Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga klublarining uy o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar yoritish tizimi ko‘rsatkichlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ma’lumki, mamlakat chempionati yuqori divizionida ishtirok etuvchi futbol klublari har yili lisenziyalash jarayonidan o‘tkaziladi. Joriy yildan e’tiboran O‘zbekiston Professional futbol ligasi Pro liga klublarining ham barchasini mazkur jarayonga jalb etgan holda klublarimizning umumiy infratuzilmasini bosqichma-bosqich yaxshilab borish, Pro liga ishtirokchilarini tashkiliy tuzilma jihatidan Coca Cola Superliga vakillariga yaqinlashtirish amaliyotini joriy etmoqda.

Lisenziyalash Reglamentiga asosan klub uy o‘yinlarini qabul qiladigan stadion OFK va O‘zPFL tasarrufidagi klublar musobaqalarini o‘tkazadigan stadionlar uchun maxsus qoidalarda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi shart sanaladi.

Xususan, Stadionlar to‘g‘risida Nizomda belgilangangan eng muhim jihatlardan biri – bu stadionda qoniqarli yoritish tizimining ta’minlangani sanaladi. Zero yorug‘lik darajasining yuqori bo‘lishi o‘yinni bevosita stadiondan kuzatadigan muxlislarga, shuningdek maydondagi vaziyatlarni yoritib boruvchi fotosuratchilarga qulaylik yaratadi, qolaversa uchrashuv teletranslyasiyasi yanada sifatli bo‘lishini ta’minlaydi.

Stadionlar to‘g‘risida Nizomda stadion minimal talab qilingan gorizontal yorug‘lik darajasi kamida 1200 lyuks bo‘lgan yoritish tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi lozim ekani belgilangan.

Mavsum oldidan stadionning yoritish guvohnomasi taqdim etiladi. Lekin O‘zPFL mavsum davomida ham stadionlar yoritish tizimi talab darajasida saqlanib turganini tekshirib boradi. Coca Cola Superliganing ortda qolgan turlari davomida yuqori divizionimiz klublarining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionlarida yoritish tizimini o‘lchash ishlari olib borildi.

Unga ko‘ra, yorug‘lik darajasi eng baland yoritish tizimiga ega stadion “Bunyodkor” o‘yingohi bo‘lib turibdi. “Bunyodkor” futbol klubi uy o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionda yorug‘lik darajasi o‘rtacha 1900 lyuksni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Navoiydagi “Yoshlar” sport majmuasi, “Buxoro” stadioni, Qarshi va Namangandagi “Markaziy” o‘yingohlar, “So‘g‘diyona”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” stadionlarida ham yorug‘lik darajasi talab darajasida.

Superliga klublari stadionlari yoritish tizimi ko‘rsatkichlari

Klub

Stadion

O‘rtacha LUX o‘lchami

O‘lchangan sana

1

BUNYODKOR

“Bunyodkor”

1900

25.06.2020

2

QIZILQUM

“Yoshlar” sport majmuasi

1700

13.06.2020

3

BUXORO

“Buxoro”

1600

25.06.2020

4

NASAF

“Markaziy”

1500

14.06.2020

5

NAVBAHOR

“Markaziy”

1500

19.06.2020

6

SO‘G‘DIYONA

“So‘g‘diyona”

1500

14.06.2020

7

PAXTAKOR

  “Paxtakor”

1400

14.06.2020

8

LOKOMOTIV

“Lokomotiv”

1300

17.06.2020

9

AGMK

OKMK sport majmuasi

1000

19.06.2020

10

METALLURG

“Metallurg”

900

26.06.2020

11

MASH’AL

“B. Vafoyev”

200

15.06.2020

12

ANDIJON

“Sog‘lom avlod”

200

20.06.2020

13

SURXON

“Surxon” sport majmuasi

100

14.06.2020

14

QO‘QON-1912

“Markaziy”

100

18.06.2020

 

 

Olmaliq va Bekoboddagi stadionlar yoritish tizimi esa uzog‘i bilan bir yil muddatga beriladigan yoritish guvohnomasida taqdim etilgan ko‘rsatkichlardan biroz pastlagani, yoritish tizimi qayta sozlanishi lozim ekani ma’lum bo‘ldi. Zero maydondagi 15 ta nuqtada olib borilgan o‘lchash ishlari yorug‘lik maydonning turli nuqtalariga turlicha tushayotganini ko‘rsatdi.

Muborakdagi “Bahrom Vafoyev” nomli stadion, Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadioni, Termizdagi “Surxon” sport majmuasi hamda Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohlar yoritish tizimi esa talab darajasidan ancha past. Bu borada mazkur stadionlarda uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan klublarga yoritish tizimini talab darajasiga yetkazish lozim ekani ma’lum qilindi.

Shu o‘rinda alohida qayd etish joizki, Osiyo Futbol Konfederasiyasi 2021 yildan boshlab qit’a miqiyosida tashkil etiladigan musobaqalar o‘tadigan stadionlarda yoritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish borasida ish olib bormoqda.

Xususan, endilikda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi o‘yinlarini qabul qiladigan stadionlarda yorug‘lik darajasi 1800 lyuksdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Bu ko‘rsatkich OFK kubogi guruh bosqichida 1400 lyuksni tashkil qiladi.

Shu boisdan xalqaro musobaqalarda qatnashishni o‘z oldiga maqsad qilgan klublarimiz ham kelasi mavsumga qadar stadion yoritish tizimini yanada yaxshilash bo‘yicha ish olib borishlari lozim bo‘ladi.

Kelasi mavsumdan e’tiboran yorug‘lik darajasi 1200 lyuksdan kam bo‘lgan stadionlarda uchrashuvlar o‘tkazishga aslo ruxsat berilmaydi.

Zoxirjon Akramxonov, Klublarni lisenziyalash va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

Jahongir Rahmatullayev, Sport inshootlari bo‘yicha bosh mutaxassis

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:02, 30.06.2020. O'qildi: 3137 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.