Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 yilga qoldirilgan Olimpiya o‘yinlari tashkilot uchun 800 million AQSH dollariga tushadi. Bu haqida XOQ prezidenti Tomas Bax ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu qayta rejalashtirish hisob-kitoblari bo‘yicha xulosaga kelingan birinchi taxmin. Yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larning 150 million dollar miqdoridagi qismi Xalqaro federasiyalar va Milliy olimpiya qo‘mitalarini zarur moliyalashtirish ishlari uchun ajratiladi.
“Ijroiya qo‘mitasining asosiy e’tibori “Biz bu yerga boramiz” ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan Tokio o‘yinlari to‘g‘risidagi hisobotda bo‘ladi. Undagi mutaxassislar guruh a’zolari xavfsizligini ta’minlash uchun javob beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun biz Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa manfaatdor tomonlar bilan aloqa o‘rnatmoqdamiz. Biz tashkiliy qo‘mita va Yaponiya hukumati bilan birdammiz. Asosiysi, 2021 yil 23 iyuldan boshlanishi kutilayotgan Olimpiadaning muvaffaqiyatli o‘tishiga shubha qilmaymiz”, – dedi Tomas Bax.
Qolaversa, Bax 800 million AQSH dollari koronavirus inqirozining moliyaviy oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishini aytib o‘tdi. XOQ rahbari, shuningdek, agar koronavirusga vaksina topilmaydigan bo‘lsa, Olimpiada butunlay bekor qilinishi ehtimoli borligini ham ta’kidladi.
XOQning kelgusi onlayn Ijroqo‘m yig‘ilishlari 10 iyun, 15 va 22 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.