi. Afsuski, navbatdagi sovrinsiz o‘tgan mavsum uning ruhiy xolatiga kuchli ta’sir o‘tkazdi. Shunga qaramay, barchasini o‘nglash uchun unda yetarlicha imkoniyat mavjud.

5-o‘rin. Diyego Simeone («Atletiko»; Argentina)

Dunyodagi eng katta maosh oluvchi murabbiy eng sovrindor murabbiylar qatorida emas.SHunga qaramay, aynan Simeone "matraschilar”ni yangi darajaga ko‘tarilishiga sababchibo‘ldi. Uning qo‘l ostida o‘rtamiyona klub Ispaniyadagi uchinchi kuchga aylana oldi. YECHL finallari, Ispaniya chempionligi Diyegoni hurmat qilish kerakligidan dalolat. Simeone Madrid klubi har jabhada oldinga tortmoqda. Endilikda, "Atletiko” 126 million yevroga futbolchi sotib olishga qodir jamoaga aylandi. To‘g‘ri, Simeonening “avtobus” uslubi ko‘pchilikka yoqmaydi, biroq “Liverpul”ni YECHLdan chiqarib yuborgan klub murabbiyi bilan hisoblashmaslikning iloji yo‘q. 

4-o‘rin.Massimiliano Allegri (jamoasiz; Italiya)

Allegri ayni damda madaniy hordiq olmoqda. “Yuventus”dagi 5 yillik faoliyati davomida 5 ta chempionlik va 4 ta kubokda zafar quchgan murabbiy ikki bor YECHL bosh sovriniga juda yaqin kelsa-da maqsadiga erisha olmadi. Italiyada Turin superklubining mutlaq hokimligini o‘rnatib ketgan murabbiy bugungi kunda dunyo futboliga chetdan nazar tashlamoqda. Obdan mushohada qilib olgan murabbiy katta futbolga yanada kuchli bo‘lib qaytishga juda yaqin turibdi.

3-o‘rin.Zayniddin Zidan («Real»; Fransiya)

Juda kamdan-kam hollarda afsonaviy futbolchilardan yaxshi murabbiy chiqadi. U “Real Madrid” bilan Allegri uddalay olmagan ishni ketma-ket 3 bor uddasidan chiqdi. Keyin Peres bilan mojoro sababli klubdan ketdi. Biroz fursatdan so‘ng, yana qaytdi va barchasini noldan boshladi. Hozircha, u barchasini o‘z o‘rniga qaytarishga harakat qilmqoda, lekin bu ish uchun unga ijrochilar tanqisligi to‘sqinlik qilyapti. Umuman olganda, Zizu tez orada yangi kuchlar bilan dunyo futbolini qayta zabt etish uchun kurashga qo‘shilishi aniq.

2-o‘rin. Xosep Gvardiola («Manchester Siti»; Ispaniya)

Gvardiolaning “Barselona” bilan ko‘rsatgan natijasi ko‘pincha Messining super o‘yini soyasida qolib ketar edi. Endilikda, Pep “Manchester Siti” bilan barchaga aslida yengilmas “Barselona”ning kuchi nimada ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Angliyada mavsum davomida barcha musobaqalarda g‘olib chiqqan va birinchi bo‘lib 100 ochko jamg‘argan murabbiy bugungi ro‘yxatda birinchio‘rinda bo‘lishga haqli, biroq buning uchun u YECHLni “Barselona”siz ham yutishga qodirligi barchaga isbotlab qo‘yishi kerak.

1-o‘rin. Yurgen Klopp («Liverpul»; Germaniya)

Klopp “Liverpul”ni qabul qilib olganida, klub omadsiz transferlardan tashkil topgan jamoa edi desak, “qizillar” muxlislari xafa bo‘lishmasin. Klopp muammoni sekin, biroq izsiz yo‘qotdi. Avvaliga Yevropa finalida o‘ynagan jamoa keyin YECHL finaliga yetib bordi. Kelasi yili esa, uzoq kutilgan chempionlik. APLda 97 ochko chempionlikka kamlik qilgan edi, bu mavsumda raqiblarini yetib bo‘lmas darajada ortda qoldirishdi. Umid qilamizki, APL mavsumni to‘liq yakunlash yo‘lini topadi. Ana shunda, Klopp “Liverpul” muxlislarining 30 yillik orzusini amalga oshirgancha klub tarixida abadiy qoladi.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:19, 18.04.2020. O'qildi: 11062 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.