Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • 2:3
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • 1:2
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • 0:1
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • 5:2
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 30 44
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 30 41
9 Osasuna 30 38
10 Espanyol 30 38
11 Atletik Bilbao 30 38
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 30 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 30 32
16 Malyorka 30 31
17 Sevilya 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 30 24

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona
30-тур Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
30-тур Valensiya 2-3 Selta
30-тур Real Ovyedo 1-0 Sevilya
30-тур Alaves 2-2 Osasuna

Navbatdagi o'yinlar.

07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Barselona”ning yangi murabbiyi haqida 7 ta fakt

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Suratga chizgilar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Stadion.uz “Barselona” jamoasi postini katta ehtimol bilan egallovchi Ronald Kuman ( Uni kecha Katalanoya shahriga tashrif buyurgani haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud) haqida qiziqarli faktlarni ma’lum qiladi.

1.Kroyfdan qo‘ng‘iroq

1988-yilda Kroyf o‘z orzusidagi “Barselona”ni tashkil etish ishlarini boshlab yuboradi. Aytishlaricha, u “Barselona”da ko‘rishni istagan birinchi futbolchi aynan Kuman bo‘lgan ekan. Himoyachi bo‘lishiga qaramay, juda tezkor va kuchli zarba egasi sanalgan Ronaldni Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi kutilmaganda juda cho‘zilib ketadi.

“Barselona”dan taklif tushgach, qahramonimiz bir yil davomida o‘ylab ko‘radi. Ochig‘i, o‘sha davrlarda u shundoq ham sayyoramizning eng kuchli klubi – PSV sharafini himoya qilar, 1988-yilda Yevropa chempionlar kubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan edi. Boz ustiga, PSV ustozi Gus Hidding uni jamoada olib qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.

Barchasini yangi yil kuni soat tungi o‘nlarda qilingan qo‘ng‘iroq hal etadi. Kroyf Kumanning uy raqamiga qo‘ng‘iroq qiladi va uning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashadi. Bir soat davom etgan suhbatdan so‘ng, Kroyf Ronaldni “Barsa”ga o‘tishga ko‘ndiradi.

2. “Barselona”ga klub tarixidagi birinchi chempionlar kubogini taqdim etadi.

Gollandiyalik himoyachi Kataloniya klubida 6 mavsum davomida to‘p suradi (264 ta o‘yin, 88 ta gol). To‘g‘risi ushbu yillarni omadli deb bo‘lmaydi. Yohan vatandoshini jamaoga jalb etgan bo‘lsada, unga mos tushuvchi pozitsiya tanlashga juda qiynaldi. Goh himoyada, goh qanot himoyasida, goh markazda ko‘rinish bergan Kumanning hatto yarim himoyachi sifatida o‘yin o‘tkazgan kunlari ham bo‘ldi. Hozir bu voqealarni hech kim eslamaydi, ammo uning 1991/92-yilgi Yevropa chempionlar kubogi finalidagi goli tarixga aylandi. Aynan o‘sha zarbadan so‘ng, “Barelona”ning xalqaro maydondagi zafarli yurishlari boshlandi.

3.Futbol oilasi farzandi

Ronald kumanning dadasi – Martin Kuman professional futbolchi bo‘lgan. “Groningen” klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaluvchi Martin 500 dan ortiq o‘yinlarda ishtirok etgan va butsalarini “Groningen” klubida mixga ilgan. Bundan tashqari, uning akasi – Ervin Kuman ham professional futbolchilik faoliyatini olib borgan. O‘z vaqtida PSV sharafini himoya qilgan futbolchi ukasidan farqli o‘laroq ulkan g‘alabalarga erishmagan. Ronaldning o‘zi ham oila a’zolari singari katta futbolga “Groningem” klubida kirib keldi. Keyinroq PSV, “Ayaks”, “Barselona” va “Feynord” singari jamoalarda to‘p tepdi.

4.Karyerasi davomida 246 ta gol kiritgan! U eng sermahsul himoyachi!

Uning markaziy himoyachi ekanligini inobatga olsak, gollari soni barchani hayratga solishi aniq. 763 ta rasmiy o‘yinda 246 ta gol. Bu har bir o‘yinda o‘rtacha 0,33 ta gol degani! 1987/88-yilgi mavsumda qahramonimiz 26 ta gol kiritgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

5. Avvalroq “Barselona”ni boshqargan

Agar “Barselona” va Kuman o‘rtasida shartnoma imzolansa, bu gollandning Kataloniyaga uchinchi bor kelishiga aylanadi. Avvalroq qahramonimiz (1989-95) futbolchilik faoliyatini “Barsa”da o‘tkazgan bo‘lsa, keyinroq Lui Van Galga yordamchi sifatida (1998/2000) “Barselona” murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Keyinroq Gollandiya terma jamoasi shtabidagi tajriba ortirishdan so‘ng, unga “Vitess” jamoasi ish taklif qiladi.

6. “La Liga” begona emas

Kuman uchun “La Liga”ga ko‘nikish muammo tug‘dirmasligi aniq. Sababi, qahramonimiz “Valesniya” bilan bir necha oy davomida shug‘ullangan va o‘ziga hos yutuqlarga erishgan.

Kike Sanches Floresning kutilmaganda iste’foga chiqarilishidan so‘ng, jamoa tepasiga kelgan Ronald “La Liga”da mag‘lubiyatlar seriyasini namoyish etadi. Chempionat yakuniga 5 tur qolgan bir paytda havfli zonadan 2 ochko oldinroqda turgan “Valensiya” murabbiyga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuboradi. Qanday yutuqqa erishgan deysizmi?

Qahramonimiz qisqa muddat faoliyat olib borgan bo‘lsada, “Valensiya” bilan Ispaniya kubogi (Qirol kubogi)da zafar quchishga muvaffaq bo‘ladi. Final oldidan “Barsa” va “Atletiko”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Valensiya” finalda “Xetafe”ni (3:1) ortiqcha muammosiz mag‘lub etadi.

7. “Qochoq” murabbiy

Biroz g‘alati eshitilishi mumkin, lekin Kuman yaxshiroq taklif kelib tushishi bilan o‘z ish joyini tashlab ketish borasida chinakam “professional”. Misol uchun: agar “Barsa” bilan shartnoma imzolasa, Gollandiya terma jamoasi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, ushbu yurt terma jamoasi ikkita katta musobaqani o‘tkazib yuborganidan so‘ng, endigina oyoqqa turayotgan edi.

Qahramonimiz “Vitess”ni ham mavsum o‘rtasida “Ayaks”dan kelib tushgan taklif sababli yolg‘iz qoldirgan edi. Birozdan so‘ng, PSVni ham yarim yo‘lda “Valensiya” uchun tashlab ketgani yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, ajab emas. O‘z vaqtida Ronald bu tryukni APLda ham namoyish etgan. “Sautgempton” bilan ajoyib natijalar qayd etayotgan murabbiy “Everton”ning moliyaviy yaxshiroq taklifi oldida inadamay tura olmagan edi.

Afsuski, “Everton” Kummani dunyoning eng katta maosh oluvchi 10 ta murabbiyidan biriga aylantirgan bo‘lsa ham jamoa kuchli to‘rtlikka kira olmadi. Kuman transferlarga sarf etgan millionlar esa, shunchaki havoga uchib ketdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:29, 17.08.2020. O'qildi: 15193 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Осасуна Ante Budimir 15
4 Барселона Lamin Yamal 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Алавес Lukas Boye 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик