Italiya chempionatining 35-turi doirasida «Milan» safarda mavsum kashfiyotlaridan biri bo‘layotgan «Sassuolo» klubi mehmoni bo‘lib, ortga g‘alaba bilan qaytdi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Ibrahimovich hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limga tugashiga 3 daqiqa qolganida to‘p Cholhono‘g‘lining qo‘liga tekkani uchun hakam videotakrorni tomosha qilgach, "rossoneri" darvozasi tomon penalti belgiladi.
Birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda ahamiyatli voqealar ro‘y berdi. Dastlab Cholhono‘g‘li uzatmasidan keyin Zlatan darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi, posbonni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.
Oradan ko‘p o‘tmasdan «Sassuolo» futbolchisi Burabiya raqibga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
Ikkinchi bo‘limda Ibrahimovich uchinchi golni ham urishi mumkin edi, ammo darvozabon qarshisida to‘pni o‘zidan biroz qochirib yuborgani uchun "xet-trik" qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.
Shunga qaramay, "Milan" o‘z ochkolarini 59taga yetkazib, Yevropa ligasi yo‘llanmasini kafolatlab qo‘ydi.
Italiya A seriyasi, 35-tur
Sassuolo – Milan 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 19 Ibrahimovich, 1:1 – 42, penalti Kaputo, 1:2 – 45+2 Ibrahimovich.
Sassuolo – Konsili, Myuldyur (Kiryakopulos, 46), Marlon, Peluzo, Rojerio, Burabiya, Lokatelli, Berardi, Raspadori (Manyanelli, 46), Garaslin (Boga, 46; Jurichich, 68), Kaputo (Traore, 89).
Milan – Donnarumma, Konti (Kalabriya, 11), Kyer, Romanyoli (Gabbiya, 32), Teo (Laksalt, 46), Kessie, Bennaser (Bigliya, 79), Salemakers, Cholhono‘g‘li (Bonaventura, 79), Rebich, Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Burabiya (22), Lokatelli (34), Teo (37), Bennaser (61), Laksalt (76), Bonaventura (85).
Chetlatish: Burabiya (45+7).