Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga 3 avgustdan markazlashgan holda davom ettiriladi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

4-tur uchrashuvlaridan boshlab qayta tiklangan Coca Cola Superliganing yana 6 tur uchrashuvlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 10-tur arafasida esa jamoalarda kasallanish holatlari paydo bo‘la boshladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL iyul oyining so‘nggi o‘n kunligiga reja qilingan 10-11 tur uchrashuvlarini qoldirishga majbur bo‘ldi. 

Kuz faslining har bir oyida O‘zPFL 10 kundan muddatni milliy terma jamoaga berishiga to‘g‘ri keladi. Demak, umumiy yana 30 kun davomida milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazishning iloji bo‘lmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL vaqtdan yutkazmaslik uchun Superliganing I davrasini markazlashtirilgan holda yakunlashga qaror qildi. Rejaga ko‘ra, 3 avgustdan boshlab Superliga qayta tiklanadi hamda 15 avgust kuni I davra o‘z yakuniga yetadi. Yakshanbadan tashqari har kuni futbol uchrashuvlari o‘tkaziladi. Yakshanba kunlarida esa klublar umumiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Bunda har bir klub o‘zi istiqomat qiladigan ob’ektdan faqatgina mashg‘ulot va o‘yin maydonlariga o‘z avtobusida safar etadi. Klublar qarorgohi talab etilgan kunlarda muntazam dezinfeksiya qilinadi. Har bir klub joy olgan ob’ekt nazoratda bo‘lib, delegasiya oldiga begona kishilar qo‘yilmaydi. Ikki hafta davomida futbolchilar ham boshqa yumush bilan tashqariga chiqarilmaydi. 

Shuningdek, O‘zPFL O‘FA yordamida hakamlar brigadalarini ham alohida ob’ektda bo‘lishlarini ta’minlaydi. Ular ham karantin qoidalariga to‘la amal qilishi ta’minlanadi. 15 avgustga qadar mamlakatdagi vaziyat yaxshilansa, O‘zbekiston Coca Cola kubogi uchrashuvlaridan boshlab uy-safar tizimiga qaytiladi. Bu qaror holatning qanday kechishidan kelib chiqib, qayta muhokama qilinadi. 

Markazlashgan musobaqada kuniga 3 tadan ortiq uchrashuv o‘tkazilmaydi. Bu holat nafaqat translyasiya huquqiga egalik qiluvchi Sport-TV uchun, balki boshqa OAV uchun ham qulaylik yaratadi. Quyida uchrashuvlar taqvimi bilan tanishish imkoniyati bor. Qaysi uchrashuvning qaysi maydonda o‘tishi masalasiga O‘zPFL kelayotgan hafta aniqlik kiritadi. 

Coca Cola Superliga. 10-tur

3  avgust, dushanba

NASAF — SO‘G‘DIYONA

BUNYODKOR — METALLURG

AGMK — LOKOMOTIV

4 avgust, seshanba

QO‘QON-1912 — PAXTAKOR

MASH’AL — ANDIJON

QIZILQUM — BUXORO

5 avgust, chorshanba

SURXON — NAVBAHOR

 

11-tur

6 avgust, payshanba

SO‘G‘DIYONA — BUNYODKOR

7 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF

ANDIJON — AGMK

LOKOMOTIV — QO‘QON-1912

8 avgust, shanba

NAVBAHOR — MASH’AL

METALLURG — QIZILQUM

BUXORO — SURXON

 

12-tur

10 avgust, dushanba

NASAF — Bunyodkor

QO‘QON-1912 — ANDIJON

PAXTAKOR —  LOKOMOTIV

11 avgust, seshanba

AGMK — NAVBAHOR

SURXON — METALLURG

QIZILQUM — SO‘G‘DIYONA

12 avgust, chorshanba

MASH’AL — BUXORO

 

13-tur

13 avgust, payshanba

ANDIJON — PAXTAKOR

LOKOMOTIV — NASAF

14 avgust, juma

SO‘G‘DIYONA — SURXON

NAVBAHOR — QO‘QON-1912

BUNYODKOR — QIZILQUM

15 avgust, shanba

BUXORO — AGMK

METALLURG — MASH’AL.

3 avgustga qadar jamoalarda bugungi kundagi vaziyat haqida yetarlicha xulosa chiqarish, kasallangan futbolchilarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni oyoqqa turg‘azishda imkoniyat bo‘ladi. 3 avgustdan boshlab esa ehtimoliy kasallanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar masalasi bilan shug‘ullanish uchun SEOA yordamida alohida komissiya tuziladi. Bunda kasallangan futbolchi bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar tarixi o‘rganiladi va ular belgilangan tartibda izolyasiyaga olinadi. Futbolchilarga va klublar personallariga mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda bir-birlaridan masofa saqlash tavsiya etiladi. Zero jamoaning keyingi natijalariga bu o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Har bir klub asosiy tarkibida 45 nafargacha futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan kelib chiqib, ehtimoliy kasallangan futbolchilar maydonga tusha olmasa, ularning o‘rni boshqa futbolchilar bilan to‘ldiriladi. Ya’ni, karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan va intizomi kuchli bo‘lgan klublar bundan tabiiyki yutadi. 

O‘zPFL oson bo‘lmagan davrda futbol klublarini bir yoqadan bosh chiqarishga, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshishga chaqiradi hamda futbol jamoatchiligiga salomatlik tilaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:27, 24.07.2020. O'qildi: 4675 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик