«Manchester Siti» vingeri Antuan Semenyo «shaharliklar»ning turnirlardagi maqsadlari va klubning sovrinlar yutish ishtiyoqi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menda har bir sovrin uchun kurashish yoki g‘alaba qozonish ambisiyasi bor va aynan shunday jamoada bo‘lishni istayman. «Manchester Siti»ga kelib qolganimdan minnatdorman, voqealar rivojini kuzatamiz. Shaxsan men uchun sovrin yutish — bu ajoyib, lekin bizning bu mavsumda erishmoqchi bo‘lgan maqsad va intilishlarimiz juda ko‘p. Hozir mavsumning eng muhim pallasi. Biz o‘yindan o‘yinga o‘tib, iloji boricha ko‘proq g‘alaba qozonishni istaymiz. Endi har bir bahs biz uchun finalga teng, shuning uchun kurashni davom ettirishimiz va yakunda nima bo‘lishini ko‘rishimiz kerak», — dedi Semenyo Saymon Baykovskiyga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» joriy mavsumda Liga Kubogi finalida «Arsenal»ni mag‘lub etib (2:0), bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. APLda «shaharliklar» ikkinchi o‘rinda borishmoqda, Angliya Kubogida esa yarim finalga yo‘l olishgan. Chempionlar Ligasining 1/8 finalida esa «Manchester Siti» «Real»ga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.