Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekistonda yangi sport tashkiloti – Fransuz boksi Savat Assosiasiyasi tashkil etildi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yurtimiz aholisi orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, ommaviy sport hamisha diqqat markazda bo‘lgan, shaxsan davlatimiz rahbarining doimiy kuzatuvi va ko‘magida rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, bugungi karantin davrida sportning ahamiyati yanada oshdi, yurtdoshlarimiz salomatlikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligini yana bir karra anglab yetishdi.

O‘zbekistonda turli sport turlari bo‘yicha federasiya va assosiasiyalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ularning soni muntazam ravishda ortib bormoqda. Yangi tashkil etilgan fransuz boksi Savat Assosiasiyasi ham tez orada o‘z muxlislarini topib olishiga shubha yo‘q.

Yaqinda O‘zbekiston fransuz boksi Savat Assosiasiyasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tdi va maxsus guvohnomaga ega bo‘ldi. Shuningdek, assosiasiya O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Yangi assosiasiyaning prezidenti etib “Turonbank” ATB raisi Mirzayev Chori Sadibakosovich, Bosh kotib lavozimiga Xodjayev Shuhrat Arifdjanovich saylanishdi.

Assosiasiyaning ochilish marosimida yangi sport tashkilotining prezidenti Chori Mirzayev so‘zga chiqdi va faoliyatining yangi qirrasi haqida shunday dedi:

“Fransuz boksi Savat chuqur ildizlarga ega bo‘lib, 300 yildan ko‘proq tarixga ega sport turi hisoblanadi. Fransuz boksi Savat 1924 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida rasmiy sport turlaridan biri bo‘lgan va Fransiya davlati milliy merosi hisoblanadi. Sportning yangi-yangi qirralarini ochishga havasmandlar yurti bo‘lgan O‘zbekistonda ham mazkur tarixiy sport turini rivojlantirish maqsadida ushbu sport turi havaskorlari tashabbusi bilan O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” assosiasiyasi tashkil etildi. Bizning asosiy maqsadimiz yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish va sport orqali millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishdir”.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston fransuz boksi “Savat” assosiasiyasining tashkil etilishi, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va asosiysi, yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonlarni shakllantirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shishi shubhasiz. Zero, sog‘lom jamiyat – eng buyuk ishlarga qodir bo‘ladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 23:48, 27.04.2020. O'qildi: 3411 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик