Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tibo Kurtua: «Ayni holatda «Barsa»dan kuchliroqmiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» vakillari ham ko‘pchilik qatori mashg‘ulotlar jarayoniga qaytishdi. Bundan foydalangan RTVE muxbirlari jamoaning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtuani suhbatga tortib, uning karantin davrida nimalar bilan shug‘ullanganiga qiziqishdi. Mohir kiper esa mashg‘ulotlar maydoniga qaytgan kungi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

La-Ligadagi natijalar

- Har qanday holatda ham, chempio­natni oxiriga yetkazib qo‘yish shart: g‘olib jamoaning barcha uchrashuvlar natijalariga ko‘ra, aniqlanishi maqsadga muvofiq. Aks holda, adolat buzilgan hisoblanadi. To‘g‘ri, faqat «Liverpul» bilan bog‘liq holatni tushunish mumkin. Chunki Angliya chempionatida peshqadam va asosiy ta’­qibchi ochkolari o‘rtasida mislsiz darajada yirik farq yuzaga kelgan. Yo‘q, agar La Liganing qolgan uchrashuvlari o‘tkazilmasa, unda chempionlik maqomini «Real»ga berish kerakligi xususida hech qachon gapirmaganman. Garchi oxirgi marta  «Betis»­ga imkoniyatni boy berib, turnir jadvalida 2-o‘ringa surilgan bo‘lsakda, jamoamiz ayni payt juda yaxshi sport formasida. Shuni nazarda tutib, bemalol aytishim mumkin - hozir 2 ochkoga orqada qolayotganimizga qaramay, «Barsa»dan  kuchliroqmiz! Agar qolgan 11ta tur uchrashuvlari o‘tkazilsa, ularda muvaffaqiyatli to‘p surishimiz va oltin medalni qo‘lga kiritishimizga ishonish uchun yetarli dalillarga egaman.

Asensio va Azarga munosabat

- Karantin payti Eden Azar bilan doimiy aloqada bo‘lib turdim. Uning yaxshi sport formasida ekanligiga aminman. Avvalgi yozda ortiqcha vazn orttirgani yaqqol sezilib turgandi, hozir esa hammasi joyida. O‘ylaymanki, Eden maydonga tushish onlarini sabrsizlik bilan kutmoqda. Yakka tartibdagi mash­g‘ulotlarning unga qo‘l kelgani aniq - bu hol Edenga jarohatdan bemalol qutulish imkoniyatini taqdim etdi. Bilishimcha, Markoning holati ham chakki emas. Undagi ishtiyoq yanada kuchliroq, axir o‘tgan yozdan buyon jarohat tufayli maydonga tushgani yo‘q va futbolni rosa sog‘ingani tayin.

Chempionlik taqdiri

- Biz «Real Madrid»miz va doimo barcha musobaqalarda faqat g‘oliblikka intilamiz. O‘zimizni yaxshi his etyapmiz, jamoa jangovar holatda, barcha yigitlar safga qaytishdi. Bular - jamoaga to‘liq ishonishimga asos. Shubha yo‘q, ishonch so‘nggi uchrashuvning so‘nggi soniyasigacha yo‘qolmaydi. Ha, hozir nostandart vaziyatdamiz, bo‘sh tribunalar ostida o‘ynashga,  sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishga majburmiz. Lekin nima bo‘lishidan qat’iy nazar, oxirigacha kurashamiz, albatta.

E’tibor muhim

- Albatta, futbolda konsentrasiya - e’tibor juda muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri, haftalab mehmonxonada yashash oson emas. Lekin bunga yevrokuboklardagi ishtirok davrida ko‘nikib ulgurganmiz. Chempionatni yakunlash yo‘lida shunday qarorga kelindimi, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyormiz.

 «Alfredo di Stefano»dagi  o‘yinlar

- Valdebebas - klubimiz bazasi. Bu yerda o‘zimizni ancha yengil tutamiz. Albatta, «Bernabeu»ni sog‘inib qolgandik. Lekin hozirgi sharoitda shunisi ma’qulroq. Qolaversa, afsona nomi bilan yuritiladigan stadion ham chakki emas.

Mashg‘ulotlarga qaytish

- Avvalo, murakkab oylarni boshdan kechirgan ispaniyaliklarga hamdardlik bildirmoqchiman. Odatiy turmush tarziga qayta boshlaganimiz, mashg‘ulotlarga kirishganimiz yoqimli, albatta. Ammo yangi qoidalar biroz ajablanarli. Eng muhimi, yana mashg‘ulotlar maydonidamiz - bu barchamizni to‘lqinlantirmoqda.

Qo‘shimcha qoidalar

- Ha, La Liganing yangi qoidalariga amal qilishimiz lozim: futbolchilar o‘z xonalarida kiyinadilar, shuningdek, hamma qo‘lqop va niqob bilan 2 metrli oraliq masofani saqlagan holda yuradi. Barcha jihozlar dezinfeksiya qilinadi. Nima derdim, asta-sekin barchasiga ko‘nikamiz.

Jamoadoshlar bilan ko‘rishish

- Ma’lum vaqt bir-birimizdan olisda yurdik, lekin o‘zaro raqobat avvalgidek (kuladi). Yagona maqsad - La Ligada zafar quchish yo‘lida ter to‘ka boshlagan hamjihat jamoa ruhini his etish.

To‘p dezinfeksiyasi

- Darvozabonlar murabbiyi qo‘lqoplar va to‘plarni dezinfeksiya qilishi lozim. Biz qo‘lqoplarimiz va butsalarimizni stul ustida qoldiramiz, ularni dorilab qo‘yishadi. Hozircha bu g‘alati tuyulmoqda, lekin o‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan hammasi ijobiy tomonga o‘zgaradi.

Qo‘rquv hissi

- Shaxsan menda qandaydir qo‘rquv yo‘q. Ammo qoidalarga qat’iy rioya qilamiz, baribir. Chunki virusni yuqtirib olishni istamaymiz, normal turmush tarziga qancha tez qaytsak, shuncha yaxshi. Axir futbol biz uchun boshqa kasb egalari yumushidan farqlanmaydigan ish turi hisoblanadi.

Tomoshabinlarsiz o‘yinlar

- Futbolchilar muxlislar bilan liq to‘lgan tribunalar qarshisida, o‘ziga xos muhit, hayqiriq va qo‘shiqlar jo‘rligida ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surishni istaydilar, albatta. Biroq hozircha buning iloji yo‘qligini yaxshi tushunib turibmiz. Shunday ekan, kun sayin yangi mezonlarga ko‘nikib, moslashib borishimiz lozim. Eng asosiysi - virus tahdididan qutulish.

Videoo‘yinlar - ermak

- Virtual o‘yinlarni yoqtirishim rost. Deylik, oxirgi ikki yil davomida asosan «Formula-1» ilovasini o‘ynadim - taniqli poygachilar bilan kuch sinashish o‘ta qiziqarli. Shu asnoda uyda qamalib qolgan yaqinlarimni zeriktirmaslikka harakat qildim. Uyimning katta ekanligi, bog‘i ham borligi - ayni muddao.

Uy mashg‘ulotlari

- Uydagi sharoit tamoman o‘zgacha, lekin mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga intildim. Karantin arafasida uyda foydalanish uchun ayrim jihozlarni mashg‘ulotlar zalidan so‘rab olgandim. Bundan tashqari, to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan va kuchli zarba yo‘llaydigan do‘stim bor. Asosan u bilan birga shug‘ullanib, darvozabonlik ko‘nikmalarini me’yorda ushlab turdim.

Ijtimoiy ko‘mak masalasi

- Hozirgi og‘ir damlarda muhtojlarga yordam berish lozim. Biz xayr­li ishlarni jamoa bo‘lib amalga oshiryapmiz. O‘z o‘rnida, Serxio Ramos va YUNISEFga tashabbus uchun rahmat. Shuningdek, Isko va onlayn-turnirlar tashkilotchilariga ham. Ular tufayli ma’lum mablag‘ to‘pladik va hozir ham ishni davom ettir­yapmiz.

Musobaqalarga qaytish

- O‘zimni yaxshi his etyapman, binoyidek sport formasidaman. Jamoadoshlarim ham maydonga qaytish onlarini sabrsizlik bilan kutishmoqda. Dastlabki uchrashuvga 100 foiz tayyorgarlik bilan tushamiz. Mana, Asensio va Azar safga qaytishdi, bosh sovrinni qo‘lga kiritish yo‘lidagi kurashda tarkibimizning to‘liq va jangovar holda bo‘lishi muhim.

Tug‘ilgan kun tilaklari

- Inson hayotidagi eng muhim boylik - salomatlik. Shuningdek, avvalgi darajadan qolishmaydigan saviya­da o‘ynash va nufuzli sovrinlarga ega chiqishni istayman. Tug‘ilgan kun uchun tilaklarim shular...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 24.05.2020. O'qildi: 4146 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик