Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maydonga tuflash bu shunchaki odatmi yoki zaruriyat?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbolchining maydonga tuflashi masalasi Coca Cola Superligasi uchrashuvlarini qayta tiklash jarayonlari davom etayotgan vaqtda alohida ko‘rib chiqildi. Boisi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi bu masalaga jiddiy e’tibor qaratdi.

Yakuniga yetgan ikki tur o‘yinlarida barchamiz uchun yangilik — maydon chetlariga o‘rnatib chiqilgan tufdonlar bo‘ldi. Chunki pandemiyaga qadar futbol maydonlari tufdonlarga ehtiyoj sezmasdi. Hozir esa vaziyat o‘zgargan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL barcha futbol klublari a’zolari bilan birma-bir uchrashib, vaziyatni tushuntirdi. Gigiyena qoidalariga ham to‘g‘ri kelmaydigan bu odatdan qutilish birinchi navbatda ularning sog‘lig‘i uchun kerak.  

Xo‘sh, savol tug‘iladi: tuflash bu zaruriyatmi yoki odat? Bundesliga va APL bu masalaga jiddiy yondoshmoqda, FIFA ham futbolchilarning bu odatini tartibga solish kerakligini aytmoqda. Jumladan, FIFA medisina qo‘mitasi vakili Mishel D’Xoge futbolchilar o‘yin vaqtida ayrim odatlaridan voz kechishi kerakligini, birinchi navbatda maydonga tuflashni taqiqlash kerakligini aytdi: “Bu futboldagi odatiy holat, ammo gigiyenaga zid odatdir. Birinchi navbatda undan voz kechish kerak, buning uchun hatto sariq kartochka ko‘rsatish lozim”.

Kembridj universiteti virusologi Yan Brayerli bu borada shunda deydi: “Agar simptomsiz bemor maydonga tuflasa, bu virus tarqalishi uchun potensial tashuvchiga aylanishi mumkin”. Oddiy sxema: SARS-CoV-19 tashqi muhitda uch soatgacha tura olishi hisobga olinsa, virus maydon chimidan to‘pga, butsalarga, kiyimga va qo‘lga o‘rnashishi, ulardan ko‘z, burun va og‘iz shilliq qavatlariga tushishi mumkin. Tabiiyki, ular orqali insonga infeksiya yuqishi oson.

Futbolchilarning o‘zi bu holatni ikki xil sabab bilan izohlamoqda. Birinchi sabab — futbolchi butun o‘yin davomida harakatda bo‘ladi va tabiiyki, yugurish jarayonida tomoq qurib qoladi. Ikkinchidan esa quruq tomoq nafas olishni qiyinlashtiradi. Bu kabi omillar tushunarli, ammo atrofdagilarning sog‘lig‘i birinchi navbatda va albatta sport sog‘lom turmush tarzi garovi bo‘lishi shart. Shu sababli ham medisina olami maydonga tuflash zaruriyat emas, bu shunchaki futbolchilarning zararli odati deya baholamoqda.

Futbolchining o‘yin davomida doimiy harakatda bo‘lishi, uning virus va har qanday infeksiyaga nishon ekanligini anglatadi. Biz tuflash yoki tomoqni chayish zaruriyatini inobatga olib, maydonlarga bir nechta tufdonlar o‘rnatdik. Shuningdek, har bir futbolchi uchun alohida idishda suv va albatta alohida sochiqlar taqdim etish ham vaziyatni yengillashtiradi. Bu bilan virus yoki infeksiya yuqtirishning oldini olish mumkin.

Bugunga kelib biz futbol mavsumidagi kamida uch oyni boy berdik. Ya’ni, biror klubda zararlangan futbolchi yoki personal aniqlansa, bu bizga qimmatga tushishi mumkin. Chunki O‘zPFL oldida futbol mavsumini eson-omon yakunlab olish vazifasi turibdi. Agar biror futbolchida zararlanish holati aniqlansa, klub Vazirlar mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176 hamda 254-qarorlari bilan karantinga olinadi. Bu esa tabiiyki, O‘zPFLni ham, liganing qolgan jamoalarini ham murakkab vaziyatda qoldiradi. Shundan kelib chiqib, har bir futbol klubi yuqorida ko‘rsatilgan masalaga, shuningdek, O‘zPFL hamda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi o‘rtasida imzolangan sanitariya-gigiyena qoida va me’yorlariga qat’iy amal qilishi shart. 

Alisher Aripov, O‘zPFLda futbolchilar salomatligi uchun mas’ul shifokor 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:11, 23.06.2020. O'qildi: 3332 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик