Bugun 1 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • 1:3
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • 2:2
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • 0:2
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • 2:2
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • 4:1
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • -:-
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 18 28
8 Everton 19 28
9 Brentford 18 26
10 Nyukasl 19 26
11 Kristal Pelas 18 26
12 Fulhem 18 26
13 Tottenhem 18 25
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/26 Kristal Pelas - Fulhem
01/01/26 Liverpul - Lids
02/01/26 Brentford - Tottenhem
02/01/26 Sanderlend - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ajoyib menejment! “Bavariya” asosiy tarkibi uchun Neymarning narxidan ikki barobar kamroq pul sarflagan

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu mavsumni “Bavariya” klubi bir nafasda o‘tkazmoqda desak, adashmagan bo‘lamiz. So‘nggi paytlarda Myunxen klubi ham katta trasnferlardan o‘zini tiyib tura olmayapti. Jamoa Pavar, Ernandes va Sane uchun 150 millionni sarf etib yuborgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Vaholanki, Fransiya terma jamoasi safida JCH g‘olib chiqqan o‘yinchilar YECHL bahslarida restartdan so‘ng umumiy hisobda 20 daqiqagina to‘p surdi,xolos. Sane esa,kelasi mavsumdan boshlab Flik ixtiyorida bo‘ladi. YECHL bahslarida “Barselona” va “Lion”ni yo‘ldan olib tashlagan klub atigi 100 million yevro evaziga shakillantirilgan. Bunga ishonish mushkul, biroq keling raqamlarga e’tibor qaratamiz!

Manuel Noyer (“Shalke”dan 2011-yilda) – 30 million yevro

Manuel ushbu ro‘yxatimizdagi eng qimmat futbolchi, biroq uni klub bundan 9 yil avval o‘z tarkibiga qo‘shib olgan. Shu sababli, kiper allaqachon o‘ziga sarf etilgan pullarni oqlab bo‘ldi. Agar uning qo‘lga kiritgan sovrinlari (18) inobatga olinsa, sarf etilgan 30 million yevro ko‘zga ko‘rinmay ketishi turgan gap.

Yozua Kimmix (“Shtutgart”dan 2015-yilda) – 8,5 million yevro

Endigina 25 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lsada, qahramonimiz allaqachon “Bavariya” uchun 220 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi. Universal futbol namoyish etuvchi Kimmix ayni damda Germaniyaning kelajakdagi sardori deb ta’riflanmoqda. Bundan tashqari, Kimmixning ayni damdagi transfer qiymati so‘nggi 5 yilda 10 barobar ortib ketdi.

Jerom Boateng (“Manchester Siti”dan 2011) – 13,5 million yevro

“Gamburg”da kashf etilgach, “Siti”ga yo‘l oldi. Kutilmaganda, “shaharliklar” unga imkon taqdim etmadi. Leskot va Kompaniga asosiy tarkibdagi o‘rnini yutqazib qo‘ygan himoyachiga “Bavariya” ikkinchi imkonni taqdim etdi.

E’tiborlisi shundaki, Jerom 9 yil davomida “Bavariya”ning asosiy tarkibida to‘p tepdi va klublar miqyosidagi barcha musobaqada g‘olib chiqdi. Klub uchun 323ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachini Myunxen klubi atigi 13 million yevroga sotib olganiga ishonish mushkul.

Alfonso Devis (“Vankuver”dan 2019-yilda) – 10 million yevro

Tezkorlik borasida rekordlar o‘rnatayotgan Alfonsoni qo‘rqmasdan mavsum kashfiyoti desak bo‘ladi. Futbol maydonida 36,5 km/soat tezlik namoyish etgan yosh futbolchi bir mavsumda super yulduzga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Leon Goreska (“Shalke”dan 2018-yil) – erkin egant

“Bavariya” Bundesligadagi eng qudratli kuch bo‘lgani bois, barcha nemis klubidagi futbolchilar “FK Gollivud” sari intiladi. Leon ham 2018-yilda “Shalke” bilan shartnomani uzaytirishni istamadi va Myunxenga ko‘chib o‘tdi. Tan olish lozim, yarim himoyachi “Bavariya” safida o‘sishga erishdi va bu progress davom etmoqda.

Tyago Alkantara (“Barselona”dan 2013-yilda) 25 million yevro

Aytishlaricha, Alkantara kelasi mavsum “Liverpul”da ko‘rinish berishi mumkin. Shunga qaramay, uning Myunxen klubi bilan yana bir yillik shartnomasi mavjud. Agar, nemislar YECHLda zafar quchsa, katta ehtimol bilan ispan o‘z qarorini o‘ylab ko‘rishi lozim. Sababi, bunday kuchli jamoani tark etish doim ham to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqavermaydi.

Serj Gnabri (“Verder”dan 2017-yilda) 8 million yevro

Bundan 4 yil muqaddam, “Arsenal” YECHL yarim finali qahramonini “Verder”ga qandaydir 5 million yevro evaziga sotib yuborgan edi. Keyinroq, “Bavariya” 8 million yevroning baxridan o‘tdi va Gnabrini Myunxenga olib keldi.

Qarabsizki, klub ayni damda sayyoramizdagi eng kuchli vingerlardan biriga ega bo‘ldi. Ayniqsa, bu mavsumda Serj o‘zini YECHLda juda yaxshi namoyish etmoqda. 9 ta gol va 2 ta assist so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

Tomas Myuller – klub tarbiyalanuvchisi

Qahramonimiz bundan 20 yil avvalroq “Bavariya” bilan hayotini bog‘lagan edi. 10 yoshida jamoaga kelgan Myuller 20 yil davomida klub faxriga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zi tug‘ilib o‘sgan region klubi uchun Myuller sodiq qolishda davom etmoqda.

Ivan Perishich (“Inter”dan ijaraga olingan) – 5 million yevro

Mavsum boshida “Bavariya” Bundeligada tajriba ortirgan Ivan Perishichni “Inter”dan ijaraga oldi. Avvalroq “Borussiya D” va “Volfsburg” klublari sharafini himoya qilgan vinger o‘ziga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlamoqda. Uning klubda qolishi yoki ketishi esa, umuman boshqa mavzu.

Robert Levandovski (“Borussiya D”dan 2014-yilda) – erkin agent

Shuni unutmaslik lozim-ki, 2020-yilning eng yaxshi futbolchilaridan biri – Robert Levandoskini Myunxen klubi tekinga qo‘lga kiritgan. Aslida, “Bavariya” 2013-yilda polyakni sotib olish uchun taklif yuborgan, biroq dortmundliklar hujumchini sotishni istamagan edi. Keyin, hujumchi o‘z shartnomasini to‘liq o‘tab berdi va “Bavariya” klubiga o‘tdi. 6 yil davomida Myunxen klubi uchun 288 ta o‘yin o‘tkazgan forvard raqib darvozalarini 246 bor ishg‘ol qilishni uddaladi. Endilikda, unda ilk bor YECHLda zafar quchish imkoniyati mavjud.

Umumiy raqamlarda: 100,15 million yevro

Myunxen klubi “Lion” va “Barselona”ni yirik hisobda mag‘lub etgan tarkibiga 100 million sarf etgan xolos. Ularning finaldagi raqibi “PSJ” jamoasi Neymar (222 million yevro) yoki Mbappe (145 million yevro) uchun sarf etgan pullar bundan ko‘proq. Agar “PSJ”ning asosiy tarkibi hisoblansa, shayxlar Parij jamoasining asosiy tarkibi uchun 601 million sarf etishgani ma’lum bo‘ladi. Bu “Bavariya” jamoasi qayd etgan ko‘rsatkichdan 6 barobar kamroq. Mana buni professional menejment desa bo‘ladi!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:46, 22.08.2020. O'qildi: 6872 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.