Chempionshipdan Angliya premyer-ligasiga chiqqan uchinchi jamoaning nomi aniq bo‘ldi. Pley-off formatida o‘ktazilgan mini-turnirning finalida «Fulxem» va «Brentford» jamoalari to‘qnash kelishdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Bahsning 105 va 107-daqiqalarida londonliklar Brayen 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ekstra-taymlarga qo‘shib berilgan 4-daqiqada «Brentford» bitta javob to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, 2018/19 yilgi mavsumda APLni tark etgan «Fulxem» bir yillik tanaffusdan keyin yuqori divizionga qaytdi.