Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
  • Superliga
      • 22.04.2026 18:00
      • Surxon
      • -:-
      • Mash’al
      • 22.04.2026 20:15
      • Buxoro
      • -:-
      • Paxtakor
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • OKMK
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 31 79
2 Real Madrid 32 73
3 Vilyarreal 31 61
4 Atletiko 31 57
5 Betis 32 49
6 Selta 31 44
7 Real Sosyedad 31 42
8 Xetafe 31 41
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Espanyol 31 38
12 Jirona 32 38
13 Valensiya 32 36
14 Malyorka 32 35
15 Rayo Valyekano 31 35
16 Sevilya 31 34
17 Alaves 32 33
18 Elche 31 32
19 Levante 31 29
20 Real Ovyedo 31 27

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Injiq xotin" omili: De Xeaning ketmoni nega uchmayapti?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz sayyoramizning eng kuchli posbonlaridan biri bo‘lishiga qaramay, qiyin kunlarni boshidan o‘tkazayotgan David De Xea haqida fikr almashadi.

Agar futbolchining darajasihaqida so‘z borsa, ispanayni damda 10 ta kuchli darvozabondan biri ekanligini tan olish lozim. Shunga qaramay, uning g‘alati holatlarda o‘tkazib yuborgan gollari APLda amalga oshirgan 91 ta seyvidan ko‘ra muxlislarga qiziqroq. Qahramonimiz,mana,bir necha mavsumlardan beri o‘z darvozasiga gol olib kelish borasida master klass namoyish etmoqda. Achinarlisi, David o‘tgan mavsumda Tibo Kurtua tushib qolgan vaziyatni boshidan o‘tkazmoqda. Og‘ir mavsumdan so‘ng Tibo o‘zini tiklab oldi va “La Liga”da hammadan kam gol o‘tkazgancha “Samoro” sovriniga ega chiqdi. Xo‘sh, De Xea ham Kurtua singari vaziyat qahramoniga aylanadimi?

Agar internetni titkilasangiz, Buffonning ham 10 ga yaqin qo‘pol xatolariga ko‘zingiz tushadi, lekin Davidda bu ko‘rsatkich allaqachon 30 ga yaqinlashib qoldi. To‘g‘ri, bu sport turida hech kim xatodan sug‘urtalanmangan, biroq Ispaniya va “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilayotgan top darajadagi ijrochilarda bu ko‘rsatkich ancha past bo‘lishi lozim. Afsuski, ispaniyalik posbon “Chelsi”ga qarshi o‘yinda yana jamoasini uyaltirib qo‘ydi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng Roy Kin boshchiligidagi muxlislar armiyasi kiperga bosimni kuchaytirib yubordi. Xo‘sh, aslida, Davidga nima bo‘ldi?

Davidga juda katta pul berilmoqda?!

Darvozabonning katta maosh olishiga futbol olami hali o‘rganganicha yo‘q. Sababi, hali-hamon klublarda hujumchilarga darvozabonlarga nisobatan ikki barobar ko‘proq maosh to‘lanmoqda. Shunga qaramay, David 2019yilning sentyabr oyida “qizil iblislar” bilan yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, ispanning maoshi 19,5 million yevro qilib belgilandi. 4+1 ko‘rinishida imzolangan shartnomadan so‘ng David o‘zini biroz “qo‘yib yubordi”, shekilli. To‘g‘ri, katta pullar top darajadagi futbolchilarni o‘zgartirmasligi mumkin, biroq ayni damdagi holat buning aksidan dalolat bermoqda.

David ustozini ranjitdi

David dunyoning eng katta moash oluvchi kiperiga aylangach, 4 kundan so‘ng uning personal murabbiyi iste’foga chiqdi. Vaholanki, Emilo Alvares David bilan “Atletiko” davridan beri shug‘ullanib kelayotgandi. Emilio o‘z qarorini quyidagicha izohladi: “Men deyarli 3 yil davomida uning maoshi ko‘tarilishi uchun klub bilan muzokara olib borgan bo‘lsam-da, David bu ishni mensiz amalga oshirishni afzal ko‘rdi. Uning tutgan yo‘li sadoqatli insonga xos emas. Muzokaralar chog‘ida David o‘zi tomonidan yollangan inson bilan ham janjallashib qoldi. Men klub rahbarlariga “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi emasligimni, shunchaki David bilan boshqa ishlamasligimni aytdim”.

Bundan ko‘rinib turibdiki, David ancha katta muammoga duch keldi. Jamoa murabbiylar shtabidagi Emilioni olib qolish uchun Sulsher o‘rtaga ham tushmaganidan ko‘rinib turibdiki, “qizil iblislar”ning ichki muhiti ancha og‘ir ahvolda. Davidni top darajaga olib chiqqan Emilioning ketishi ispanning o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Ko‘ngil boshqa klubda?!

“Liverpul” jamoasida chinakam porlashga muvaffaq bo‘lgan Alisson klub uchun har uchrashuvda jang qilmoqda. Xo‘sh, Davidning “Manchester Yunayted”ga munosabati ham shundaymi? Agar “yirtilgan faks” voqeasi bo‘lmaganida, David allaqachon “Real Madrid” futbolchisiga aylangan bo‘lardi. Balki, YECHLda ham zafar quchgan bo‘larmidi?! Afsuski, David bu omilni miyasidan chiqarib yuborishga qodir emas. U har safar “Real”ning sovrinlarni qo‘lga kiritayotganini ko‘rganida, ichidan xo‘rsinib qo‘yishi aniq. Sababi, “Real” uzoq muddat David bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘ldi, biroq qahramonimiz Manchesterda qoldi. Keyin omadsiz mavsumlar boshlandi. Bu orada uning transfer qiymati ham keskin tushib ketdi. “Real” esa u bilan boshqa qiziqmadi va Tibo Kurtuani jamoaga taklif qildi. Bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng De Xeaning ruhiy holatiga havas qilish mushkul. Faoliyatidagi eng zo‘r imkoniyatni qo‘ldan boy berganini anglagach, uning “Manchester Yunayted” uchun ishtiyoq bilan to‘p tepishi juda mushkul vazifaga aylanmoqda.

Uydagi ahvol ham ajoyib emas

Istaysizmi, yo‘qmi, har qanday futbolchining o‘yiniga uning oilasidagi ahvol ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, turmush o‘rtoqlarining ruhiy ko‘magi juda muhim. O‘z vaqtida Veronika Zidan Zinedining avval Turinga, keyin Madridga ko‘chib o‘tishida katta rol o‘ynagandi. Aynan o‘sha qarorlar Zidanning afsonaviy futbolchi bo‘lib yetishishi uchun turtki bo‘lgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Bu borada Davidning omadi kelgan, deb bo‘lmaydi. Darvozabonning turmush o‘rtog‘i — mashhur aktrisa va qo‘shiqchi Edurne Garsia bir necha bor Manchester va Angliyani tanqid qilishga ulgurdi. Imkon bo‘lishi bilan Madridga yo‘l oluvchi Edurne chinakam qopqonga tushib qolgan. Karantin sababli Angliyada qolib ketgan qo‘shiqchi ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. E’tiborlisi shundaki, avvallari juftlik deyarli har kuni birga tushgan suratlarini instagramga joylab borar, tashqaridan chinakam ideal oila edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda ularning orasidan “olamushuk o‘tgan”. Shu sababli ingliz nashrlari allaqachon juftlik o‘rtasidagi munosabatlar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini bashorat qilmoqda. Afsuski, bu omil haqiqat bo‘lib chiqishi mumkin. Agar voqealar rivoji aslida ham shunday bo‘lsa, David uzoq vaqtga qadar o‘ziga kela olmasligi mumkin. O‘z vaqtida Ronaldu ham Irina Sheyk bilan munosabatlari yakunida bir necha bor qizil kartochka olgan va ruhiy bosim ostida qolib ketgandi.

O‘z kamchiliklari ustida ishlash

Tan olish lozim, Davidning reaksiyasi juda yaxshi, biroq uning kamchiliklari ham yo‘q emas. To‘g‘ri, Chex va Shmeyxellar ham o‘z vaqtida juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan, biroq ular jamoaning yetakchilari bo‘lgani uchun ham bu faktor doimo e’tibordan chetda qolib ketgan. Afsuski, David Ser Aleks jamoaga olib kelgan 18 yoshli yigitcha emas. Uni o‘zgartirishning endilikda iloji yo‘q. Uning xatolari darvozabonlar texnikasining yetishmasligidan kelib chiqmoqda. Afsuski, so‘nggi paytlarda De Xeaning e’tibori to‘liq maydonga qaratilmoqda deb bo‘lmaydi. Uning ajoyib seyv ijro etishi va ana ju seyv natijasida qaytgan to‘pning raqib futbolchisiga kelib tushishi allaqachon odatiy holga aylanib bo‘lgan. Ser Aleks davrida posbonning jismoniy kamchiliklari ko‘p tanqid qilindi. Keyinroq uning o‘yin uslubidagi kamchiliklar ko‘zga tashlana boshlandi. Achinarlisi shundaki, uning Manchester shahridagi ilk yillardagi kamchiliklari hali-hamon o‘zgargani yo‘q. De Xea to‘p uchun kurashda ishonchli emas, shu sababli darvoza chizig‘idan o‘rin olardi. Shuningdek, quloqlari oldidan o‘tib ketgan to‘pni bartaraf eta olmasdi. Eng achinarlisi, yaqin burchakka yo‘naltirilgan zarbalarda ham ispan ancha no‘noq harakat qilishi bilan APL muxlislarini hayron qoldirgandi. Oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi kamchiliklar tuzatilgani yo‘q. Muammo o‘sha-o‘sha, hozircha yechim ko‘zga tashlanmayapti.

Kutilmaganda paydo bo‘lgan raqobat

Qahramonimiz ayni damda o‘zi istagan barcha narsani qo‘lga kiritgani yo‘q. Unga YECHLdagi chempionlik va APL g‘olibligi yetishmayapti. Boz ustiga, qancha harakat qilmasin, Ispaniya terma jamoasidagi asosiy darvozabon o‘rni hali-hamon unga tegishli emas. Afsuski, De Xea raqobat borasida biroz sustkashlikka yo‘l qo‘ydi. Endilikda “Chelsi” kiperi Kepa Arrisabalaga ham undan terma jamoadagi o‘rnini tortib oldi. Boz ustiga, “Sheffild”dagi Din Henderson fantastik mavsum o‘tkazdi va uni “qizil iblislar” ortga qaytarish haqida bosh qotirmoqda.

Agar David bu safar ham raqobatda mag‘lub bo‘lib, zaxiraga mixlanib qolsa, bu De Xeaning chinakamiga “sinishi” bilan yakunlanishi aniq. Dunyoning eng katta moash oluvchi kiperi Din Hendersonning o‘yinini chetdan tomosha qilayotganini tasavvur qilib ko‘ring! Bu vaziyatni chetdan ko‘rib turgan amerikalik Vudvord o‘ziga-o‘zi quyidagi savolni berishi turgan gap: “Nima uchun maydonga tushmayotgan darvozabon uchun 10 millionlab maosh to‘layapmiz?!”

Afsuski, De Xeaning o‘z darvozasiga birin-ketin gollar olib kelayotgani bejizga emas. Uyda halovat yo‘q. Turmush o‘rtog‘i yoqimsiz ob-havoda kun o‘tkazmoqda. Unga katta ko‘mak bergan ustozi ochiqchasiga uni tanqid qilmoqda. Luis Enrike De Xeaning xato qilib qo‘yishidan cho‘chib, Yevropa chempionatiga Kepani asosiy darvozabon sifatida olib ketishga qaror qilgan. Bundan tashqari, omadsiz o‘yinlar sababli ingliz nashrlari uni keskin tanqid qilishni boshlab yubordi. Barcha voqealar ispanga juda katta bosim o‘tkazayotgani turgan gap.

Nahotki?!

Istalgan murabbiy jamoasida ikkita kuchli darvozabon bo‘lishini orzu qiladi. Sulsher ham ulardan mustasno emas. Katta ehtimol bilan kelasi mavsumda g‘alabalarga o‘ch Din va eng katta maosh oluvchi David o‘rtasida ichki raqobatga guvoh bo‘lamiz. Umuman olganda, kayfiyatiga qarab o‘yin namoyish etuvchi darvozabon yoshlarga suyangan jamoa uchun katta minus. Sababi, Davidning xatolari Sulsher jamoasi ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi turgan gap. Shu sababli qahramonimizni kelasi mavsumda katta sinovlar kutib turibdi.

De Xeaning o‘yinidagi pasayish sabablarini atroflicha o‘rganib chiqdik. Endi barchasi De Xeaning o‘ziga bog‘liq. Agar o‘z vaqtida barchasini iziga solsa, u yana dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biriga aylana oladi. Aks xolda, kelasi mavsumda “qizil iblislar”ning birinchi raqamli kiperi Din Henderson bo‘lishi aniq. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:45, 28.07.2020. O'qildi: 7093 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Осасуна Ante Budimir 16
4 Барселона Lamin Yamal 15
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Алавес Lukas Boye 12
8 Реал Мадрид Vinisius Junior 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик