Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keyndan Koutinyogacha. Ushbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan eng shov-shuvli 6 transfer

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dunyodagi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli ayni paytda barcha sport turlari, xususan, futbol musobaqalari ham noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan. Klublar esa yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda o‘z tarkiblarini kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda. U yoki bu futbolchining bir klubdan ikkinchisiga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risidagi mish-mishlarning keti uzilgani yo‘q. Quyida chindan ham boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar to‘g‘risida fikr yuritiladi.

Pyer-Emerik Obameyang  – «Real»

Obameyang Premyer Liganing joriy mavsumida 17 ta gol urdi va bu bilan o‘zining yuqori darajali hujumchilaridan biri ekanini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Uning London klubi bilan shartnomasi tugashiga hali bir yil bor. Aksariyat mutaxassislar London klubining haftasiga 200 ming funt oladigan gabonlik futbolchini saqlab qola olishiga shubha bilan qaramoqda. «To‘pchilar» o‘z futbolchilari maoshlarini qisqartirishga urinayotgan bir paytda Obameyangga «Real»dan ko‘proq maosh taklif etishi amri mahol.

Ispaniyaning Sport nashrida ta’kidlashicha, Madrid klubi Obameyangning transferiga jiddiy qiziqish bildirgan va hujum chizig‘idagi muammoni bartaraf etishda aynan gabonlik futbolchidan foydalanishni maqsad qilgan. Biroq «Arsenal« muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti, ular moliyaviy imkoniyatlarning yaxshilanishidan umid qilgan holda futbolchisini imkon qadar qimmatroqqa sotmoqchi.

Timo Verner – «Liverpul»

Timo Vernerning transferi atrofidagi gap-so‘zlar ancha vaqtdan beri mish-mishdan nariga o‘tmayapti. Hatto ko‘pchilik tomonidan uning qaysi klubga o‘tishi muqarrar ekani ham ta’kidlandi.

Nemis manbalarining yozishicha, Verner mavsum so‘ngida «Leypsig»ni tark etadi va «Liverpul»ga borib qo‘shiladi. Bunda klub mavqeyi va o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilar uchun qanday kurashishni biladigan Yurgen Kloppning muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligi aytilmoqda. Vernerning jadallik bilan ingliz tilini o‘rganayotgani ham bunga misol bo‘la oladi. U o‘zini Premyer Ligada sinab ko‘rmoqchi.

Biroq «Liverpul» uchun hammasi ham unchalik oson kechmasligi mumkin, «Barselona» ham germaniyalik futbolchini sotib olishga bel bog‘lagan va uning vakillari bilan uchrashishga ham ulgurgan.

Ngolo Kante – «Barselona», Filippe Koutinyo – «Chelsi»

Ispaniyaning obro‘li nashrlaridan biri Mundo Deportivo «Chelsi» va «Barselona» o‘rtasidagi ehtimoliy almashinuvni e’lon qildi. Ispaniyalik mutaxassislarning fikricha, «Barsa» haqiqatan ham kuchli va tezkor yarim himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.

Katalon klubi hozirgi kunga moliyaviy qiyinchiliklar girdobiga tushib qolgan. Klub rahbariyati Koutinyo uchun behuda sarflangan 142 million funtni qaytarishning imkoni yo‘qligini yaxshi tushunadi, shu bois qay yo‘l bilan bo‘lsa-da vaziyatdan chiqib ketish kerak. Hozirda braziliyalik futbolchini boshqa klubga ijaraga berib yuborib, uning o‘rniga Kante singari kuchliroq futbolchini olib kelish rejalashtirilmoqda.

Ushbu transferdagi asosiy mantiqsizlik — Kantening «Barselona» o‘yiniga mos tushmasligi va uning pozisiyasida Buskets va Frenki de Yong kabi o‘z ishining ustalari borligidadir.

Londonliklarning ham Koutinyoga ehtiyoj sezayotganiga ishonchi komil emas, garchi futbolchi bundan faqat xursand bo‘lsa-da.

Harri Keyn – «Manchester Yunayted»

Ingliz nashrlarida Keynning tovon puli 200 million funt sterlingga baholanmoqda va u «Old Trafford»ga o‘tishdan faqat xursand bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

Biroq bu kelishuvning muqarrar ekanini anglatmaydi. Mankunianliklarni birinchi navbatda yosh Jeydon Sancho va Jek Grilish qiziqtiradi. Bundan tashqari, klub uchala futbolchi uchun mablag‘ topa olmasligi ham mumkin. Buning ustiga «Tottenhem» rahbariyati agar chindan ham asosiy yulduzini sotadigan bo‘lsa, buni faqat chet el klublariga amalga oshirmoqchi.

Manbalar esa Keynning «Manchester»ga o‘tishni istayotganiga ishontirmoqda. Transferning 2021 yilda amalga oshish ehtimoli ham yo‘q emas.

Lautaro Martines – «Manchester Siti»

Angliyaning eng og‘ir «vazn»li nashrlaridan sanalmish The Sun’ning yozishicha, «Man Siti» birinchilardan bo‘lib Martinesning tovon pulini (97, 5 million funt sterling) to‘lashga rozilik bergan va aynan u Serxio Agueroning o‘rnini bosishiga ishonmoqda.

Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda ham Aguero hamda Gabriyel Jesuz «Siti»ning asosiy hujumchilari bo‘lib qolaveradi. Lautaro Martinesning esa «Barselona»da Antuan Grizmanning o‘rnini egallashi haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:36, 30.04.2020. O'qildi: 9659 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик