Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dilshod Ashirov: «Terma jamoa manfaati uchun tavakkal qilmadik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Metallurg
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga “Metallurg”ning uch nafar o‘yinchisi jalb etilgani, ammo jamoada koronovirus aniqlanganligi bois ular yig‘inga chaqirilmaganligi haqida OAVda materiallar chop etilgandi. Biz futbolchilarning bugungi holati haqida muxlislarimizga aniqroq ma’lumot berish maqsadida jamoa shifokori Dilshod Ashirov bilan suhbatlashdik.

— Dilshodjon, pademiya sharoitida klublarda shifokorlarning mas’uliyati, ishi yanada ko‘paydi. Qiyin bo‘lmayaptimi?
— Albatta, pandemiya turmush tarzimizning barcha jabhalari singari sportchilar hayotiga ham cezilarli o‘zgartirishlar kiritdi. Mashg‘ulotlar o‘tkazish, uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari avval kuzatilmagan tarzda olib borilayapti. O‘ziga yarasha qiyinchiliklar bor. Ammo bunga ko‘nikishga majburmiz, ko‘nikishimiz shart. O‘zbekiston futbol assosiyaasiyasi, Professional futbol ligasi rahbariyatiga tashakkur, ular tomonidan ishlab chiqilgan qonun qoidalarga qat’iy amal qilgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazayapmiz, uchrashuvlarga tayyorlanayapmiz. O‘z navbatida karantin shartlariga qat’iy rioya etayapmiz.

— Koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Professional futbol ligasi qoshida COVID-19 komissiyasi ish boshladi. Kecha klublar shifokorlari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Dastlabki muloqot nima to‘g‘risida bo‘ldi?
— Ha, kecha PFL rahbariyati, COVID-19 komissiyasi Superliga klublari shifokorlari bilan zoom orqali video konferensiya o‘tkazildi. Juda dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Superliga uchrashuvlariga qanday tayyorgarlik ko‘rish, mashg‘ulotlarda nimalarga ko‘proq e’tibor qaratish, futbolchilardan testni qanday olish, keyingi jarayondagi vazifalar, yashash, mashg‘ulot o‘tkazish maskanlari, kiyinish, yuvinish xonalarini qanday dezinfeksiya qilish kabi karantin sharoitida taqozo etiluvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

— O‘zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyining dastlabki o‘n kunligida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini tashkil etyapti. Yig‘inga “Metallurg”dan uch nafar futbolchi jalb qilingandi. Ularning terma jamoaga yuborilmasligi sababi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Aynan jamoada kimlar koronovirusni yuqtirib olishdi?
— Albatta “Metallurg” futbolchilarining O‘zbekiston milliy, yoshlar, o‘smirlar terma jamoalariga jalb etilayotganligi biz uchun juda yoqimli. Milliy terma jamoamizning bu safargi yig‘iniga bir yo‘la 3 nafar o‘yinchiga chaqiruv kelganligi quvonarli hol. Ammo ularni ayni paytda yig‘inga jalb etmay turishlarini o‘zimiz iltimos qildik. Boisi “So‘g‘diyona” bilan o‘yindan so‘ng ba’zi futbolchilarimizning issig‘i chiqdi, kasallik belgilari kuzatildi. Zudlik bilan test topshirdik. Yig‘in boshlanishi arafasida test javoblari hali qo‘limizga yetib kelmaganligi bois terma jamoa shifokoriga bu to‘g‘rida ma’lumot berdik. Sog‘lom futbolchilarga zarar yetkazib qo‘ymaslik, terma jamoa manfaatlarini ko‘zlab, tavakkal qilishni xohlamadik va O‘FAga vaziyatni tushuntirib, xat bilan murojaat etdik. Ular so‘rovimizni to‘g‘ri qabul qilishdi. Test natijalarini olganimizda, to‘g‘ri yo‘l tutganligimiz ma’lum bo‘ldi. Termaga nomzodlardan Lobanov hamda Ubaydullayevlarda natijalar manfiy, Otaxonovda esa musbat chiqdi.

— Pandemiya sharoitida o‘yinchilarni testdan o‘tkazib turish juda muhim. “Metallurg” jamoasida o‘tgan davr mobaynida bu jarayon necha marta tashkillashtirildi. Hozir klub qarorgohida vaziyat qanday?
— Koronavirus pandemiyasi yurtimizga kirib kelgandan buyon “Metallurg” futbolchilari besh marta test tahlillaridan o‘tishdi. Uch marta Toshkentda, ikki marta Bekobodda: sanalari bilan aytishim mumkin: 21-may, 11 iyun, 20 iyul, 27 iyul va 4 avgust. Yakuniy natijalar quyidagicha: ba’zi futbolchilar virusni yuqtirib olishgan, ularning barchasi kasallikni yengib, sog‘ayib bo‘lishgan. Ayni paytda barcha o‘yinchilar mashg‘ulotlarga yuz foiz tayyor. Shuni ta’kidlash kerak, futbolchilarning immuniteti kuchli. Shu boisdan ham virusni yuqtirib olgan futbolchilarimiz uni boshlaridan yengil o‘tkazishgan. Oddiy shamollash simptomlaridek. Klub qarorgohida issig‘i ko‘tarilgan futbolchilarimiz izolyasiyaga olinib, parvarishlandi. Respublika sog‘likni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlab berilgan yo‘riqnoma asosida kerakli dori darmonlar qabul qilindi. Ayni paytda xudoga shukur, barcha futbolchilarimiz mashg‘ulotlarni boshlab yuborishdi. Xavf ortda qoldi. “Metallurg” muxlislari xavotir olishmasa bo‘ladi. Yigitlar avvalgi shiddati, kuch g‘ayrati bilan Superliga uchrashuvlarini davom ettirishga tayyor. Shu o‘rinda 4 avgust kuni topshirilgan oxirgi test natijalarini kutayapmiz. Qo‘limizga tegishi bilan natijalarini O‘zPFLga yetkazamiz.

— Birinchi davraning so‘nggi to‘rtta turi markazlashtirilgan holatda – poytaxt va poytaxt viloyati stadionlarida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu jamoa shifokorlarining ishini yengillashtiradimi yoki...
— Bugungi pandemiya sharoitida chempionat o‘yinlarining markazlashtirilgan holatda o‘tkazilishi eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblayman. PFL to‘g‘ri qaror qabul qildi. Jamoalar ichki nazoratdan tashqari yuqori instanksiyaning jiddiy e’tiborida turadi. Mashg‘ulotlar, uchrashuvlar qat’iy tartib, grafik asosida o‘tkazadi. Mehmonxonadan to‘g‘ri stadionga – o‘yin yoki mashg‘ulotga borib, yana mehmonxonaga qaytiladi. Bu esa kasallik yuqtirish riskini keskin kamaytiradi.

"Metallurg" matbuot xizmati.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 21:52, 06.08.2020. O'qildi: 2996 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик