Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar (top-5)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Aslida ayni damga kelib allaqachon YECHL musobaqasi yakun topgan, Yevropa chempionati ajv pallasiga kirgan bo‘lishi lozim edi. Ushbu musobaqalar katta ehtimol bilan “oltin to‘p”ning taqdirini hal etishi lozim bo‘lgan bir vaqtda pandemiya barchasini barbod qildi. Yuzaga kelgan muammo sababli yevrokuboklar kichik turnir rejimida yakunlanadigan ko‘rinadi. Yevropa chempionatining kelasi yilga qoldirilishisababli, ushbu kichik turnir g‘olibi “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, Stadion.uznufuzli sovrin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan futolbolchilar beshligini taqdim etadi.

LionelMessi (“Barselona”)

Leoni hech qachon yoddan chiqarmaslik lozim! U har qanday holatda ham “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolaveradi. Uning yer yuzida millionlab muxlislari mavjud. Aynan shu muxlislarning bosimi vaziyatni argentinalik futbolchining foydasiga hal etishi hech gap emas. O‘tgan mavsumda Leo YECHLda zafar quchmasada, Kopa Amerika musobaqasida omadsizlikka uchrasada oltinchi bor sovrinni qo‘lga kiritgani yodingizda ko‘tarilmadimi? Vaholanki, Virjil Van Deyk o‘sha yili Leoni maydonda mag‘lub etgan edi. Bu omil Messini so‘rovnomada g‘olib chiqishiga to‘sqinlik qilgani yo‘q. “Barselona”ning Ispaniya chempionligi sari qadamlari tobora sekinlashib bormoqda, biroq Yevropa chempionlar ligasidagi zafarli yurishdan umid uzilgani yo‘q. Shu sababli, agar “Barselona” Primerodagi bor alamini Yevropa yashil maydonlariga to‘ksa, katta ehtimol bilan Leo 7-bor ushbu sovringa ega chiqadi.

Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”)

Ronalduning yoshi o‘tib bormoqda, biroq bu narsa maydonda sira sezilayotgani yo‘q. Qahramonimiz yuqori darajada professionallikni yo‘qotganicha yo‘q. Kuchni to‘g‘ri taqsim qilish orqali Ronaldo mavsumni bir tempda o‘tkazishga muvaffaq bo‘lmoqda. Boz ustiga, yuzaga kelgan pauzadan Ronaldu zarar ko‘rgani yo‘q. U sport formasini yaxshi saqlab qolgan. Tan olish lozim, Ronaldu muhim uchrashuvlarda doimo o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata oladi. Kichik turnir shaklida o‘tkazilgan musobaqada “Yuventus” bor kuchi bilan oldinga intilsa, KriRo “oltin to‘p”lar borasida Messi bilan tenglashib olishi hech gap emas.

Shunga qaramay, “Yuventus” avvaliga “Lion” to‘sig‘idan o‘tib olishi lozim. E’tiborli shundaki, “Lion” jamoasi milliy chempionat to‘xtatilgani bois, allaqachon sport formasini to‘liq boy berib bo‘lgan. Jamoa ichki muhiti ham havas qilarli darajada emas. Umuman olganda, “Yuventus” Lissabonga ko‘chib o‘tishi uchun “Lion” ortiqcha qarshilik ko‘rsata olmasa kerak. Agar Turin superklubi kichik musobaqa ishtirokchisiga aylansa, Ronaldu o‘zi uchun qadrdon maydonda “oltin to‘p” va YECHL oltin medali uchun chinakam kurash olib boradi. Tug‘ma jangchi bo‘lgani bois, Krish istalgan og‘ir uchrashuvni ham bir o‘zi hal etishi hech gap emas. Portugaliyalik futbolchi yangi yildan so‘ng, 18 ta o‘yinda ishtirok etdi va 18 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Krish o‘zining optimal formasiga kirib bo‘ldi. Messi bilan o‘rtadagi hisob-kitobni tenglashtirish uchun “Yuventus” YECHLda “Barselona”dan uzoqroq borishi ham kifoya qilishi mumkin. Barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”)

Yurgen Klopp “Yuventus” va “Barselona”ning YECHLdagi imkoniyatlarini “Manchester Siti” va “Bavariya”nikidan ancha past hisoblashini yashirib o‘tirmayapti. Darhaqiqat, Setyen va Sarrining jamoalarida ichki muhit havas qilib bo‘lmaydigan ahvolda. Bundan tashqari, bu murabbiylarda YECHL borasida hech qanday tajriba mavjud emas. Setyen murabbiylik faoliyati davomida bu musobaqada ishtirok ham etmagan.

Bejizga “Manchester Siti” jamoasi alohida qayd etilmayapti. “Siti” APL poygasida ikkinchi bo‘lgach, bor kuch va motivasiyani Yevropani zabt etishga qaratishi turgan gap. Gvardiola o‘z shogirdlariga o‘z uslubini mukammal bir alpozda singdirib bo‘ldi. Endi ular o‘rganganlarini amalda namoyish etishsa, bo‘lgani.

Ajoyib yarim himoyachi, hujum boshlovchi, kreativ ijodkor va so‘nggi paslar ustasi sanalmish Kevin De Bryuyne “Siti”ning bugungi kundagi chinakam yetakchisi sanaladi. Agar Gvardiola uzoq kutilgan sovrinini boshi uzra ko‘tarsa, “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar belgiyalik futbolchi bo‘lishi hech gap emas. Dunyoning eng kuchli pleymeykeri “oltin to‘p”ga munosib, faqat buni amalda ko‘rsatish kerak.

Robert Levandovski

Robert shunchaki fantastik mavsum o‘tkazmoqda. 43 ta uchrashuv va 51 ta gol. Yangi yildan so‘ng, 18 ta o‘yinda 21 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan polyak o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda. Ayni damda ko‘plab ekspertlar Robertni “oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar deb e’lon qilmoqda. Shunday bo‘lsada, Robert avgust oyida qanday formada bo‘ladi? “Bavariya” klubi-chi? Gap shundaki, tez orada Myunxen klubi ta’tilga chiqib ketadi. YECHL uchrashuvlariga qadar orada bir oy bo‘shliq paydo bo‘ladi. Aynan shu vaqt Robertning o‘yiniga ta’sir ko‘rsatmasa, polshalik futbolchi juda uzoq kutgan sovrinini o‘ziniki qilib olishi hech gap emas.

Serxio Ramos (“Real Madrid”)

Bilasizmi, bu mavsumda himoyachilardan yana biri sovringa ega chiqishi mumkin. Shunday bo‘lsada, Ramos bu ro‘yxatda autsayder bo‘lib turibdi. Barchasi so‘nggi turlarga kelib tamomila o‘zgarib ketishi mumkin. Uning “Real” bilan chempion bo‘lishi vaziyatni Ramosning foydasiga hal etishi mumkin. Ramos bu mavsumda umumiy hisobda 12 ta gol kiritgan bo‘lib, chempionlik uchun kurashda katta rol ijro etmoqda. To‘g‘ri, “Real” o‘z uyida “Manchester Siti”ga o‘yinni boy berdi, biroq Zidan qiyin vaziyatlardan chiqib ketish borasida chinakam professional. Katta ehtimol bilan Kevin va Serxiolardan biri “oltin to‘p” uchun kurashdan chiqishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, YECHLning hal qiluvchi o‘yinlarida Kevin yoki Ramoslardan biri ishtirok etishi lozim.

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:27, 09.07.2020. O'qildi: 19486 marta. Fikrlar: 19 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик