Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xurshidbek Muxtorov: “Navbahor” tarkibida OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish niyatidaman”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/uzpfl/players
Rukn: Intervyular
A A A

Barcha sportchilar singari futbolchilar ham karantin davrini o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazishmoqda.

Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, “Navbahor”ning  mahoratli himoyachisi Xurshidbek Muxtorov bilan telefon orqali bog‘lanib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Karantin davrini qanday o‘tkazyapsiz? Futbolni sog‘indingizmi?

- Barcha futbolchilar singari karantin paytini uyda, oilam davrasida o‘tkazyapman. Jamoamiz murabbiylar shtabining mashg‘ulotlar jadvali asosida uyda yakka tartibda mashqlarni bajaryapman.

Ayni paytda yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalangan holda, oilam davrasida ko‘proq bo‘lish, suhbatlashishga intilyapman. Boisi, biz – futbolchilarning asosiy vaqtimiz ko‘proq safarlarda kechadi hamda oila davrasida kam bo‘lamiz.

Menimcha, har qanday futbolchi futbolni sog‘insa kerak.

Ammo birinchi navbatda sog‘liqni asrash kerak va karantin ham shu niyatda e’lon qilindi.  

Xudo xohlasa, ushbu sinovli kunlar tezda ortda qolib, barchamiz yana millionlar o‘yinidan bahramand bo‘lamiz, degan umiddaman.          

Karantindan so‘ng, futbolchilarning jismoniy holatlarini tiklash qiyin kechmaydimi?

- Yakka tartibda mashqlar olib borish bilan jamoaviy tarzda mashg‘ulotlarda ishtirok etishning katta farqi bor, albatta.

Shu bois, yuzaga kelgan karantin davri futbolchilarning jismoniy holatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bor gap.

Biroq, Superliga bahslari davom ettirilsa, Xudo xohlasa, asta – sekin jismoniy holatimizni tiklab olamiz, degan umiddaman.     

Karantin davri yakunlaganidan keyin davom ettiriladigan Superliga bahslarida sensasiyalar yuzaga kelishi ehtimoliga qanday qaraysiz?

- Karantin tugaganidan so‘ng, barcha jamoalarning imkoniyatlari teng, bir xil kuchga ega bo‘ladi. Bunday holatda esa sensasiyalar yuz berishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bunday holat yuz bersa ajablanishga hojat yo‘q.

Axir, millionlar o‘yini sensasiyalar bilan qiziqarli-ku!   

Sizningcha, joriy mavsumda “Navbahor”ga sovrinli o‘rinlar uchun kurashda qaysi jamoalar asosiy raqib bo‘lishi mumkin?

- Qayd etib o‘tganimdek, karantin davri yakunlanganidan keyin barcha klublar teng kuchga ega bo‘ladi. Shunday ekan, har qanday jamoa “Navbahor”ga munosib raqib bo‘la oladi hamda o‘yinlar  oson kechmaydi.

Shuningdek, Superligada kuchsiz klub yo‘q. Shunday ekan, har bir o‘yinda maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushamiz.     

Bolaligingizda kumiringiz kim bo‘lgan? Hozirgi futbolchilardan qaysinisiga havas qilasiz?

- Bolaligimda xorijliklardan Ronaldinyo, Zidan va Bekxem, o‘zimizning futbolchilardan esa Maksim Shaskix, Aleksandr Geynrix hamda Odil Ahmedovning o‘yinlarini ko‘p tomosha qilardim va ularga havas qilardim.

O‘z pozisiyamda o‘ynaydigan o‘yinchilardan “Real”ning braziliyalik futbolchisi Marselo hamda bir paytlari “Manchester Yunayted”da to‘p surgan fransiyalik Patris Evraning o‘yinlarini ko‘proq tomosha qilardim.  

Mazkur futbolchilardan Marselo va Odil Ahmedov hozir ham to‘p surishmoqda. Tabiiyki, ularning o‘yinlarini kuzatishga harakat qilaman.   

- Joriy mavsumda “Navbahor”ning oldiga Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yildi. Jamoaning ushbu maqsadni amalga oshirish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- “Navbahor”ning ayni paytdagi tarkibi ushbu vazifani amalga oshirishga qodir. Boisi, jamoa safidan mamlakatimizning eng mahoratli hamda tajribali futbolchilari, shuningdek, legionerlar o‘rin olishgan.

Bundan tashqari, “Navbahor”ni o‘z davrining mashhur o‘yinchilaridan biri bo‘lgan rossiyalik mutaxassis Andrey Antanasovich Kanchelskis boshqarmoqda.

Shuningdek, klub rahbariyati, jumladan, Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbayevich Bozorov, klub vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda.

Men ham “Navbahor” tarkibida OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish niyatidaman va jamoa tarkibiga shu maqsadda qo‘shildim.

Barchamiz ushbu yuksak maqsad yo‘lida birlashib, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarib, muxlislarga quvonch ulashamiz, degan umiddaman.

Nima uchun aynan himoyachi bo‘lgansiz. Axir, himoya chizig‘i a’zolariga boshqa amplua vakillariga qaraganda, maydonda ancha qiyin bo‘ladi-ku!

- Bolalikdan murabbiylar meni himoya chizig‘iga qo‘yishgan. Oldin markaziy himoyada o‘ynardim. Keyinchalik chap qanot himoyasiga o‘tdim. To‘g‘ri, himoyachiga qiyin. Boisi, raqibning ko‘plab xavfli hujumlarini bartaraf etib, uchrashuv yakunida bitta xatoga yo‘l qo‘yib, sizning aybingiz bilan jamoangiz darvozasiga gol urilsa, muxlislarga yomon ko‘rinishingiz mumkin. Shu bois, biz – himoyachilar o‘yinlarda iloji boricha xatoga yo‘l qo‘ymaslikka intilamiz.

Himoyachi sifatida “Darvozabon – yarim jamoa” degan gapga qanday qaraysiz?

- Haq gap. Boisi, ortingizda tajribali yoki mahoratli, shuningdek, ishonchli posbon bo‘lsa, maydonda o‘zingizni erkin his qilasiz hamda qo‘rqmay to‘p sura olasiz.

Jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupov mamlakatimizning tajribali darvozabonlaridan biri. Shu bois, biz – himoyachilar maydonda o‘zimizni erkin his qilgan holda o‘ynaymiz.  

Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?

- Ayni paytda yurtimizda muqaddas Ramazon oyi hukmron. Jamoamiz ishqibozlariga ushbu muborak oyda tutgan ro‘zalari va ibodatlarini Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilab qolaman.

Fursatdan foydalanib, jamoamiz muxlislaridan yana shuni iltimos qilardimki, bu yil ham “Navbahor”ga muxlislik qilishdan charchashmasin. Biz esa sizlarning ishonchingizni oqlashga intilamiz.

Baxtimizga muxlislar hamisha sog‘ bo‘lishsin.

 Ma’lumot uchun

Xurshidbek Muxtorov – 1994 yil 9 fevralda Guliston shahrida tug‘ilgan.

Futbol bilan 9 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Birinchi murabbiyi – Mahmud Abduraimov.

Guliston BO‘SM va “Paxtakor” BO‘SMda tahsil olgan.

Ampluasi – himoyachi.

O‘ynagan jamoalari: “Guliston” (Guliston, 2013 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2014 – 2015 yillar va 2016 yilning 1-davrasi), “So‘g‘diyona” (Jizzax, 2015 yilning 2-davrasi), “Olmaliq” (Olmaliq, 2016-2017 yillar va 2018 yilning 1-davrasi), “Nasaf”  (Qarshi, 2018 yilning 2-davrasi – 2019 yil).

2020 yildan “Navbahor”da.

Muxlislik qiladigan jamoalari: “Liverpul” (Angliya), “Real” (Ispaniya).

Havas qiladigan futbolchilari: Marselo va Odil Ahmedov.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Kiritildi: 12:22, 07.05.2020. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик