Rossiya Federasiyasining Qozon shahri 2022 yilgi Qishki maxsus Olimpiadani qabul qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda ushbu musobaqalarning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Tatariston poytaxtida o‘tadigan turnir 2022 yilning 22-28 yanvar kunlariga belgilandi. Ta’kidlash joiz, ana shunday xalqaro sport musobaqalari Rossiyada birinchi marta o‘tkaziladi.

Qishki maxsus Olimpiya o‘yinlarida 108 mamlakatning 2 ming sportchisi ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda. Musobaqalarni tashkil etishga 3 ming nafar ko‘ngillilar jalb etiladi, 4 ming kishi O‘yinlarning faxriy mehmonlari bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qishki maxsus Olimpiya o‘yinlari 1986 yildan beri o‘tkaziib kelinmoqda. Ushbu musobaqalarda intellektual rivojlanishda muammolari mavjud bo‘lgan sportchilar ishtirok etadi. Har ikki yilda o‘tkaziladigan bu turnirda sakkiz yoshdan kattalar qatnasha oladi.

Qishki maxsus Olimpiya o‘yinlari dasturiga sportning yetti turi – snoubord, florbol, tog‘ chang‘isi, chang‘i poygasi, figurali uchish, short-trek va qor hovonchalarida yugurish kiradi.